Tili va adabiyoti universiteti


Rus tiliga oʻzlashgan ayrim turkiy (oʻzbekcha) soʻzlar haqida



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Rus tiliga oʻzlashgan ayrim turkiy (oʻzbekcha) soʻzlar haqida 
About some turkish (uzbek) words in russian 
Togʻayev Toʻlqin Mamanazarovich

Annotation:
This article discusses the Turkic languages, including words from Uzbek to 
Russian, their semantics, and in some places their etymology, due to various historical periods 
and processes. 

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, e-mail: tm-togay@mail.ru 


148 
Key words: 
word acquisition, Turkish, Uzbek, Russian, shashlik, brand, yogurt.
 
Har bir til tarixiy taraqqiyot natijasida boyib boradi. Mazkur jarayon tilning oʻz ichki 
imkoniyatlari asosida va boshqa tillardan soʻz oʻzlashtirish orqali yuz beradi. Mamlakatlar va 
xalqlar oʻrtasida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy munosabatlarning kuchayishi, ayniqsa, bir-
biriga qoʻshni xalqlarning oʻzaro aloqalari natijasida bir tildan boshqasiga yangi tushunchalarni 
ifoda qilgan soʻz-atamalar qabul qilinadi. Bugungi globallashuv zamonida bu jarayon yanada 
kuchaydi. 
Turkiy til, jumladan, oʻzbek tilining gʻoyat boyligini, avvalo, Mahmud Koshgʻariy, Yusuf 
Xos Hojib, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur singari bobokalonlarimiz isbotlab ketgan. Rus va 
ukrain, forsiyzabon tillarga turkiy tillardan salmoqli soʻzlar oʻzlashgan. Yevropa tillari ham 
ma'lum miqdorda bundan bebahra qolmagan. Tilimizda shunday soʻzlar borki, koʻpchilik ularni 
boshqa tillardan oʻtgan deb oʻylaydi. Aslida oʻzimizniki boʻlgan bunday “jahongashta” soʻzlar 
sal oʻzgarib yana oʻzimizga qaytgan. 
Turkiy tillardan rus tiliga oʻzlashgan soʻzlarning koʻpi bizga tanish. Masalan: “серьга” 
(sirgʻa), “бахча” (bogʻcha), “арык” (ariq), “очаг” (oʻchoq), “караул” (qorovul), “арбуз” 
(tarvuz), “базар” (bozor), “плов” (palov), “камыш” (qamish), “караван” (karvon), “аркан” 
(arqon), “туман” (tuman), “амбар” (ombor), “капкан” (qopqon), “сарай” (saroy), “баклажан”, 
(baqlajon), “каракуль” (qorakoʻl), “есаул” (yasovul), “ералаш” (aralash), “беркут” (burgut) 
kabilarni aytish mumkin. Lekin rus tilida bugungi kunda faol qoʻllanayotgan yana talay soʻzlar 
borki, ularning ham asli turkiy (oʻzbekcha) ekani sir emas. Quyida ularning ayrimlari toʻgʻrisida 
fikr yuritamiz. 
“Товар”
– tovar, mol-mulk, boylik, dunyo
.
Bu soʻz qadimgi turkiy tilda mavjud. 
Mahmud Koshgʻariy ham bu soʻzni oʻzining mashhur “Devonu lugʻatit turk” kitobiga kiritgan va 
tovar, mol, mato
ma’nolarida qayd etgan [МаҳмудКошғарий, 1960: 389]. Hatto bu soʻz izohiga 
maqol ham uchraydi: “Tamugʻ qapugʻin achar tavar” (Tovar hatto jahannamdan ham eshik 
ochadi). Keyinchalik eski oʻzbek tilida soʻzning 
qoramol, yilqi
ma’nolari ham ortgan. Rus tiliga 
koʻchgach, bu soʻzning ma’no koʻlami kengaygan: 
mol-mulk, boylik, dunyo
ma’nolaridan 
tashqari 
pul, yilqi, harbiy oboz (ot-arava), mustahkamlangan qarorgoh 
kabilarni ham anglatgan. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish