42
Annotation:
The article discusses the views and scientific views of leading Turkologists
and Uzbek scholars on morpheme units, related historical processes, morphemes. The role of
complex forms in the system of morphemes is described. The theoretical data are explained on
the basis of examples
.
Key words:
asymmetry, affix, morpheme, morpheme, complex form, verb, analytic forms,
simplification, redistribution, complication.
Ijtimoiy ong va tafakkurda olamning lisoniy manzarasi tobora keng kasb eta borishi
bilan til tarixining har bir sinxron bosqichida mazmunning ifoda imkoniyatlari ham davrga
mos tarzda mukammallasha boradi. Turkiy tillar va oʻzbek tili tarixida ayrim sintetik shakllar
oʻrniga analitik shakllar, ayniqsa, koʻmakchi fe’llarning faollashganligi qoʻshma affikslarga
oʻxshash, lekin mustaqil til birligi – analitik formatlar (soʻz va gapni yaxlit holda
murakkablashtiruvchilar)ni yuzaga keltirgan.
Prof. N.Mahmudovning qayd etishicha, nomutanosiblik (asimmetriya) tilning barcha
sathlariga xos boʻlib, fanning bosh masalalaridan hisoblanadi[Мahmudov, 1984: 3]. Til morfem
qurilishida ham shakl va mazmun nomutanosibligi hodisalari amal qiladi. Bu xil oʻzgarishlar
tilning boshqa sathlari birliklari ma’no-vazifasiga ham ta’sir qiladi. Mutaxassislarning qayd
etishicha,
biz aytganimiz yoʻq, siz oʻqishingiz
kerak
kabi qurilmalar, aslida,
bizning aytganimiz
yoʻq, sizning oʻqishingiz kerak
kabi qurilmalardan oʻsib chiqqan: qaratqich kelishigidagi soʻz
bosh kelishik shakliga oʻzgaradi, ega – aytganimiz, oʻqishingiz, asli, kesim
yoʻq, kerak
soʻzlari
bilan birikib, murakkab kesimga aylangan
(aytganimiz yoʻq, oʻqishingiz kerak)
, egalik
qoʻshimchalari (-imiz, -ngiz) esa turlovchidan tuslovchiga aylanadi [Ғуломов А., Асқарова М.,
1965: 88 – 90].
Qadimgi toshbitiklarda
-lar
qoʻshimchasining ishlatilishi chegaralangan. Asosan, koʻplik
shakli sifatida ishlatilgan. Oʻrta asrlarda, eski oʻzbek tilida bu qoʻshimcha koʻplik va koʻplik
bilan bogʻlangan hamda bogʻlanmagan koʻplab ma’no qirralarini kasb etadi.
A.Gʻulomov oʻzining “Oʻzbek tilida koʻplik kategoriyasi” (Toshkent, 1944) asarida bu
qoʻshimchaning 10 dan ortiq ma’no-vazifasini qayd etadi. Oʻzbek tilining keyingi davr
taraqqiyotida yangi kategoriya – hurmat shakli yuzaga keldi. Sh.Rahmatullayev bu taraqqiyot
yoʻlini quyidagicha koʻrsatadi: “-
lar
hurmat shakli son kategoriyasining koʻplik shaklidan
emas, balki egalik qoʻshimchasi tarkibida qatnashadigan
-lar
koʻrsatkichidan oʻsib chiqqan…
egalik qoʻshimchasi tarkibidagi son koʻrsatkichida ma’no taraqqiyoti voqe boʻladi: Koʻplik –
sizlash – hurmat.
Keyinchalik bu hurmat ma’nosi shaxs ma’nosidan ajralib, mustaqillik kasb etadi.
Natijada
-nglar
qoʻshimchasi ham ikkiga:
-ng
egalik qoʻshimchasi va
-lar
hurmat shakliga
ajraladi (morfologik qayta boʻlinish yuz beradi)”. Bunda qayta boʻlinishdan boshqa hodisa sodir
boʻlgan boʻlishi kerak. Shu bilan birga,
-lar
affiksining hurmat ma’nosi, hech shubhasiz,
koʻplikni ifodalovchi -
Do'stlaringiz bilan baham: