Tili va adabiyoti universiteti


Ingliz va oʻzbek maqollarida “yetim” va “yetimlik” tushunchalari talqini



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 
Ingliz va oʻzbek maqollarida “yetim” va “yetimlik” tushunchalari talqini 
Interpretation of the concepts of “orphan” and “orphan hood” in English and 
Uzbek proverbs 
Safarova Zilola Tolibovna
 

 
Annotation:
One of the oldest genres of folklore proverbs are the conclusions drawn 
from the experience of our ancestors over the centuries. Each proverb reflects the history, 
customs, way of life, character, psyche and even the whole existence of the people. Accordingly, 
proverbs can be on a variety of topics. This article analyzes the different views on the concepts 
of orphans, orphan hood and stepparents in proverbs. 

O‘qituvchi, Buxoro davlat universiteti, safarovaenglishteacher@gmail.com  


338 
Key words
: folklore, proverbs, orphan, orphan hood, theme, sayings, interpretation. 
Folklor xilma-xil janrlardan tarkib topgan ogʻzaki soʻz sanʼati boʻlib, bu janrlar orasida 
maqollarning oʻrni va ahamiyati beqiyosdir. Ingliz olimi Kirkpatrik maqolni shunday taʼriflaydi: 
“Proverbs are traditional sayings often expressed in clever, witty and memorable language” 
(Maqollar aqlli, dono va esda qolarli tilda ifodalangan milliy hikmatlardir”
[Phyu Thinn, 2019: 
147].
Xalq maqollari turli mavzularda yaratilgan boʻlib, ularning bir qismini yetim va yetimlik, 
oʻgaylik tushunchalari bilan bogʻliq maqollar tashkil qiladi. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida 
“yetim” soʻziga “otadan, onadan yoki har ikkovidan ajralgan bola” [Oʻzbek tilining izohli 
lugʻati, 1981: 250] deb izoh berilgan. Bundan tashqari, “tirik yetim” (ota-ona tomonidan tashlab 
ketilgan bola), “chin yetim” (ota-onasidan ajralgan bola) va “sagʻir” (voyaga yetmagan yetim 
bolaga nisbatan ishlatiladi) [Oʻzbek tilining izohli lugʻati, 1981: 30] kabi tushunchalar izohi ham 
keltirilgan boʻlib, bu soʻzlarning bari yetimlik va oʻgaylik bilan bogʻliq maqollarda tez-tez 
takrorlanib turadi.
Xalqimizda bola taqdiri, tarbiyasi, kelajagi masalalariga azal-azaldan katta eʼtibor qaratib 
kelingan. Bu masalaga tegishli muammolar hamisha jamiyat taqdiri va kelajagi bilan 
bogʻliklikda hal qilingan. Bu oʻrinda maqollar ham tarbiya va tashviqot vositasi sifatida xizmat 
qilgan.
Eʼtiborli tomoni shundaki, bunday mavzudagi maqollar boshqa xalqlar folklorida ham 
uchraydi. Аlisher Navoiy 
“Kimniki bilay desang maqolin angla, aslin desang anglayin fiolin 
angla”
[Shomaqsudov, 1990: 2] deb aytganidek, dunyo xalqlari maqollarini qiyosiy oʻrganish 
turli millat dunyoqarashi va psixologiyasini aniqroq tushunishga yordam beradi. 
Oʻzbek maqollarida koʻpincha yetimlarga nisbatan bagʻrikeng, sahovatli, muruvvatli 
boʻlish kerakligi taʼkidlanadi. Аmmo ayrim maqollarda ulardan yaxshilik kutib boʻlmasligiga 
urgʻu qaratiladi. Bunga 
“Yetimni siylasang, chorigʻi bilan toʻrga chiqar”, “Rahm etma yetimga, 
yetim urar betingga”, “Yetimchadan boy chiqsa, ayron bermas icharga”
kabi maqollar misol 
boʻla oladi. Ularda yetimlarga salbiy munosabat aks ettirilgan.
Maʼlumki, taniqli oʻzbek shoiri va nosiri Gʻafur Gʻulomning “Yodgor”, “Shum bola”, 
“Netay”, “Tirilgan murda” singari qator qissalarida yetim bola bosh obraz sifatida tasvirlangan. 
Shuningdek, ularning syujet tarkibiga yetim haqidagi maqollar ham singdirilgan. Jumladan, 
yozuvchi “Yodgor” qissasida xalq orasida keng tarqalgan 
“Yetim qoʻzi asrasang ogʻzi-burning 
moy qilar, yetim bola asrasang ogʻzi-burning qon qilar”
maqolini qoʻllagan. Bu maqolda ham 
yetim bola boqishning oqibati yomon boʻlishiga ishora qilinadi. Yetimga bunday salbiy 
munosabat chex xalqining 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish