Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

muncha
koʻrinishi faol ishlatilgan. Kuzatishimizcha, 
“Badoyi’ ul-bidoya”da ushbu olmosh barcha holda (22 marta) 
muncha
shaklida ishlatilgan.
Qayd etilganlardan biri 
bayram
soʻzi xususida toʻxtalamiz. Eski oʻzbek tilida ham uning 
bayram
shakli faol:
Yuzungda koʻrdum, ey jon, 
bayram
oyin, 
Muning shukronasi qurbon boʻloyin [Муборак мактублар, 1987: 12].
Sham’ emas erdin, kavokib charxdin 
bayram 
tuni,
Kim erur yer-koʻk tuman ming koʻz bilan hayron sanga [Алишер Навоий, 1987: 51].
“Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati”da 
bayram
soʻzi “toʻy; tantana, bayram, 
shodlik kuni” deb izohlangan boʻlib [Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати, 
1983: 186], misolda keltirilgan “ikki bayram kuni” birikmasi va bayram soʻzi qatnashgan boshqa 
misollardan uning iyd – hayit ma’nosida ishlatilganini koʻrsatadi. Bu esa Mahmud 
Koshgʻariyning “... xalq tilida shodlik va xursandlik kuni ma’nosidagi 
baɝram
*
soʻzi ana shu soʻz 
bilan bogʻlanadi, bu oʻrinda ma’noda oʻzgarish roʻy bergan. Chunki johiliyat davrida bunday bir 
soʻzning kelib chiqishini talab qiladigan bayramning oʻzi boʻlmagan. Agar boʻlganda edi, turkiy 
xalqlar uni bilgan boʻlur edilar. Holbuki, uni bilmaydilar. Faqat ذ ɝ harfini ي y ga aylatirib 
talaffuz qiladiganlar biladilar” [Кошғарий, 1963: 191]– degan fikrlarini tasdiqlaydi. Shu oʻrinda 
Mahmud Koshgʻariy mazkur soʻzning oʻgʻuzcha ekanini maxsus ta’kidlaydi. “Tantana, shodlik 
bilan oʻtkaziladigan kun”, “muborak kun” ma’nosidagi 
bayram
soʻzi qadimgi turkiy tildagi baɝ - 
Fe’lining 
bay-
shakliga (ы)r orttirma qoʻshimchasi va kuchaytirish ma’nosini ifodlovchi -a 
qoʻshib hosil qilingan shaklidan -m qoʻshimchasi bilan yasalgan [Раҳматуллаев, 2000: 37]. Bu 
soʻz xususida Mahmud Koshgʻariy bergan ma’lumot uning oʻgʻuz elementi ekaniga shubha 
qoldirmaydi: “
Baɝram
– odamlar orasida shodlik va kulgi. ... Oʻgʻuzlar shodlik kunini bayram 
deydilar. Ya’ni shodlik va yoqimli kun. Demak, ular odaticha ذ
ɝ
ni ي y ga almashtirganlar. Yoki 
bu oʻzi maxsus soʻzdir” [Кошғарий, 1960: 447].
Bu soʻz turkiy tillarda 
bayram, beyram, beyrem, bäyräm, mayram. meyram, meyrem, 
payram, peyram, peyrem
shakllariga ega [Gulensoy, 2007: 124]. J.Klouson bu soʻzning 
etimonini forsiy 
bađrām
soʻzi bilan bogʻlaydi [Clouson, 1972: 308].
Техник сабабга кўра ذ транскрипцияда юқоридаги тарзда берилди.


175 
Endi shu munosabat bilan yuqorida Alisher Navoiydan keltirilgan gʻazalda 
bayramliq
soʻzi ishlatilganiga e’tibor qarataylik: 
Notavon jismimgʻa 
bayramliq
bila ber suhbate,
Kim koʻngul ummedvoru muntazirdur jon sanga [Навоий, 1987: 51].
E’tiborimizni tortgan jihat shundaki, 
bayramliq
soʻzi ANATILda aks etmagan. Bu soʻz 
E.Fozilovning “Alisher Navoiy asarlari lugʻati”ga kiritilgan boʻlib, aynan mazkur bayt misolida 
keltirilgan [Фозилов, 1983: 248]. E.Fozilov toʻgʻri tuzatish kiritganidek, ushbu baytda 
suhbate
soʻzi mazmunga muvofiq emas. Baytni qoʻlyozma bilan solishtirsak, ikki muhim faktga ega 
boʻlamiz. Birinchidan, nashrda 
suhbate
soʻzi 
sihhate
tarzida oʻqilishi kerak edi. Bu xato keyingi 
nashrda tuzatilgan [Навоий, 2011: 22]. Ikkinchidan, 
bayram
soʻzi ماريب , ya’ni a unlisi “alif” harfi 
orqali ifodalanganki, bu uning oʻz qatlam soʻzi ekanini yana bir bor asoslaydi. Chunki eski 
oʻzbek tilida oʻzlashmalardagi qisqa a unlisi soʻz oʻrtasida “alif” orqali emas, fatha bilan 
ifodalanadi. Biz ham T.Gulensoʻyning “bayram”ni forsiy deyish xatodir, degan fikrini 
quvvatlaymiz [Gulensoy, 2007: 125]. Hozirda xalqimiz orasida bayramliq soʻzi “bayram 
munosabati bilan qilinadigan hadya, moddiy ragʻbatlantirish” ma’nosida faol ishlatiladi. 
Lahjalararo soʻz oʻrtasida jarangsiz [t] fonemasining jarangli [d] fonemasiga aylanib 
kelishi qiyoslanadi: 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish