Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

       

   

XIX  asr  oxiri  –  XX  asr  boshlari  Xiva  adabiy  muhiti  milliy 

adabiyotshunosligimiz tarixida ayniqsa, alohida oʻrin tutadi. Negaki, bu davrda 

shoh va shoir Feruz boshchiligida koʻplab iste’dodli ijodkorlar kamol topdi, ular 

sermahsul  ijod  etib,  milliy  adabiy  an’analarimizni  davom  ettirdi.  Bugungi 

kunda  Feruz  davri  adabiy  muhiti  vakillari  ijodi  adabiyotshunosligimizda 

atroflicha  tadqiq  etilmoqda.  Biroq  bu  davrga  oid  turli  tazkiralar,  bayozlar, 

she’riy  toʻplamlarni  kuzatsak,  ijodi  tadqiq  etilmagan,  she'rlari  joriy  alifboda 

tabdil qilinmagan, hattoki ular faoliyatiga doir ma’lumotlar darslik yoki ilmiy 

adabiyotlarda ham uchramaydigan shoirlar anchagina ekani guvohi boʻlamiz. 

Hayoti  va  ijodi  toʻlig‘icha  oʻrganilmagan,  ijodiy  merosi  ilmiy  tadqiqot  olib 

borish uchun ob’ekt  boʻla  oladigan, XIX asr oxiri – XX asr boshi Xiva adabiy 

muhiti vakillaridan biri  Said Nosir toʻra – Sultoniydir.  

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

613 


Sultoniyning hayot yoʻli,  ijodi  haqida  ma’lumot  beruvch  manbalarga 

Bobojon  Tarroh  Azizov  –  Xodimning  “Xorazm  navozandalari”,  Laffasiyning 

“Tazkirai  shuaro”,  Tabibiyning  “Majmuai    shuaroi  payravi  Feruzshohiy” 

tazkiralari kiradi.  Jumladan, Laffasiyning “Tazkirai shuaro” tazkirasida shoir 

Sultoniy haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan:  

“Shoirning  ismi  Sultoniy  Said  Nosir  toʻra  boʻlib,  Said  Abdullaxon 

Muhammad  Rahimxon  Feruzning  nabirasi  boʻlib  u  Muhammadyor  toʻraning 

birinchi  oʻg'lidir.  Sultoniy  tarixi  bir  ming  uch  yuz  dag’i  beshlanji  yili  onadan 

tavallud topib,ancha tarbiyali boʻlgan holda tez kamolga yetishib ilm tahsilini 

Xiva  mudarrislaridin  oʻqib  bir  xili  ma’lumotli  boʻlib,  she’r  mashqiga  havaskor 

boʻlib bobosi Feruzning ruxsati bilan oʻziga Sultoniy taxallus qilib ancha she’rlar 

yozdi.Feruzdagi ul asarlarni tamomiy Bayoniy Muhammad Yusufbekka farmon 

qilib  “Haft  shuaro”  isminda  bir  necha  devonlarni  toshmatbaasida  chop 

qildiradur.Shoir  bundan  tashqari  Feruzga  yana  ancha  g’azallar  yozib  turgan, 

shuningdek  Sultoniy ismida bir devon ham yozgan…”[1.32-bet]

Shuningdek,  Bobojon  Tarroh  Azizov  –  Xodimning  “Xorazm 

navozandalari” asarida ham bir qancha ma’lumotlar mavjud va bu ma’lumotlar 

XIX  asrning  oxirida  Muhammad  Rahimxon  ikkinchi  buyrug’i  orqali  tuzilgan 

“Majmuat ush-shuaro”dagi Sultoniy bayonidan olingan: 

“Sultoniy Said Nosir toʻra Xivaning tashqari qal'asida, Nurillabek hovlisida 

tug'ilgan.  Demak,  Sultoniy  toʻra  podshozoda  oilasidan  chiqqan.  Sulton 

Muhammad  Rahim  ikkinchining  buyrug’i  orqali  Yusuf  Hoji  Oxun,  Siddiq 

Oxun,Bayoniy  Yusufbeklar  har  hafta  ikki  marta  ziyofat  qilindi  va  shu  asnoda, 

kitob  oʻqish,she’r  tartiblash  nevarasi,  ya’ni  boʻlajak  shoirga  shu  uch  kishining 

yordami orqali oʻrgatildi, qolaversa, Nosir toʻra forsiyda ham yaxshi boʻldi va shu 

muhit tufayli shoirlikka qadam qoʻydi...” [1.35-bet]

Kuzatuvlarimizdan ayon boʻlishicha, hozirda Sultoniy devoni OʻzFA Abu 

Rayhon  Beruniy  nomidagi  Sharqshunoslik  instituti  qoʻlyozmalar  fondida 

saqlanadi.  Bundan  tashqari,  Feruz  adabiy  davrasi  ijodkorlari  asarlaridan 

namunalar koʻchirilgan ayrim toʻplamlarda ham Sultoniy she’rlari koʻchirilgan.  



 

614 


Ta’kidlaganimizdek,  “Devoni  Sultoniy”  OʻzFA  Abu  Rayhon  Beruniy 

nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida №909 - raqami bilan 

saqlanmoqda. Devon matni “nastaliq” xatida koʻchirilgan.     

Devoni Sultoniyda g‘azal, muxammas, musaddas,  qasida kabi janrlardagi 

lirik asarlar uchraydi. Ahamiyatli jihati shundaki, Sultoniy qalamiga mansub 

lirik asarlar haqida ilmiy jamoatchilik deyarli tasavvurga ega emas. Zero, shoir 

she’riyati tadqiqi, ularning goʻzal  badiiyat  namunalari ekanini koʻrsatadi. Bu 

hol,  ayniqsa,  she’rlarning  badiiy  jihatdan  va  vazn  munosabatiga  koʻra ham 

mukammalligida koʻrinadi.  

Kuzatuvlarimiz  natijasida  OʻzFA  Abu  Rayhon  Beruniy  nomidagi 

Sharqshunoslik  instituti  qoʻlyozmalar  fondidagi  yana  bir  manbada  Sa’diy 

she’rlaridan anchaginasi koʻchirilgani aniqlandi. Ushbu manba №8725- raqami 

bilan saqlanada.   

№8725  -  raqamli  toʻplam  toshbosma  manba  hisoblanadi.  Ushbu 

toʻplamda    Murodiy,  Farrux,  Sodiq,  Bayoniy,  Oqil  kabi  ijodkorlar    asarlari 

qatorida Sultoniyning ham she'rlari  koʻchirilgan. Ushbu manbadagi shoirning 

lirik asarlari janriga koʻra tasnif etilsa, g‘azal, muxammas kabi she’rlar borligi 

ayon boʻladi.  

Sultoniy  she’rlari  jamlangan  yana  bir  manba  Ahmad  Tabibiyning 

“Majmuai si shuaroi payravi Feruzshohiy” tazkirasidir. Zero, ushbu toʻplamda 

Sa’diyning  yuzta  g‘azali  koʻchirilgan.  Tazkiradagi  she'rlarning  badiiyat 

jihatidan yuksak darajadagi lirik asarlar ekanini ta’kidlash zarur.   

Tabibiy tazkirasidagi ilk g‘azal Feruzning “Zihi bordur zuhuringg‘a azal 

birla abad paydo, Tafakkur aylabon zoting, qila olmas xirad paydo” matla’si bilan 

boshlanadi. Ushbu she’rga yozilgan ilk payrav g‘azal (tazkiradagi ikkinchi g‘azal 

– Q.N.) esa Sultoniy qalamiga mansub. [4].  

Ma’lumki, Tabibiy tazkirasida shoirlarning payrav g‘azallari oldidan ular 

haqida  masnaviy  koʻrinishidagi  ma’lumotlar  berib  boriladi.  Tazkiradagi 

Sultoniy haqidagi ilk masnaviy-ma’lumot:  

 

 

Yetushgach bu ash’or Sultoniyg‘a, 




 

615 


 

 

Ziyolig‘ yetib fikri ayvonig‘a, –  matla’si bilan boshlanuvchi 

uch baytli masnaviydir. Ilk payrav g‘azal esa: 

 

 

Boʻlub sun’ing nasimidin azal birla abad paydo, 



 

 

Xiradg‘a gunah zoting bilgali yo Rab, ne had paydo – matla’i 

bilan boshlanadi. E’tiborlisi, Laffasiy tazkirasida ham Sultoniy haqida ma’lumot 

berilgandan soʻng, xuddu shu 3 baytli masnaviy va shu payrav g‘azal keltirilgan. 

Demak,  Ahmad  Tabibiy  tazkirani  tuzishda  Laffasiy  tazkirasidan  unumli 

foydalangan  va  Laffasiyning  Sultoniy  haqidagi  ilk  masnaviy-ma’lumot  va 

g‘azalni keltirishni joiz topgan.  

Sultoniyning  tazkiradagi  ikkinchi  g‘azali  Feruzning  “manga”  radifli 

g‘azaliga payrav tarzida yozilgan boʻlib, ushbu  g‘azal:  

 

 

Qilmasang tongla rasulingdin shafoatni nasib, 



 

 

Doimo  Sultoniydek,  isyon  farovondur  manga,  –  maqta’si 

bilan yakunlanadi.  

Koʻrinadiki,  XX  asr  boshlari  Xiva  adabiy  muhitiga  doir  manbalarning 

barchasida Sultoniy haqidagi ma’lumotlarga duch kelamiz. E’tiborlisi, Sultoniy 

ushbu manbalarda “sohibi devon shoir” sifatida koʻrsatiladi. Bu esa shoir hayoti 

va ijodi xususida jiddiy ilmiy kuzatuvlar olib borishni taqozo etadi.     

Xulosa  qilib  aytganda,  Sultoniy  ijodi  shu  paytga  qadar  maxsus  tadqiq 

etilmagan. Shoir hayoti va ijodini tadqiq etish, uning Xiva adabiy muhitidagi 

oʻrnini  baholash,  shoir  asarlarini  adabiy  manbashunoslik  va  matnshunoslik 

nuqtai  nazaridan  tadqiq  qilish,  lirik  asarlarini  adabiyotshunoslik  mezonlari 

asosida tahlil qilish yechimini kutayotgan ilmiy vazifalardandir.     


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish