Afgʻoniston oʻzbek shevalaridagi otchilikka oid soʻzlarning “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”
da berilishi
The description of the words on horsebacking in the uzbek sheva of Afghanistan in the
explanatory dictionary of the Uzbek language
Muborak Shoh Fulodiy
*
*
Annotatsion.
The article explains the words about equestrianism in the Uzbek dialects of
Afghanistan and analyzes their interpretation in the "Explanatory Dictionary of the Uzbek
language".
Key words
: oʻzbek, duldul, uzangi, toy, yilqi, egar, noʻxta.
Oʻzbeklar turk xalqining yirik bir boʻlimini tashkil beradi. Oʻzbeklarning asosiy nufusi
Oʻzbekiston va Afgʻonistonda yashaydi. Qolaversa, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston,
Turkmaniston hamda Turkiya oʻlkalarida ham koʻplab oʻzbeklar yashamoqda.
Soʻnggi yuz, turli tarixiy voqealar tufayli, ayniqsa oktiyabr inqilobidan keyin Oʻrta Osiyo
respublikalarida koʻplab oʻzbeklar Afgʻoniston, Turkiya, Saudiya Arabiston, Pokiston, Iron va
shu yerlar orqali Yevropa va Amerika oʻlkalariga muhojir boʻldilar.
*
*
TerDU magistranti,
easqar@list.ru
476
Afgʻonistonda ham oʻttiz yillik notinchliklar va ogʻir urushlar tufayli koʻplab oʻzbeklar
qoʻshni oʻlkalar va hamda boshqa chetillarga koʻchib ketishga majbur boʻldilar. Biroq bu
koʻcha-koʻchlar va ayanchli tarixiy hodisalarga qaramay, bugunga kelib oʻzbeklar Afgʻoniston
aholisining katta etnik qismini tashkil qiladi.
Tarixiy manbalarga koʻra, oʻzbeklar va umumturklar ushbu yurtda juda qadim zamonlardan
(miloddan oldin) beri yashab kelganlar. Shu bois, ularning ushbu oʻlkaning barcha tarixi, siyosi,
ijtimoiy, madaniy, harbiy oqimlar va hodisalarda koʻzga koʻrinarli muhim ta’sir oʻtkazishlari
boʻlgan. Afgʻonistonda oʻttizdan ortiq til vakillari yashab kelmoqda. Til ijtimoiy hodisa
boʻlganligi uchun turli oqimlar siyosiy, ijtimoiy, madaniy hodisalar tilga turli oʻzgarishlar
keltiradi. Jumladan yangi soʻzlar kirib keladi ayrim soʻzlarni eskirishiga sabab boʻladi.
Ikki davlat(Afgʻoniston va Oʻzbekiston) bir millat boʻlgan oʻzbeklar orasida yuqorida
keltirgan hodisalar tufayli tilda ayrim farqli soʻzlar uchraydi.
Bu izlanishimda “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da va Afgʻonistonda yaratilgan oʻzbek
soʻzliklarida otchilikka oid soʻzlarning ba’zi farqli va oʻxshah jahatlarini yoritishga harakat
qildim. Bu soʻzlar:
ot, duldul, yilqi, saman, jiyron, targʻil, chagʻir, toʻriq, toy, sayis,
otboqar, yugan, ayil, uzangi, nagʻal, noʻxta, egar, egar qoshi, bostiriq, terlik, kishan,
tushov, murvat, jilov, qamchi, dumchiq, toʻqim, suv ayil, etik, qashov, toʻgʻa, toʻrba,
qamav, oxur, poyga, galagov, qilav, yagʻir, qabziyat, yoʻrgʻa
;
baytal, yilqi, saman, jiyron,
targʻil, chagʻir, toʻriq, bostiriq, terlik, murvat, jilov, qamchi, dumchiq, toʻqim, suv ayil,
etik, qashov, yobu, joyband, surxun, chil, yazid, koʻkcha, mushki, kurra
mengi, julhaqi, tarqis, jahanniq, zinpush, chirgi, bolishtak, zavlona, pulan, qanjugʻa, dolan,
tavela, karochikashlik, godikashlik, chaparsan, noxinak, yamonlamoq, hukak, lukki, juldom.
bu soʻzlardan ayrimini qiyoslab izohlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |