Kalit soʻzlar: frazema, individual frazema, ibora tarkibi, personaj, ma’no kuchaytirish,
personaj ruhiy holati.
Oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli ta’sir koʻrsat gani jodkorlardan
biri Tohir Malik oʻzining turli janr va mavzudagi asarlari bilan kitobxonlarning
sevimli adibiga aylandi. Iste’dodli adib oʻz asarlarida barcha til birliklaridan
mahorat bilan foydalanadi. Ayniqsa, uning asarlari tilida frazeologik
birliklarning qoʻllanish koʻlami ancha keng. Bu birliklar asarni badiiyligini
oshirish barobarida unga xalqona tus beradi. Adib asarlarida ustalik bilan
ishlatilgan frazeologik birliklar ham turli badiiy maqsadlarga boʻysundirilgan.
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
103
Tohir Malikning “Talvasa” asaridagi personajlar ruhiyati, his-
tuygʻularini ifodalashda “nomidan ot hurkadi”, “koʻz yummoq”, “koʻzini shira
bosmoq”, “osmondan kelmoq”, “talmovsirab qolmoq”, “ustasi farang” kabi
an’anaviy frazeologizmlar qoʻllangan.
Asardagi frazeologik birliklarning ayrimlari tilde tayyor holdagi birliklar
boʻlsa, ayrimlari soʻz san’atkorining estetik maqsadi, xohish-irodasi, til
vositasidan foydalanishdagi novatorligi bilan aloqador boʻlgan individual
xarakterdagi frazeologizmlardir.
Frazeologik birliklarning tarkibini oʻzgartirish muayyan shart-sharoit,
matn talabi bilan boʻladi. Uning matn tarkibidagi munosabatini kengaytiradi.
Davr ruhini berish personajlar nutqini individuallashtirish uchun muhim
vosita. Komponentlar oʻzgarishi yordamida ironiya, kinoyani kuchaytirish kabi
qoʻshimcha ottenkalar yuzaga chiqadi [4. 55-bet]. Ibora komponentining
almashuvi koʻproq fe’l frazemalarda yuzberadi. Bu holatni Tohir Malikning
“Talvasa” asarida ham ba’zi oʻrinlarda uchratishimiz mumkin. Adib matnda
ibora tarkibini oʻzgartirish orqali unga zamon ruhini singdiribgina qolmay,
balki personajlarning xarakter-xususiyatini ochib berishda, asar badiiyligini
oshirishda va ma’no kuchaytirishda oʻz mahoratini namoyish etgan.
Adabiytilda “doʻsting kimligini ayt, sening kimligingni aytaman”
frazemasi mavjud. “Talvasa” asarida shu iboraning modelidan foydalanib “Sen
mashinangni koʻrsat, men otang kimligini aytaman” iborasi hosil qilingan. Bu
ibora esa kishilarning hayot darajasi qay holatda ekanligini yoritib berish
maqsadiga boʻysundirilgan.
Tilimizda “sukut saqlamoq” frazemasi hech kimdan churq etgan tovush,
sado chiqmay, jimlik hukm surgan holat; soʻzsizlik ma’nolarida faol qoʻllanadi
[3. 88-bet]. Asar tilida ushbu frazemani “sukut bagʻrida qolmoq” tarzida
qoʻllanganligini guvohi boʻlamiz: “Zal bir necha nafaslik sukut bagʻrida qoldi.”
Iboraning bu tarzda qoʻllanishi asar badiiy barkamolligini yanada
kuchaytirishga xizmat qilgan.
104
Oʻzbek tili lugʻat boyligida “sabr kosasi toʻlmoq” frazemasi ortiq chidash
yoki kutishga toqati qolmaslik, toqati toq boʻlmoq ma’nolarini ifodalashga
xizmat qiladi [3. 99-bet]. “Talvasa” asarida bu birlik “gʻazab kosasi toʻlmoq”
shaklida qoʻllanganligini koʻrishimiz mumkin. Bu gap ustozining gʻazab kosasini
toʻldirib, gʻayratga keldi. (20-bet) Asar tilida iboraning bu tarzda qoʻllanishi
personajlarning ruhiyholatini ochib berishga qaratilgan.
Xalqimizda qiyoslash ma’nosini oʻzida mujassam etgan “tirnogʻiga ham
arzimaslik” frazemasi nutqda faol qoʻllanishda boʻlib, kishilarni bir-biriga
nisbat berishida qoʻllaniladi [1. 77-bet]. Bu ibora “Talvasa” asarida oʻziga xos
tarzda qoʻllanilgan. Bunda ma’lum sotsial guruh vakili nutqini
individuallashtirish maqsadi koʻzlangan: Hozir toj kiyayotgan yuzta oʻgʻil bola
bitta shu Kardinalning oyogʻiga paytava boʻlolmaydi.
Quyidaq oʻllangan “bagʻrida quyosh charaqlamoq” frazemasi kimningdir
hayot, yashash manbayi, asosi hisoblanadigan, shunday deb qaraladigan narsa
ma’nolarida qoʻllangan. Bu oʻrinda mahorat bilan qoʻllangan frazema voqelikni
tiniq tasvirlash barobarida, personaj ruhiy holatini koʻz oʻngimizda aniq
namoyon qilishimizda koʻmaklashadi.
Baxtiga Asror aka yana maktabga qatnadi-yu, qizning tund bagʻrida yana
quyosh charaqladi.
Tilimizda kishilarning fe’l-atvoridagi tundlik, yoqimsiz qiyofasiga
nisbatan e’tiroz, norozilik, unga nisbatan yomonlik qilmaganlikni qayd etuvchi
ma’nolarini anglatuvchi “arpangni xom oʻrdimi?” frazemasi keng
qoʻllanishdadir. Asarda mazkur frazemaning ma’nosiga teng keluvchi
“ammangni sigiri chala tugʻib qoʻydimi?” frazemasi hosil qilingan. Bu bilan asar
voqeligiga xalqona tus berish bilan birga badiiylik ham yuqori pogʻonaga
koʻtarilgan.
Ha nima boʻldi, ammangning sigiri chala tugʻib qoʻydimi? – dedi jerkib.
Nutqimizda xafalik yoki xursandlik holatimizni aks ettiruvchi frazemalar
talaygina. Ularning oʻz oʻrnida mahorat bilan qoʻllanishi ruhiy holatimizni
yorqin namoyish etadi. Ruhiyatimizdagi xafalikni ifodalovchi “dili xufton
105
boʻlmoq”, “yurak bagʻri xun”, “ ta’bi xira” kabi birqancha iboralar qoʻllanishda.
“Talvasa” asarida bu “ongini xira parda tortmoq” shaklida uchraydi: A’zoyi
badanining qaqshab ogʻrishi uning ongiga xira parda tortdi.
Tilimizda buloq soʻzi badiiy adabiyotda koʻchma ma’noda boy manba
ma’nolari daqoʻllaniladi. Masalan, ijod bulogʻi, mehr bulogʻi kabi. Mazkur
asarda buloq vositasida oʻziga xos tarzdagi frazema hosil qilingan. Bu
gaplarning barchasi mish-mish bulogʻidan suv ichgan boʻlsa-da, atrofdagilarning
qiziqish tashnaligini qondirishga kifoya qilardi. Voqelikka badiiy tus berish,
ma’no kuchaytirishda bu frazema uslubiy vosita vazifasini oʻtagan.
Koʻrib oʻtganimizdek, frazemalarning bunday koʻrinishi iste’dodli
adibning “Talvasa” asarida turli uslubiy maqsadlarda qoʻllangan. Bu birliklar
bir oʻrinda zamon ruhini oʻzida mujassamlashtirgan boʻlsa, bir oʻrinda
personajlar nutqini individuallashtirishga va yana bir oʻrinda esa ma’noni
kuchaytirib, badiiylikni oshirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |