Tili va adabiyoti universiteti


– № 2. – Б. 42  15. Husanov N. Oʻzbek antroponimlari tarixi. – Тoshkent: Navroʻz, 2014. – B. 145



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

. –
№ 2. – Б. 42 
15.
Husanov N. Oʻzbek antroponimlari tarixi. – Тoshkent: Navroʻz, 2014. – B. 145. 
 
Terminlarni boshqa til birliklaridan farqlab olish masalasi 
Terms from other language units a matter of differentiation 
 

Suyunov Baхodir
Turdiyevich

Annotation:
This article deals with the issue of distinguishing Uzbek terms from other 
language units. 
The author purposefully used the available scientific sources to cover the topic and 
scientifically and theoretically revealed the peculiarities of the term, word. Instead, he drew 
relevant scientific conclusions by referring to examples and evidence that differentiated the same 
concepts and phenomena. 
In particular, the article’s approach to distinguishing terms from other language units in 
terms of the internal and external development of the language has increased its practical 
significance. 
Key words:
 term, reality, system, component, lexeme, terminement, semantiks, equivalent, 
sema, morpheme. 
Oʻzbek tilining leksik qatlamida soʻzlar, atamalar va terminlar mavjud boʻlib, ularning 
barchasi til birliklari sifatida soʻzga kelib bogʻlanadi. Inson hayoti va jamiyatdagi oʻzgarishlar, 
yangiliklar, avvalo, tilda soʻzlar orqali oʻz aksini topadi. 
Binobarin, oʻzbek tili xazinasidagi soʻzlar maʼno va leksik-grammatik jihatdan turli-
tuman boʻlib, ular jamiyat taraqqiyoti bilan birgalikda taraqqiy etib boradi. Boshqacha shaklda 
ifodalasak, tilning oʻzi soʻzlarda yashaydi. Har qanday tilning boyligini yoki keng koʻlamliligini 
uning zaxirasidagi soʻzlar belgilab beradi. 
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, oʻzbek tili – bizning ona tilimiz Oltoy tillar oilasining 
turkiy tillar guruhiga mansub boʻlib, dunyodagi eng qadimiy va soʻz zaxirasiga koʻra eng boy 
tillardan biri hisoblanadi. 

Filologiya bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD),
 
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, e-
mail: suyunovbahodir4@mail.ru 


79 
Til imkoniyatida shunday soʻzlar borki, ular alohida semantik maydon sifatida fan bilan, 
ilm-fan taraqqiyoti bilan, sohadagi yangiliklar va oʻzgarishlar bilan bevosita bogʻliq holda 
yuzaga keladi va yashaydi. Tildagi bunday soʻzlar terminlar deb ataladi va maʼlum bir soha yoki 
ilm-fan va uning rivojiga xizmat qiladi. Yaʼni ilm-fanni terminsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. 
Chunki har bir sohaga doir fanning faoliyati va rivojlanishi, uning zamon bilan hamnafas boʻlishi 
terminlar bilandir. Terminning mavjudligi shu fanning ilmiyligini koʻrsatib turadi. 
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik oʻzgarishlar davrida jamiyat taraqqiyoti 
bilan bevosita bogʻliq holda, yangi-yangi soʻz va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Bular esa, oʻz 
navbatida tilimizda yangi terminlarni ham yuzaga keltiradi. Ilgaridan ishlatilib kelinayotgan 
qator leksemalar yangi maʼno kasb etmoqda. 
Binobarin, bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yana-da 
chuqurroq oʻrganish, terminlarning oʻzbekcha muqobillarini yaratish, ularni qoʻllashni til 
qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik vazifaga aylandi. Ona tilimizni, 
uning ichki va tashqi imkoniyatlarini yana-da teranroq tadqiq etish, terminologiyaning dolzarb 
masalalarini atroflicha oʻrganish hozirda, ayniqsa, muhimdir. 
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga oʻttiz yildan oshgan boʻlsa-da, hali-hamon 
tilimizdagi koʻpgina terminlar boshqa yondosh tushunchalar bilan almashtirilib, notoʻgʻri talqin 
etilishi kuzatilmoqda. 
Xususan, oʻzbek tilida soʻz, atama va termin tushunchalari mavjud boʻlib, ularni maʼno 
hamda vazifalariga koʻra oʻzaro farqlash lozim. Ammo soʻz, atama, realiya va terminlar aralash 
holda, yaʼni birining oʻrniga ikkinchisi ishlatilaveradi. Natijada, tabiiy ravishda, tilimizda 
gʻalizlik va muammolar kelib chiqadi. Hatto, “termin”, “terminologiya” kabilar “atama”, 
“atamashunoslik” 
leksemalari 
bilan 
almashtirib 
qoʻllaniladigan 
boʻldi, 
“atama”, 
“atamashunoslik” kabi tushunchalarning umummilliy xarakterga ega ekanligi eʼtiborga 
olinmaydi. Chunki, “atama” deyilganda, onomastika (toponimiya, antroponimiya, 
oykonimiya)ga aloqador leksik birliklar ham tushuniladi. Aslida, fanda avvaldan isteʼmolda 
boʻlgan “termin” va “terminologiya” leksemalarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. 
Terminlarning umumisteʼmoldagi soʻzlardan farqli jihati shundaki, ularning qoʻllanilish 
doirasi chegaralangan boʻladi. Tilda terminlar oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolmaydi, aksincha, 
zaruratga qarab yuzaga keladi yoki yaratiladi. Shuningdek, oddiy soʻzdan farqli ravishda, 
terminning maʼnosi kontekstga bogʻliq boʻlmaydi. Muayyan leksema terminologik maydonda 
termin sifatida qoʻllanar ekan, uning ayni maʼnosi saqlanib qolaveradi. Biroq, koʻp komponentli 
terminlarning aniq maʼnosini belgilab olish uchun kontekst zarur. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2018-yil 
28-dekabrdagi 
Parlamentga 
Murojaatnomasida [Mirziyoyev, 2018: – 
www.uza.uz
.] oliy taʼlim tizimida tahsil olish uchun 
keng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish, universitetlar nufuzini 
oshirish, nodavlat taʼlim maskanlari sonini koʻpaytirib, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb 
etish va raqobatni kuchaytirish, nufuzli xorijiy institut hamda universitetlar bilan oʻzaro 
hamkorlikni kuchaytirish, oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini yana-da oshirish, ilmiy 
va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash koʻlamini kengaytirish, 2019-2020-oʻquv yilida aholini oliy 
taʼlim bilan qamrab olish darajasini 15 foizdan 20 foizga yetkazish va kelgusi yillarda ushbu 
koʻrsatkichni oshirib borish muhim vazifalardan biri ekanligi taʼkidlab oʻtilgan. 2030-yilga kelib, 
mamlakat aholisining oliy taʼlim bilan qamrab olinganlik darajasini 70 foizga yetkazish 
belgilangan [Mirziyoyev, 2018: – www.lex.uz.ru/docs/3913188/otherlang]. Hududlarda yangi 
oliy taʼlim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy taʼlim 
yoʻnalishlari va mutaxassisliklari, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki oʻquv shakllarining ochilishi, 
qabul kvotalarining oshirilishi hozirgi kundagi islohotlarning muhim vazifalaridan hisoblanadi. 
Mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish, shuningdek, oliy taʼlim tizimini yanada 
takomillashtirish singari dolzarb vazifalar, ayni paytda, oʻzbek tilining lugʻat fondi, leksikasi 
hamda terminologiyasini ham rivojlantirib borishni taqozo etadi. 


80 
Terminning tuzilishi masalasi, yaʼni uning necha qismdan iborat boʻlishi, ixcham-
noixchamligi ham bahstalab masalalardan boʻlib, bu hodisaning ijobiy yoki salbiy ekanligi 
haqida aniq bir fikr bildirilmagan [Mirahmedova, 2010:10]. Terminga nisbatan qoʻyiladigan, 
lekin amalda har doim ham erishib boʻlmaydigan talablardan biri – uning ixcham boʻlishidir. 
Termin haqida fikr yuritilar ekan, termin oʻzi nima? -degan savolning tugʻilishi, tabiiy. 
Termin – kasbiy maʼno bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi 
ayrim obyektlar va ular oʻrtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtayi nazaridan bilish hamda 
oʻzlashtirish jarayonida ishlatiladigan soʻz yoki birikmadir [Rasulov va b., 2010: 44]. 
Haqiqatan ham shunday, chunki har bir sohaning, tarmoqning termini borki, u oʻsha 
soha, tarmoq doirasida qoʻllaniladi, aniqroq qilib ifodalasak, kasb-hunar egasining nutqini 
shakllantiradi, oʻzaro nutqiy muomala uchun shart-sharoit yaratadi. 
Terminologiya tilshunoslikning eng muhim va dolzarb sohasi hisoblanadi, chunki 
ijtimoiy-siyosiy turmushimizdagi barcha yangilik va oʻzgarishlar birinchi navbatda tilning 
terminologik leksikasida ifodalanadi [Gʻulomova, 2002:17].
“Shuni taʼkidlash joizki, atamashunoslikka oid tadqiqotlar keng koʻlamda olib 
borilayotganligiga qaramasdan, hozircha atamaning hamma eʼtirof etgan tabiatini toʻliq qamrab 
olgan taʼrif yoʻq” [Qonun va til, 1997: 143] 
Rus tilshunoslaridan biri Yasyuk T.A. “terminologiya”, “nomenklatura”, “kasb-hunarga 
oid soʻzlar”ni maxsus leksika tushunchasi ostiga birlashtiradi. 
Oʻzbek tilining izohli lugʻatida “nomenklatura”ga quyidagicha izoh beriladi: 
“Nomenklatura – ishlab chiqarish, fan, texnika, sanʼat sohalaridan birida qoʻllaniladigan 
nomlar, atamalar, terminlar va shu nomlar bilan ataluvchi narsalar roʻyxati, majmuyi” [Oʻzbek 
tilining izohli lugʻati, 1981: 509]. Bu yerda terminologiya maʼlum maʼnoda nomenklatura 
tarkibiga kiritib qoʻyilgan. Biz nomenklaturaga A.Reformatskiy tomonidan berilgan izohga 
qoʻshilamiz: 
“Nomenklatura – bu terminologiya bilan bogʻliq tushunchalar tizimi toʻgʻrisida emas, 
balki elementlar va tartibning tafovutlari toʻgʻrisida maʼlumot berishi mumkin boʻlgan turli 
narsalarga tegishli nomlar yigʻindisi boʻlsa, terminologiya muayyan fan tizimini ifoda etuvchi 
sohadir. Nomenklatura – yordamchi til vositasidir” [Yatsyuk,1992: 35-36]. 
Darhaqiqat, terminologiya maxsus tilning maxsus leksik qatlamidir. Uning lugʻaviy 
obyekti nomenklaturaga nisbatan ancha kengdir. 
Umumiy tilshunoslikda, ayniqsa maxsus leksika hisoblangan professionalizm
(kasb-hunar), argo va jargonlarni terminlar bilan almashtirib, koʻrsatish hollari uchraydi. 
Darhaqiqat, kasb-korga koʻra chegaralangan lugʻaviy birliklarning asosiy qismini har bir 
kasb-korda ishlatiladigan mazkur soha soʻzlari tashkil etadi. Masalan, qishloq xoʻjaligi boʻyicha 
maxsus soʻzlar, maorif, hunarmandchilik, ipakchilik sohasidagi soʻzlar va h.q. Shu jihatdan
kasb-hunar soʻzlari terminga oʻxshab ketadi, ammo ular terminlarga nisbatan maʼno jihatdan 
kengdir, yaʼni kasb-hunar leksikasining aksariyat qismi umumisteʼmoldagi soʻz boʻlib, ularning 
ishlatilish chegarasi terminlardagi kabi aniq emas

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish