Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Asosiy qism.
Ma’lumki, oʻzbek tili agglyutinativ xususiyatga ega, grammatik ma’noning 
qoʻshimcha bilan ifodalanish imkoniyati keng. Shu sababli morfologik analizator tuzishda 
grammatik shakllarning unifikatsiya qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Kompyuter 
lingvistikasi tajribasida morfologik analizator tuzishning turli usuli mavjud boʻlsa-da, turkiy 
tillarda yaratilgan koʻpgina analizator ikki darajali morfologik analizator xususiyatini namoyon 
qiladi. Demak, oʻzbek tili morfologik analizatorini tuzishda ham ikki bosqichli morfologik analiz 
nazariyasiga asoslanish maqsadga muvofiq. 
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyot universiteti professori, filologiya fanlari doktori;
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti, filologiya fanlari 
bo‘yicha falsafa doktori (PhD). hamroyeva81@mail.ru 


361 
A.V.Dibo, A.V.Sheymovich qadimgi turkiy tillar va xakas tili morfologik analizatorini 
yaratishda dastlab grammatik kategoriyalar tavsifini oʻrganishadi. Oltoy tillarini tavsiflashda 
qabul qilingan an’anaga koʻra, xakas tilida quyidagi asosiy grammatik sinflar ajrataladi: nomlar, 
fe’llar. Guruhdagi dastlabki ikki sinf ma’lum rasmiy koʻrsatkich (affiks)lar bilan ifodalangan 
grammatik toifalar toʻplami bilan tavsiflanadi. Grammemalar toʻplami soʻzni soʻzga tobelantirib 
bogʻlash hamda sintaktik shakl yasovchilar paradigmasini ajratadi. Masalan, fe’l uchun shaxs, 
son, mayl, zamon, ot uchun son, egalik, kelishik. Ma’lumki, turkiy tillarda grammatik sinflar 
orasidagi differensiatsiyaning ifodalanishi kuchsiz. Xususan, ismlar orasida bu xususiyat keng 
tarqalgan: gapdagi vazifasiga qarab bir soʻz ham ot, ham sifat sifatida qaralish holatlari 
kuzatiladi [Dibo;11; 20-26]. 
Shuningdek, morfologik analizator tuzishda soʻz asoslari lugʻati ham muhim lingvistik 
ta’minot vazifasini oʻtaydi. Xakas tili morfologik analizatorini tuzishda lemmalarni guruhlashda 
yuqorida tahlil qilingan masala alohida e’tiborga olingan. Turkiy tillar morfologik tahlil tizimi 
hamda ularning modellari tavsifi, tahliliga bagʻishlangan bir qancha tadqiqotlar [Oflazer; 4] 
mavjud. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishamiz. 
A.V.Dibo, A.V.Sheymovichning turkiy tillar avtomatik morfologik analizi borasidagi 
fikrlari ahamiyatga molik [Dibo; 11; 20-26]. Maqolada turkiy tillar uchun avtomatik morfologik 
analizatorning ishlash tamoyillari tavsiflangan. Uning asosiy tarkibiy qismi sifatida quyidagilar 
ajratiladi: 
1)
tilning grammatik lugʻati;
2)
soʻz shaklining tartibli modeli (soʻzshakl pozitsiyalar toʻplami va bu pozitsiyalar 
uchun qoʻshimchalarning morfologik ifodalari);
3)
soʻzshakli chegarasida qoʻshimchaning muvofiqlik qoidalari hamda ma’lum bir 
qoʻshimchaning allomorflarini tanlash uchun ikki darajali fonetik qoidalar. 
Parserning ishlash algoritmi F.Krilov tomonidan StarLing tizimi bazasi asosida ishlab 
chiqilgan qoidalar tizimiga boʻysunadi. Namuna sifatida qadimgi turk tili morfologik analizatori 
versiyasi keltiriladi. Turkiy tillar uchun moʻljallangan analizator rus yoki nemis tillari kabi hind-
evropa tillariga moʻljallangan Abbyy Finereader, Abbyy Lingvo kabi yirik dasturiy 
mahsulotlarda ishlatiladigan avtomatik morfologik analizatorlar bilan bir xil tamoyil asosida 
ishlab chiqiladi. Lugʻatdagi har bir lemma paradigma indeksi shaklini oladi. Flektiv tilda 
paradigmalar katta emas, ammo ularning soni koʻp. Analizator har bir soʻz uchun toʻliq 
paradigmani shakllantiradi, keyin matnda uchragan soʻzshaklni shu paradigma bilan qiyoslaydi. 
A.V.Dibo, A.V.Sheymovichlar oltoy guruhiga kiruvchi turkiy tillar morfologik analizatori 
xususiyatini yoritar ekan, ushbu metod barcha agglyutinativ tillar uchun optimal usul emasligiga 
urgʻu beradi. 
A.V.Dibo, A.V.Sheymovich agglyutinativ tillarning xususiyatlarini 
quyidagicha 
farqlashadi [Dibo; 11; 20-26]: 
1) sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar tizimi keng rivojlangan; bunday 
qoʻshimchalarning koʻpchilik qismi grammatik jihatdan bir ma’noli, ya’ni qoʻshimchaning oʻzi 
grammatik omonimiyani hosil qilmaydi (bir grammatik shakl bitta grammatik ma’noni 
ifodalaydi; 
2) turlanish, tuslanishning yagona usuli mavjudligi, ya’ni (flektiv tillarga qaraganda) ism 
va fe’llar orasida turlanish hamda tuslanish tizimida farq katta emas; 
3) murakkab morfonologik hodisalar mavjud emas: allomorflar qoʻllanishining aniq 
qoidalari mavjud. 
Agglyutinativ soʻzshakllar asosga standart grammatik shakllarning qat’iy tartibda 
qoʻshilishidan hosil boʻladi: morfemaning chegarasi aniq, morfemalar qoʻshilishidan hosil 
boʻladigan fonetik hodisalar qoidasi qat’iy. Ma’lum bir soʻzshaklning paradigmasini tuzish 
soʻzshaklning favqulodda murakkab, koʻptarmoqli ekanligini koʻrsatadi. Bu murakkablik 
sintaktik shakl yasovchi shakllarning koʻpligi bilan izohlanadi. Bu esa turkiy tillar morfologik 


362 
analizatorini tuzishda morfemalar kombinatsiyasining ahamiyatni katta ekanligidan dalolat 
beradi. Turkiy tillarning mavjud parserlari bitta soʻzshaklning 300gacha shaklnini qamrab olgan 
paradigmasini tuzgan holatlarni koʻrish mumkin. Bu esa analizatorning ish sifatiga ta’sir 
koʻrsatmay qolmaydi. 
Turkiy soʻzshakllarning kompyuter modelini tuzishda agglyutinativ tillarga xos an’anaviy 
“tasniflangan grammatika”ga asoslaniladi. Bu dasturiy ta’minot axborot vositasi agglyutinativ 
tillarni tavsiflashning qulay vositasi, uning morfologiyasi quyidagi talablarga javob berishi 
kerak: 
a) soʻz yasovchi qoʻshimchalar ketma-ketligining belgilab qoʻyilishi; 
b) soʻz yasovchilarning grammatik bir ma’noliligiga erishish; 
v) ma’lum bir grammemaning bir soʻzshaklda qanday shaklda uchrashining belgilanganligi 
[Dibo; 11; 20-26]. 
Morfologik analizatorning asosiy tashkil qiluvchilari sifatida quyidagilarni koʻrsatish 
mumkin: 
1) til lugʻati (soʻzning turkumga mansublik belgisi haqidagi izoh hamda fonologik qoidalar 
mavjud lugʻat); 
2) soʻzshaklining etarli grammatik tavsifiga asoslangan (tilning avtomatik tahliliga 
yoʻnaltirilgan) kompyuter modeli; 
3) ma’lum qoʻshimchaning asosga qoʻshilishi uchun fonetik qoidalarga boʻysunuvchi 
allomorflarini tanlash qoidalari toʻplami. 
F.Krilov tomonidan tahlil algoritmi yuqorida sanab oʻtilgan material bilan istalgan turkiy 
til materialini toʻldirish hamda undan foydalanish imkonini beradi. U tuzgan algoritm boʻyicha 
soʻzshakl tahlili oʻngdan chapga yoʻnaltiriladi. Dastlab, dastur asoslar lugʻatidan soʻzshaklning 
toʻliq shaklini qidiradi. Agar asoslar lugʻatida bunday shakl (belgilar ketma-ketligi) uchramasa, 
parser soʻzshaklning oʻng tomonidagi qoʻshimcha formantiga mos shaklni izlaydi. Agar bazada 
mavjud qoʻshimchaga mos belgilar ketma-ketligi topilsa, kesib olinib, tekshirishga yuboriladi; 
soʻzshaklning chap tomoni asoslar lugʻat bilan solishtiriladi. Agar natija musbat boʻlsa, parser 
shu shaklning tahlilini boshlaydi. Natija manfiy boʻlganda, parser yana oʻng tomondagi shaklga 
murojaat qiladi hamda qoʻshimchalar bazasidan mos formantni qidiradi. Bu qidiruv asoslar 
lugʻatidan mos asos topilguncha davom etadi. Ushbu parser xakas tili morfologik tahlili uchun 
ishlab chiqilgan boʻlsa-da, ma’lumotlar bazasini toʻldirish orqali shor, tuva, yoqut va qadimgi 
turk tilini morfologik tahlil qilish mumkin. Bu tillarning “asoslar lugʻati” SUBD STARLING 
vositasida tuzilgan va katta turkiy-rus tili lugʻati bilan tekshirilgan. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish