6
Majidov Inomjon Urushevich,
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim
vaziri
Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar! Hurmatli konferensiya qatnashchilari! Xonimlar
va janoblar!
Bu yil oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil toʻladi. Oʻtgan davr mobaynida
oʻzbek tili mavqeyini yuksaltirish borasida bir qator yutuqlarga erishildi. Eng muhimi, xalqimiz
qalbida ona tiliga muhabbat, uni asrab-avaylash tuygʻulari barqarorlashdi. Milliy tilimizni davlat
tili sifatida rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslari shakllandi.
2019-yil 21-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev tomonidan “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonning qabul qilinishi davlat tili
taraqqiyoti borasida olib
boriladigan keyingi faoliyat yoʻnalishini belgilab berdi. Shu oʻrinda oʻtgan bir yil ichida ushbu
farmonda qayd etilgan vazifalarni bajarish, oʻzbek
tilini rivojlantirish, dunyo tillari darajasiga
koʻtarish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi.
Bundan
tashqari,
Muhtaram
Prezidentimizning
2020-yil
23-sentabr
kuni
videokonferensiya shaklida oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqi
muhim tarixiy voqea boʻldi. Bu chiqish xalqimizning koʻp yillik orzulari roʻyobi sifatida barcha
yurtdoshlarimizga, oʻzini shu millatning vakili hisoblagan insonga gʻurur hamda iftixor baxsh
etdi, ularning qalbiga shukuh olib kirdi.
Qolaversa, davlatimiz rahbarining ma’ruzasi koʻpgina
davlatlar, shuningdek, turkiy tilli mamlakatlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi va
umume’tirof etildi.
Darhaqiqat, oʻzbek tili – oʻzbek millatining mavjudlik shartlaridan biri
boʻlib, xalqning tarixi qadar qadimiydir. Bu til tarixi ulugʻ, kelajagi buyuk boʻlgan oʻzbek
xalqining ona tilidir. Ona tili
– insonning goʻdaklik davridan oila, ijtimoiy muhitda, dastavval,
ogʻzaki tarzda boshqalar nutqidan eshitib oʻrgangan tili. Ona tilini e’zozlash,
qadrlash, serqirra
imkoniyatlarini, soʻz boyligini borligicha saqlash, takomillashtirish, davlat tili sifatidagi mavqeyi
va nufuzini oshirish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Til millatning mavjudligini belgilaydigan asosiy omil hisoblanadi. Milliy til xalqimizni
hamjihatlikda taraqqiyot sari boshlaydi. Xalqni yanada jipslashishga, milliy qadriyatlarni asrab-
avaylashga undaydi. Til bor ekan – millat barqaror!
Oʻzbek tilining mavqeyini yuksaltirish yoʻlida izlanayotgan filolog-mutaxassislarimizga,
tilshunoslik, adabiyotshunoslik sohasining fidoyi olimlariga mashaqqatli, ammo faxr tuygʻusiga
yoʻgʻrilgan ilmiy-pedagogik faoliyatlarida omad yor boʻlsin!
Oʻzbek tilini keng doirada targʻib qilish va davlat tili sifatida takomillashtirish maqsadida
xorijlik mutaxassislar ishtirokida oʻtkazilayotgan xalqaro anjuman ishiga muvaffaqiyat tilayman!
Do'stlaringiz bilan baham: