KIRISH
Mavzuning dolzarbligi . Istiqlol tufayli milliy o’zlik, milliy iftixor, milliy ma’naviyat, milliy an’analarimiz o’zizning asl ma’nosiga, qadriga ega bo’ldi. Tilimizni har tomonlama tarqqiy ettirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. O’zbek tili, adabiy tilimiz o’zbek xalqi madaniyati va ma’naviyatining ajralmas qismi , millatning mavjudligi va birligini , yuksalishini ta’minlovchi buyuk kuch sifatida uzil-kesil tan olindi. SHo’rolarning umri tugab borayotgan davrida O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi Mustaqillikka qo’yilgan birinchi qadam bo’lgan bo’lsa , istiqlol yillarida bir paytlari kamsitilgan ona tilimiz har tomonlama taraqqiy ettirildi. Navbatdagi ish - milliy tilimizga mos alifbo va imlo qabul qilish kun tartibiga chiqdi. 1993- yilning 2- sentyabrida lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosini joriy etish bo’yicha qabul qilingan respublika qonuni 1995- yil 6-mayda bu qonunga kiritilgan o’zgartishlar bilan rasman kuchga kirdi. Biz yangi alifboga o’tdik.
O’zbekistonning Birinchi Prezidentining chuqur hayotiy haqiqat mujassam ushbu fikrlari bu boradagi hal qiluvchi va maqsad sari yetaklovchi omil bo’lib xizmat qilmoqda: ‘’O’tgan davr mobaynida ana shu qonun ijrosini ta’minlash bo’yicha juda katta ishlar amalga oshirilganini ta’kidlash lozim. Avallo , o’zbek tilining lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalari ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi. Bugungi kunda mamalakatimizda ta’limning barcha bosqichlarida ana shu alifbo asosida bilim berilmoqda. Lotin yozuvida chop etilayotgan kitob va darsliklar, o’quv qo’llanmalari, gazeta- jurnallar, reklama va e’lonlar, davlat hujjatlari hozirgi vaqtda bu imlo madaniy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotganini ko’rsatadi ‘’.
Lekin shuni ta’kidlash kerakki, respublikamizda o’zbek tilini yangi yozuvga to’liq o’tkazishning muddatlari rasmiy hujjatlarda dastlab 2005- yil, keyin esa 2010-yil etib ko’rsatilgan bo’lsa-da, shu paytgacha bunga erishib bo’lmadi. Keyingi ikki yil ichida ijtimoiy tarmoqlarda, matbuotda ushbu masala qizg’in muhokama qilinmoqda. O’zbekiston Prezidenti virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan xatlarda bu o’z aksini topmoqda. Muhokama ishtirokchilari yurtimiz aholisining turli qatlam vakillari bo’lib ayniqsa, ziyolilar, o’qituvchilar, talabalar ko’proq faol bo’lishmoqda. Ular tomonidan bildirilayotgan fikr- mulohazalarga ko’ra, o’tgan davr ichida yozuv amaliyoti shuni ko’rsatmoqdaki, yangi alifbo va imloda islohga muhtoj o’rinlar mavjud. Ular bartaraf qilinishi lozimligi bildirilmoqda. Mazkur dolzarb masalalar O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016- yil 13- maydagi ‘’ Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to’g’risida’’ gi Farmonida o’z aksini topdi. Farmonda universitet jamoasi oldidagi vazifalar sifatida : ‘’ …….. o’zbek tilining asl tabiati va xususiyatlari to’la aks ettiradigan mukammal akademik va o’quv grammatikalarini yaratish, uning tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks etishi , joriy imlo qoidalarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash ‘’ vazifasi alohida ta’kidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |