Tili va adabiyoti universiteti


Oʻzbek tili ta’limining milliy konsepsiyasi: mavjud muammolar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet406/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

 
Oʻzbek tili ta’limining milliy konsepsiyasi: mavjud muammolar,
istiqboldagi vazifalar 
National concept of uzbek language education: existing problems,
future tasks 
Muxitdinova Xadicha Sobirovna
*
 
 
Annotation.
 The article describes the initial period and post-independence development 
of teaching the Uzbek language to people of different nationalities, the prospects of state 
language education in the country during the current reforms, the existing problems and their 
solutions.
 

Key words:
Uzbek language education, national concept, problems of motivational 
nature, problems with content, problems of ethical nature, formed competencies, effectiveness, 
certification.
 
Oʻzbekistonda yashovchi barcha fuqarolar respublikamizning davlat tilida erkin muloqot 
yurita olishlari respublikamiz aholisining bahamjihatlik va doʻstlikda yashashlari, birgalikda 
mehnat qilib vatanimiz iqtisodini yanada yuksaltirishlarining muhim omillaridan biridir. 
Bugungi kunda yangilanayotgan Oʻzbekiston, uning boy tarixi va madaniy merosi, oʻzbek 
xalqining betakror ma'naviy qadriyatlariga qiziqish oʻzbek tilining Amerika Qoʻshma Shtatlari, 
Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Xitoy, 
Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon kabi davlatlarning oltmishga 
yaqin universitetida oʻrganilishiga, qoʻshni Tojikiston, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Turkmaniston, 
Qirgʻiziston kabi mamalakatlarda ta'lim oʻzbek tilida olib boriladigan yuzlab maktablarning 
faoliyat yuritishiga olib keldi. 
 
Hozirgi kunda respublikamizda yashovchi turli millatlarga mansub fuqarolar oʻzbek tilini 
faqat soʻzlashuv – ogʻzaki muloqot vositasi sifatidagina bilishning kifoya qilmasligini, davlat 
tilida toʻgʻri gapirish va toʻgʻri yoza olish, davlat tilida yozma rasmiy ish yuritish malakalariga 
ega boʻlishlari zaruriyatga aylanganini e’tirof etmoqdalar. Ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda 
yashovchi fuqarolarning anchagina qismi ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar va rus 
guruhlarida ta'lim oladilar. Ushbu maktablar va guruhlarda oʻzbek tilini oʻqitish ishlarini 
*
Oʻzbekiston jahon tillari universiteti professori, pedagogika fanlari doktori 


482 
samarali tashkil etish davlat ahamiyatiga ega masalalardan biri boʻlib, bu davlat tili ta'limini 
takomillashtirishning yangi konseptual yondashuvlarini belgilab olish, oʻzbek tilini oʻqitishda 
ta’lim samaradorligini oshirishning oʻziga xos jihatlarini, eng ilgʻor metodlarini aniqlash va 
ulardan unumli foydalanish masalalarini kun tartibiga qoʻymoqda.
 
Respublikada umumiy oʻrta ta'lim maktablarida ta'lim 7 tilda: oʻzbek, qoraqalpoq, rus, 
qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman tillarida olib boriladi va davlat tili sifatida oʻqitiladi. Uzluksiz 
ta'lim tizimining keyingi bosqichlarida esa rus va qoraqalpoq tillarida olib boriladigan guruhlarda 
davlat tili sifatida oʻqitililadi va bundan koʻzlangan asosiy maqsad mamlakatimizda yashovchi 
turli millatlar farzandlarining oʻzbek tilini ijtimoiy faoliyati uchun yetarli darajada amaliy 
egallashlarini ta'minlash, insonlar oʻrtasidagi turli muomala-muloqot vaziyatlarida erkin
muloqot yuritish malakalarini shakllantirishdan iborat. 
 
Oʻzbek tilini boshqa millatlar vakillariga oʻqitish aslida 1906- yildan, oʻzbek tili ta'limi 
yuzasidan ilk tadqiqot ishlari esa shu asrning 30- yillaridan boshlangan boʻlib, oʻzbek tilini 
boshqa millat vakillariga oʻrgatish Turkiston oʻlkasida rus-tuzem maktablarining tashkil qilinishi 
bilan bogʻliq [Holiqberdiyev, 1971: 20]. Oʻzbek tilini oʻquv rejasiga asosiy fan sifatida 
kiritilishi esa 1933- yildan boshlangan boʻlib, bu davrga kelib oʻzbek tili maktablardagina 
emas, balki oliy oʻquv yurtlarida ham oʻqitila boshlandi. Xususan, Turkiston Sharq institutida rus 
guruhlari uchun maxsus oʻzbek tili kafedrasining tashkil etilishi va hatto maxsus dastur asosida 
davlat muassasalarida ham oʻzbek tilini oʻrganishning tashkil qilinishi oʻzbek tilining rus 
guruhlarida oʻqitilishida sezilarli siljishlar boʻlishiga olib keldi [Batmanov, 1934]. Oʻzbek tilidan 
dastlabki oʻquv dasturlari, lugʻatlar rus metodist olimlari tomonidan tuzilgan boʻlib, jumladan, 
Q.Holiqberdiyev oʻz vaqtida taniqli turkolog I. A.Batmanovning ilmiy-pedagogik faoliyatiga 


Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish