212
Ushbu asarida Navoiy turkiy tilga xos boʻlgan nozik ma’noli 100 ta Fe’l qoʻllagan
va tаhlil
qilgan
.
“Muhokamat ul-lugʻatayn” asaridagi soʻzning tovush tuzilishi haqidagi fonetik tahlillar
soʻz shaklining hosil boʻlishi, soʻz yasalishiga doir morfologik dunyoqarash soʻz ma’nosi,
sinonimiya, omonimiya, ma’nodagi badiiy jilvalar haqidagi
leksik - semantik sharhlar, oxir -
oqibat, uslubga - badiiy nutq uslubiga olib borib bogʻlanadi [Qodirov, 2004: 50].
Manoqib asarlada tilshunoslikka oid
sarf, nahv, mantiq, xutba
leksemalari qoʻllangan.
Sarf istilohi
- arab tilidan olingan boʻlib, grammatikaning morfologiya boʻlimi ma’nosini
anglatgan (OʻTIL,II,25), asli koʻpma’noli
ŝarafa
Fe’lning oʻninchi -turladi, tusladi (shaklini
oʻzgartirdi) ma’nosidan (ARS, 435) hosil qilingan [Rahmatullayev, 2003: 378].
Nahv
istilohi - “sintaksis” ma’nosini anglatadi.
“Holoti Sayyid Hasan Ardasher”
asarida
nahv
istilohi sintaksis,
lugʻat-“soʻzlar, til”
ma’nosida qoʻllanilgan.
Ammo adab va hilm va tavozu’ va hayo zotlarigʻa aningdek gʻolib ermishkim, bu
mujmalmazkur boʻlgʻonfazoyildinki, tafsili: sarf va nahv va lugʻat va arabiyat va mantiq va
kalom va fiqh va hadis va tafsirdur va soyir tasnifot, misli: she’r va muammo va ta’rix va nujum
va advor va musiqiy boʻlgʻay agar ba’zi majolisda soʻz oʻtsa erkandur
(HSHA, 6).
Grammatika
yunoncha soʻz boʻlib -“harf oʻqish va yozish san’ati”, “harf” ma’nolariga
ega boʻlib, tilshunoslikning morfologiya va sintaksis boʻlimlarini oʻz ichiga oladi.
Morfologiya
- grammatikaning bir boʻlimi boʻlib, unga grammatik ma’no va grammatik
shakllar, ular orasidagi aloqadorlik asosida yuzaga kelgan grammatik kategoriyalar, soʻzlarning
turkumlarga birlashtirish prinsiplari, har bir soʻz turkumining ma’no turlari, morfologik belgilari,
gapdagi funksional tavsifi haqida fikr yuritadi.
Grammatikaning ikkinchi boʻlimi sanalmish
sintaksisda
soʻz
birikmalari va gap turlari,
soʻzlarning grammatik munosabatga kirishish yoʻllari oʻrganiladi.
Manoqiblarda qoʻllangan
xutba
istilohi arabcha “minbarda soʻzlanadigan nutq, va’z”
ma’nosini ifodalagan:
Umid ulkim, andoqkim, alar oʻqugʻuchilardin istid’o qilibdurlarkim, har kishigʻa bu
azizlar zikr va manoqibidin vaqt xush boʻlsa, boisu mutasaddini duoyi xayr bila yod qilsunlar,
deb bu faqirgʻa ham kulliy natija bergay va har kishi bu kitobni oʻqurgʻa tavfiq topsa bu mazkur
boʻlgʻon soʻzlarni xutbasidin soʻngra mulohaza qilgʻusidur
(XM, 768).
Navoiyning manoqib asarlarida adabiyotshunoslikka oid
Do'stlaringiz bilan baham: