Tili va adabiyoti universiteti


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet372/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari 
Ushbu tadqiqotning natijalaridan oʻzbek tilshunosligi terminologiyasining keyingi davri 
uchun asos sifatida foydalinilishi kutilgan. 
Mustaqillik davri oʻzbek tilshunosligi terminologik neologizm va arxaizmlar 
Soʻzning tarkibi uzaygan sayin uning qisqalikka intilish tamoyili terminlarda ham aniq 
seziladi, chunki tejamlilik tilshunoslikning boshqa qismlariga qaraganda terminologiyada ancha 
faol va yetakchi. Bunga sabab terminologiyadagi talab, ya’ni terminlarning aniq va qisqa 
boʻlishidir[5]. 
Ma’lumki, termin tushuncha mohiyatini qanchalik aniq va toʻliq ifodalasa, u shakl 
jihatdan murakkab, ya’ni bir necha komponentli terminlarning vujudga kelishiga sabab boʻladi. 
Demak, har bir sohada terminlarni tartibga solib turish uzluksiz jarayon ekan, terminologik
tamoyillar va me’yorlarga amal qilish bosh mezon boʻlmogʻi kerak. 
Har qanday sohada ham yangi bir tushunchaning paydo boʻlishi va uni tilda ifodalash 
zaruriyati tufayli terminlar shakllanishining ilk bosqichida sinonimiyaning vujudga kelishi tabiiy 
*
*
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU o‘qituvchisi, faridasaidova95@gmail.com


439 
bir bosqich hisoblanadi, Eng asosiysi, ularni tartibga solishda tushuncha yoki predmetning eng 
xarakterli tomonini, vazifasini, ijtimoiy mohiyati va qimmatini ifodalagan termini tanlab olishda. 
Mutaxassislar terminologiyadagi sinonimiya eng birinchi va eng qusurli hodisa ekanligini 
alohida ta’kidlaydilar. Sinonimik qatordan terminni tanlashda, aniqlik, qisqalik mezonlari asosiy 
oʻrinni egallaydi. 
Fan va texnikaning turli sohalariga oid xalqaro terminlarning aksariyati jahon tillarining 
koʻpchiligida ancha ustuvor holda qoʻllanilib kelayotgan boʻlishiga qaramay, ularga oʻzbekcha 
muqobil topishga harakat qilishni ijobiy holat deb boʻlmaydi. Buni ikki holat bilan izohlash 
mumkin. Birinchidan, har qanday termin ma’lum bir sohadagi tushunchani ifodalash uchun 
qoʻllanar ekan, u oʻsha fanning kommunikativ birligi hisoblanadi. Ikkinchidan, har qanday fan 
dunyoviy boʻlib, fanni ilmiylashtirish mantiqsizlikdir. Ma’lumki, bir terminni alamshtirishda 
eng asosiy mezon uning muqobili shu soʻz anglatayotgan barcha ma’nolarni qoplashi va 
terminologik talablarga javob berishi kerak. 
Ba’zan sinonim sifatida qoʻllangan terminlar oʻzaro farqlanadi. Natijada ular oʻrtasidagi 
sinonimiya bartaraf etilib, har ikkala termin ham bir tushunchaga bir termin tarzida qoʻllana 
boshlaydi. Har ikki terminning terminologik tizimdan joy egallashini ta’kidlagan N.Mahmudov 
shunday yozadi: “Tilshunoslikda “olinma soʻz” va “oʻzlashtirma soʻz” terminlarining parallel 
qoʻllanishi kuzatiladi. Aslida bu terminlarni bir-biridan farqlagan holda ishlatish maqsadga 
muvofiq. Agar xorijiy soʻz beruvchi tilda qanday boʻlsa, oluvchi tilda ham oʻshanday (va oluvchi 
til fonetik qonuniyatlariga uygʻunlashmagan) boʻlsa, bunday xorijiy soʻni “olinma soʻz” termini 
bilan nomlash toʻgʻri boʻlar ekan, chunki xorijiy soʻz aynan olingan. Agar xorijiy soʻz oluvchi 
til fonetik qonuniyatlariga moslashtirib (yoki aslan fonetik tarkibi uygʻun)olingan boʻlsa, 
“oʻzlashtirma soʻz” terminini qoʻllash hodisa mihiyatiga mos keladi, chunki xorijiy soʻz bunday 
holatda oʻzlashtirilgan, ya’ni oluvchi tilning oʻziniki qilib olingan boʻladi. Xorijiy soʻz ayni shu 
ikkinchi holatdagiday oʻzlashtirilsa, tilning yaxlit milliy tabiati zaxa yemaydi, til lugʻat 
boyligining umumiy milliy tusiga kata ta’sir boʻlmaydi, tilning milliy tarovatisogʻlom 
saqlanadi”[6]. Oʻtgan asrning 20-40-yillarida yaratilgan ona tili darsliklarida qoʻllangan 
terminlarni 50-yillardan hozirgacha boʻlgan davrdagi darsliklar, tilshunoslikka oid boshqa 
manbalarda ishlatilgan va ishlatilayotgan terminlar bilan qiyosiy oʻrganish natijasida qator 
umumiylik hamda farqli tomonlarning mavjudligi ma’lum boʻldi.
Terminologik tizimda hali-hanuz sinonimlik, dubletlik muammolari mavjud. Oʻzbek 
tilidagi lingvistik terminlarni davriy ketma-ketlikda oʻrganishdan shu ma’lum boʻldiki, terminlar 
oʻrtasidagi sinonimiya ularning ikki davrga mansubligidan yuzaga kelgan. Mustaqillikdan 
oldingi va keying davrlarda yaratilgan ona tilidarsligi va qoʻllanmalar kuzatilganda, birgina 
lingvistik tushunchaning turli terminlar-sinonimlar bilan atalgani ma’lum boʻladi: 
avtor-muallif, 
terminologiya-atamashunoslik, lingvistika-tilshunoslik, mimeka-taqlid soʻz, pauza – toʻxtam, 
affiks – qoʻshimcha, fe’l nisbatlari-fe’l darajalari, morfemika-soʻz tarkibi, termin – atama, 
ibora- frazeologizm 
va boshqalar. Biz lingvistik terminlardagi sinonimlikni tarixiy lingvistik 
manbalar va hzoirgi lingvistik manbalar misolida ham tadqiq qilishga harakat qildik. “Sarf” va 
boshqa darsliklarda qoʻllangan terminlarni hozirgi kunda ishlatilmay, iste’moldan chiqrilgan 
hamda iste’molda mavjud boʻlgan yoki hozir ham parallel qoʻllanayotgan terminlarga boʻlish 
mumkin. Demak, terminologiyada sinonimiya ijobiy hodisa sanalmasa ham mavjud. Ulardan biri 
vaqt oʻtishi bilan tushuncha mohiyatini aniq ifoda etishiga qarab yashab qoladi, qolganlari 
iste’moldan chiqib ketadi yoki oldin qoʻllangan terminlar qaytadan faollashib (ism terminida shu 
holat yuz bergan), ilmiy muomalaga qaytadi[1].
Oʻzbek tilshunosligida lingvokulturologik terminlarga bagʻishlangan ilk lugʻat 
D.Xudoyberganova tomonidan ishlab chiqilgan. “Lingvokulturologik terminlarning qisqacha 
izohli lugʻati” deb nomlangan lugʻat soha terminlarini toʻliq qamrab olmagan. Ushbu lugʻat 
asosida oʻzbek tilshunosligi zamonaviy yoʻnalishi bilan kirib kelgan terminlarni tahlil qilsak. 


440 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish