Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Oqlik, yashillik, qizillik, tozalik, jimjitlik, 
qattiqlik
kabi soʻzlar atayotgan belgilarni koʻrish, eshitish yoki ushlab koʻrish mumkin. 
8. Keng ma’noli soʻzlar. Bu guruhga 
narsa, harakat, belgi, tushuncha, predmet, hodisa, 
jarayon, element, modda, substansiya
kabi keng ma’no anglatuvchi soʻzlar misol boʻladi. 
Mazkur soʻzlar juda katta umumiyliklarni oʻzida birlashtiradi va ularda umumlashtiruvchi 
abstraksiyaning yuqori darajasini qayd qilish mumkin. Bu soʻzlar atayotgan voqeliklar bevosita 
kuzatishda berilmagan, inson ongida aniq obrazi mavjud boʻlmasa ham biz ularni abstrakt soʻzlar 
qatoriga kirita olmaymiz. Chunki yuqorida aytganimizdek, soʻz abstrakt boʻlishi uchun 
umumlashtiruvchi emas, ayiruvchi abstraksiya mahsuli boʻlishi lozim. Abstrakt soʻzlarning 
lisoniy xususiyatlaridan biri shuki – abstrakt soʻzlar predmetning moddiy belgilarini ifodalovchi 
soʻzlar bilan bogʻlanishlar hosil qila olmaydi. Keng ma’noli soʻzlar esa bu kabi bogʻlanishlar 


35 
hosil qila oladi. Ushbu fikrimizni Farobiyning substansiya haqidagi qarashlarini keltirish bilan 
dalillash mumkin: «Substansiya oʻz tabiati jihatidan cheksiz darajada boʻlaklarga ajralib keta 
olishi sababli, son ham tabiati jihatidan cheksizdir. Son toʻgʻrisidagi ilm – bu substansiya 
boʻlaklarini bir-biriga koʻpaytirish, birini ikkinchisiga boʻlish, birini ikkinchisidan ayirish, 
agarda bu boʻlaklarning negizi boʻlsa, negizini topishga va ularning muvozanatini aniqlashga 
qaratilgan ilmdir. ... Bu ilmni yunon donishmandlari arifmetika deb ataydilar»

1, 174-176


Farobiy substansiyaning harakatchanligi ta’kidlanishi bilan birga, osmon harakatini oʻrganuvchi 
ilm vujudga kelganligini aytadi. Bu ilm oldingi ikki ilm: arifmetika va geometriyaga asoslanishi, 
bu ilmlarsiz mavjud boʻlmasligi ta’kidlanadi va bu ilmning nomi astronomiya ekanligini yozadi. 
Substansiya harakatdan tashqari ovozga ham ega boʻlishi va bu belgini oʻrganuvchi musiqa fani 
vujudga kelganligini aytadi. Substansiya qizarish-oqarish, uzayish-torayish, koʻpayish-kamayish, 
tugʻilish-oʻlish, kasallanish-sogʻayish kabi belgilarga ham ega boʻladi. Substansiyaning bunday 
oʻzgarishlarini oʻrganishga ehtiyoj tufayli tabiat toʻgʻrisidagi fan paydo boʻlganligini bayon 
qiladi

3, 9

.
Yuqoridagi fikrlarda substansiyaning qismlarga ajralishi, uning harakatchanligi, ovozga 
egaligi, qizarishi, oqarishi, uzayishi, torayishi, koʻpayishi, kamayishi, tugʻilishi, oʻlishi, 
kasallanishi, sogʻayishi kabi belgilarga egaligi uning abstrakt mohiyat emasligidan dalolat 
beradi.
9.
Predmetlarning turli oʻlchovi va me’yorlarining nomlari. Bu guruhdan boʻy (balandlik, 
pastlik), hajm (ozgʻinlik, semizlik, kattalik, kichiklik, torlik, kenglik), vazn (ogʻirlik, yengillik), 
masofa (uzunlik, yaqinlik, uzoqlik, qisqalik) kabi oʻlchov nomlari oʻrin olgan. Mazkur soʻzlar 
shkalada konkret va abstrakt nomlar oraligʻida joylashadi. Ushbu guruhdagi soʻzlarning bosh 
ma’nosini konkret va abstrakt nomlar oraligʻiga joylashtirsak, 
kattalik, pastlik, ogʻirlik, yengillik
kabi leksemalarning inson xarakterini nomlashga ixtisoslashgan koʻchma ma’nolarining 
barchasini abstrakt deyish mumkin. Masalan, 
kattalik
soʻzi koʻchma ma’noda «oʻzini yuqori 
tutish, manmanlik», 
pastlik
soʻzi «pastkashlik, razillik» abstrakt ma’nolarini anglatadi.
10.
Jismoniy holat nomlari. Jismoniy holat nomlari obyektidan ajratilgan, lekin jism 
bilan bogʻliq holatlarni nomlaydi. 
Charchoq, qiyinchilik, tashnalik, xastalik, kasallik, 
darmonsizlik, holsizlik 
kabi soʻzlar atayotgan holatlarning ayrim vizual belgilarini bevosita 
kuzatishda berilganligi ularning abstraksiya darajasi pastligidan darak beradi. Bu guruhdagi 
soʻzlar ham konkret va abstrakt nomlar oraligʻidan oʻrin oladi (bu haqda keyingi boblarda 
batafsil ma’lumot beriladi). 
11.
Estetik tushunchalar. 
Goʻzallik, nazokat, did, farosat
kabi soʻzlar abstrakt soʻzlar 
qatoridan joy egallasa-da, ularning abstraksiya darajalari juda yuqori emas. Chunki, estetik 
tushunchalar aqliy bilish mahsuli boʻlishi bilan birga ularning koʻrish orqali idrok qilinadigan 
belgilari mavjud. 
Kelinchak nazokat bilan qadam bosardi 
gapida 
nazokat
nomi bilan atalayotgan 
mohiyat koʻrish orqali bilinmoqda. Ushbu guruhdagi soʻzlar insonning estetika bilan bogʻliq 
fazilatlarini undan ayri holda alohida substansiya sifatida nomlar ekan, shkalaning abstrakt 
soʻzlar qatorini boshlab beradi. Eng konkret hisoblangan abstrakt nomlar estetik tushunchalarni 
nomlovchi soʻzlardir.
12.
Ruhiy holat nomlari. Mazkur guruhni 
sevinch, sogʻinch, shodlik, baxtiyorlik, iztirob, 
umidsizlik
kabi abstrakt leksemalar tashkil qiladi. Lekin mazkur holatga tushgan insonlarning 
tashqi koʻrinishida shu holat belgilarining mavjudligi (yuzidagi quvonch, koʻzidagi jahl) 
shkaladagi oʻrnini belgilab beradi. Masalan, inson asabiylashganda yuzining ranglari, ovozi, koʻz 
qarashlari oʻzgarishi mumkin. 
13.
Abstrakt belgi nomlari. 
Botirlik, vafosizlik, vijdonsizlik, donolik, ziyraklik
kabi 
abstrakt belgilarni atab keluvchi nomlarning abstraksiya darajalari, ya’ni obyektidan ajratilganlik 
darajalari yuqoridir. Masalan, «magʻrurlik» haqida gapirilganda, mazkur belgiga ega inson 
nazarda tutilmaydi. 


36 
14.
Munosabat nomlari va vaqt nomlari. 
Doʻstlik, dushmanlik, nafrat, ishonch, hurmat, 
shafqatsizlik, tengsizlik
kabi soʻzlar ushbu guruhdan oʻrin oladi. Mazkur soʻzlar ifodalayotgan 
mohiyatlar bevosita kuzatishda berilmagan boʻlib, ularning mohiyatini faqat ongli ravishda bilish 
mumkin. Shuning uchun mazkur soʻzlarning abstraksiya darajasi yuqoridir. Masalan, 
ishonch
soʻzi talaffuz qilinganda yoki eshitilganda uning insonlarning munosabati ekanligi nazarda 
tutilmaydi. U goʻyo alohida mohiyat sifatida idrok qilinadi. 
Vaqtni abstrakt mohiyat sifatida nomlovchi 
vaqt, payt, oʻtmish, kelajak
kabi soʻzlar ham 
shkalaning shu oʻrnida joylashgan. Vaqt materiyaning mavjudlik shakli boʻlib, moddiy 
jarayonlarning keng yoyilishi izchilligini, bu jarayonlarning turli bosqichlari, bir-biridan 
ajralganligi, ularning davom etishini, rivojlanishini bildiradi. Har bir narsa oʻz oʻtmishi, hoziri, 
kelgusiga ega. Narsa-hodisalarning ba’zi birlari avvalroq, boshqalari keyinroq sodir boʻladi. 
Bular esa vaqt tushunchasini ifodalaydi

4, 157-158

. Vaqt nominatsiyasida esa materiyaning 
mazkur yashash shakli, holati undan (materiyadan) abstraksiyalangan.
15.
Mental tushuncha va holat nomlari. Mazkur guruhni 
fikr, gʻoya, aql, ong, qiziqish
bilim, ilm
kabi soʻzlar tashkil etadi. Ularning abstraksiya darajasi ruhiy holat nomlariga nisbatan 
yuqoridir. Chunki ruhiy holatning ayrim belgilarini kuzatish mumkin boʻladi. Aqliy tushuncha 
va holat nomlari esa faqat mental bilish orqali anglanadigan voqeliklarni ataydi.
16.
Bu oʻringa 
siyosat, mafkura, hokimiyat
kabi ijtimoiy-siyosiy tushuncha nomlarini 
joylashtirdik. Bu soʻzlar nomlayotgan voqeliklar ham murakkab tabiatga ega. Murakkab 
semantika esa abstraktlikning yuqori darajalari uchun xosdir.
17.
Shkalamizninng mazkur oʻrnidan etik tushuncha nomlari oʻrin olgan. 
Hayo, nomus, 
oriyat, ma’naviyat, odob, tarbiya, axloq
kabi etik tushuncha nomlari semantikasida boshqa bir 
substansiyaning belgisi ekanligi ma’lum darajada unutilgan. A.Avloniyning «Tarbiya biz uchun 
yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» degan fikrida 
«tarbiya» ma’lum bir shaxsning xususiyati sifatida emas, shaxsdan alohida mohiyat sifatida 
tasavvur uygʻotadi.
18.
Diniy tushunchalar. Diniy tushunalardan 
iymon, savob, gunoh, ajrim 
kabi nomlar 
yuqori abstraksiyaga ega boʻlib, tashuvchisidan mutloq ajratilgandir. 
19.
Metatushunchalar. Ularga
 hayot, umr, haqiqat, adolat
kabi metatushunchalarni misol 
qilish mumkin. Mazkur soʻzlar abstraktlik shkalasida eng yuqori darajaga boʻlib, tashuvchisi 
haqidagi ma’lumot ularning semantik tarkibida mavjud emas. Masalan, 
hayot
soʻzining tahlili 
shuni koʻrsatadiki, tirik jonzotlardan mutloq ajratilgan mazk ur belgi alohida substansiya sifatida 
shakllana olgan: 
Taajjub, kim solmish uning koʻngliga, 
Kirmoq qayda hali hayot yoʻliga, 
Ona allasiga qonmasdan hali, 
Ertaga shu uyga beka boʻlgali 
Supurgi tutadi jajji qoʻliga 
(E.Vohidov).
Konkretlik/abstraktlik darajasi 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish