Keywords: Research, religion, sect , literary influence, literary inheritance.
Alisher Navoiy ijodi Sharq adabiyotining boy adabiy an’analari zaminida
maydonga keldi va oʻz navbatida keyingi davr adabiyoti rivojiga samarali ta’sir
koʻrsata oldi. Ma’lumki, Navoiy nafaqat oʻzbek tilida, balki forsiy tilda ham
salmoqli meros qoldirgan. Uning forsiy merosi XX asrning ikkinchi yarmidan
boshlab ilmiy tadqiqotlar obyektiga aylandi hamda mutaxassislar tomonidan
ijobiy baholandi. Shoir asarlari bugungi kunda qay darajada e’tirof etilayotgan
boʻlsa, oʻz davrida ham shu qadar mashhur boʻlgan. Alisher Navoiy “Xamsat ul-
mutahayyirin”da yozishicha “Tuhfat ul-afkor” sulton Husayn Boyqaro tomonidan
ijobiy baholangan: “Podshoh chun oʻqib tahsin qildilar”. Shoirning oʻzi
ta’kidlaganidek “saltanat tariqatining nafyi voqe” boʻlgan[1. 273-bet.].
“Tuhfat ul-afkor”ning birinchi bayti shoir zamondoshlari tarafidan
namunali shohbayt sifatida e’tirof qilingan. Atoulloh Husayniy “Badoyi us-s-
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
528
sanoyi” asarida matbu’ she’r xususida toʻxtalib shunday yozadi: “Matbu’ deb andoq
she’rg‘a ayturlarkim, ul sog‘lom tab’larg‘a maqbul vazng‘a, tuzuk qofiyag‘a
asoslangan boʻlur, alfozi yoqimlig‘u iste’molda mashhur boʻlur, aning ma’nosi
maqbul boʻlur, kishilarning koʻnglig‘a tekkan boʻlmag‘ay; sanoyi’din nimaiki anda
ishlatilgan boʻlsa, yetuk tarzda boʻlg‘ay va aning tufaylidin anglamig‘ayu husn-i
adosig‘a qusur yetgan boʻlmag‘ay”. Ma’lum boʻlmoqdaki, shoir qasidasi nafaqat
oʻtkir ijtimoiy muammolarni (“saltanat tariqatining nafyi voqe boʻlgan”) dadil
koʻtarishi bilan, balki badiiy ifodasi bilan ham zamondoshlarining e’tirofiga
sazovor boʻlgan[2. 64-bet].
Alisher Navoiy faqat oʻzbek emas, balki butun turkiy xalqlar adabiyoti,
jahon xalqlari adabiyoti tarixidagi eng noyob hodisalar silsilasiga mansub boʻlgan
buyuk shaxsdir. U qoldirgan merosning soni va hajmigagina emas, balki ularning
mazmun va yuksak badiiyatiga koʻra ham tengsiz adibdir. Navoiyning kichik
zamondoshi Zahiriddin Muhammad Bobur buni juda muxtasar tarzda ifodalab
bergan: “Alisherbek naziri yoʻq kishi erdi. Turkiy til bila to sheʼr aytibturlar, hech
kim oncha koʻp va xoʻb aytqon emas. Olti masnaviy kitob nazm qilibtur, beshi
“Xamsa” javobida, yana biri “Mantiq ut-tayr” vaznida “Lison ut-tayr” otliq. Toʻrt
gʻazaliyot devoni tartib qilibtur: “Gʻaroyib us-sigʻar”, “Navodir ush-shabob”,
“Badoyi ul-vasat”, “Favoyid ul-kibar” otliq. Yaxshi ruboiyoti ham bor. Yana “Mezon
ul-avzon” otliq aruz bitibtur… Forsiy nazmda “Foniy” taxallus qilibtur. Yana
musiqiyda yaxshi nimalar bogʻlabtur. Yaxshi naqshlari va yaxshi peshravlari
bordur”[3. 225-bet].
Alisher Navoiy tilning ijtimoiy hodisa ekanligiga alohida urgʻu qaratadi.
Oʻzbek tilidagi ifoda imkoniyatlarining boyligini namoyish qiladi. Har bir soʻzdagi
maʼno nozikliklarini juda ishonchli tarzda, mantiqiy dalillar bilan koʻrsatib beradi.
U arab, fors, hindiy tillari qatorida turkiy tilining ham eng qadimiy tillardan biri
ekanligini alohida taʼkidlaydi.Fikrlarini qiyoslash usulidan foydalangan holda
bayon etadi. Buning uchun u fors-tojik tilini jalb etadi. Biroq biror oʻrinda ham u
xolislikdan chekinmaydi. Adib turkiy tildagi yuzta feʼlni keltirib, ularning
maʼnosini anglatadigan soʻzlarning fors tilida mavjud emasligini koʻrsatadi. Yoki
529
soʻz
maʼnolari
orasidagi
tafovutlarga
alohida
urgʻu
beradi.
Adabiyotshunosligimizda adabiy aloqa va ta’sir xususida soʻz ketganda koʻproq
mushtarak nuqtalarga urg‘u qaratilib, muayyan badiiy asarni namuna sifatida
taqdim etish ustunlik qiladi. Vaholanki, har ikki oʻxshash hodisa chog‘ishtirilganda
faqat yuzadagi umumiy holatlar bilan kifoyalanmay, mohiyatni koʻrsatuvchi
xususiy jihatlar ham e’tiborga olinishi shart. Gap badiiy asardek individual ijod
mahsuli haqida ketganda yuqoridagi holatlar inobatga olinishi lozim.
Ma’lumki, Sharq adabiyoti tarixining koʻp asrlik taraqqiyoti davomida
adabiy an’ana muhim oʻrin egallaydi. Shoirlar salaflari ijodiy merosiga murojaat
qilar ekanlar avvalo, oʻz estetik qarashlariga mos, koʻngillariga yaqin,
dunyoqarashlariga nisbatan uyg‘un kelgan asarlarni maqbul koʻrganlar. Yana bir
tomoni, oʻrta asrlar estetikasi me’yoriy xarakterda boʻlib, mavzular koʻlami hamda
janrlar tabiati avvaldan belgilangan qoidalar asosida voqe boʻlgan va bu holat
oʻsha davr kishilarining mental dunyoqarashi bilan izohlanadi. Biroq bu Sharq
adabiyoti namunalari orginallikdan xoli, adabiy an’analar doirasida qolib ketgan
degan mulohazaga sabab boʻlmasligi kerak. Chunki, har bir shoir koʻhna mavzuga
murojaat qilar ekan uni ma’lum darajada boʻlsa ham zamonasi bilan bog‘lashga
harakat qiladi. Bundan tashqari, shoir mavzuni estetik didi, adabiy muhitning
yetakchi tendensiyalaridan kelib chiqib yoritishga urunadi hamda muayyan bir
g‘oyani ilgari suradi.
Alisher Navoiy oʻzi va salaflari – Nizomiy, Dehlaviy, Hofiz, Iroqiy va
boshqalar yaratgan mustaqil badiiy tafakkur tarzini “mazoz tariqi" deb nomladi va
unda Haqasrori “majoz suvratinda" aks etishini ta’kidlagan. Bu borliqni oʻziga xos
idrok etish tarzi Naqshbandiyaning: “Dil ba yoru dast ba kor"qoidasiga muvofiq
boʻlib unda ibrat, ilm, irfon va amal bir nuqtada birlashar hamda yangi dunyoga
koʻz ochardi. Tavhid ta’limoti va e’tiqodini idrok etishning eng yuqori bosqichi
boʻlgan bu dunyoqarashtizimi “Xamsa" va “Lison ut-tayr” asarlarida, shoir
lirikasida badiiy in’ikosini topgan. Navoiy oʻz ijodi bilan oʻzbek adabiyotining
soʻnggi rivojini belgilabgina qolmay, Movarounnahr va Xurosonning butun
ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga juda katta ta’sir koʻrsatdi. Uning asarlari,
530
she’riyati qayta-qayta koʻchirilib xalq orasida keng tarqalib, shoirlar uchun
maktab vazifasini oʻtadi, madrasalarda keng oʻrganildi.
Navoiyning turkiycha “Xamsa”sining yaratilishi XV asrda Xuroson eli uchun
favqulotda shodumonlik va saodat sifatida qabul qilindi. Davrning ikki qutbi –
ma’naviyat piri Jomiy va buyuk sulton Husayn Boyqaroning hayrati va yuksak
e’tirofi ushbu haqiqatga dalildir. Alisher Navoiy G‘arbda chig‘atoy adabiyotining
buyuk vakili deb qaraladi, Sharqda “nizomi millati va din" (din va millatning
nizomi) unvoni bilan ulug‘lanadi[4. 28-bet ].
Istiqlol davrida ulug‘ shoirimiz shaxsiga, merosiga e’tirofning nechog‘li
baland ekaniga barchamiz guvohmiz. Ayniqsa, mustaqillik yillarida
navoiyshunoslikda erishilgan yutuqlar, bu sohaning istiqlol davrida yangi
bosqichga koʻtarilgani ulug‘ shoir ijodining har bir muxlisi uchun qadrli, albatta.
Ulug‘ bobokalonimiz shaxsi, ijodiga koʻrsatilayotgan tengsiz hurmat, e’tirof
hammamizning koʻnglimizni faxr-iftixor tuyg‘ulari bilan toʻldiradi. Shu bilan birga,
hozirgi paytda hazrat Alisher Navoiy ijodiyotini tadqiq, talqin va targ‘ib qilishda
olimlar, tadqiqotchilar oldida qanday muhim dolzarb turibdi degan masala ham
koʻpchilikni qiziqtirishi tabiiy. Ijodiyoti bamisli ummondek cheksiz bu muhtaram
zotning shaxsini, har bir asarini, ijtimoiy-siyosiy faoliyatini oʻrganish, hozircha
nazardan chetda qolib kelayotgan jihatlarga e’tibor qaratish navoiyshunoslar
oldida turgan g‘oyat muhim vazifalardandir. Bugungi davr, mustaqillik sharofati
bilan erishilgan ilmiy, ijodiy erkinlik navoiyshunoslik oldiga ham yangi talablarni,
vazifalarni qoʻymoqda. Ana shu vazifalardan kelib chiqsak, navoiyshunos kadrlar
tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Yosh tadqiqotchilar mumtoz adabiyot
asarlari qoʻlyozmalarini bemalol oʻqiy olishi kerak. Bu ishlarni jonlantirish uchun
hozir yaxshi harakatlar qilinyapti. Chunonchi, navoiyshunoslik va mumtoz
adabiyotimizning turli mavzulari boʻyicha oliy oʻquv yurtlarida maxsus kurslar
oʻqitilyapti, ularning amaliy, nazariy masalalari yuzasidan saboqlar berilyapti.
Alisher Navoiy – ulug‘ alloma. Uning dunyoqarashi asosini faqat soʻfiyona
g‘oyalar emas, balki dunyoviylik ham tashkil etadi. U – buyuk tarbiyachi,
murabbiy. Uning g‘oyalari inson va jamiyat tarbiyasiga qaratilgan. U donishmand
531
faylasuf hamdir. Soʻz navoiyshunoslik haqida ketadimi yoki mumtoz adabiyotning
boshqa jabhalari xususidami, bundan qat’i nazar, masalaning mohiyati matnni
anglash, matnni idrok etish, matn talqini va tahlili masalalariga borib
taqalaveradi. Navoiyshunoslik erishgan yutuqlarni e’tirof etgan holda, ta’kidlash
kerakki, bu borada hali yechimini kutayotgan ilmiy muammolar ham oz emas.
Jumladan, ulug‘ shoir ijodining choʻqqisi boʻlgan “Xamsa”ning yangicha talqinlari
yaratilishi zarur. Bizningcha, “Xamsa”ning kaliti bu – “Hayrat ul-abror”. Keyingi
toʻrt doston mohiyatini tadqiq etish uchun “Hayrat ul-abror” toʻlaqonli ilmiy
inkishof etilishi, boshqa dostonlar tadqiqida ham undan foydalanilishi zarur.
Faqat bugina emas. Ma’lumki, bizda kalom ilmi haddi a’losida rivojlangan. Bu
boradagi moturidiya maktabi qarashlari badiiy adabiyotda, jumladan, hazrat
Navoiy ijodida ham oʻziga xos tarzda aks etgan. Fiqh ilmi yuksak darajada taraqqiy
topgan. Fiqhiy masalalar badiiy talqin etilgan mumtoz asarlar ham talaygina.
Binobarin, Alisher Navoiy ijodida kalom va fiqh talqini masalasi bir qancha
tadqiqotlarga mavzu boʻla oladi.
Bugun biz Navoiy asarlarining yigirma jildlik nashriga egamiz. Bu nashrning
yutuqlariyu kamchiliklari haqida yetarli darajada yozildi. Ularga qoʻshilgan holda,
qayd etish joizki, ulug‘ mutafakkir asarlarining ellik, ehtimolki oltmish jildlik
nashrlariga ehtiyoj bor. Bu nashrlar mukammal ilmiy izohlar, sharhlar bilan
ta’minlangan boʻlishi zarur. Ularda Alisher Navoiy asarlarining bir-biridan farqli,
zarur boʻlsa, hatto bir-birini inkor etadigan turlicha talqinlari berilsin. Uning
zamonaviy oʻzbek tilidagi tabdili ilova qilinsin. Vaholanki, bunday tajriba bizda
boʻlgan. Akademik G‘afur G‘ulomning tabdili bilan nashr etilgan Navoiy asarlari
buning isboti. Bu nashrlar kamida uch xil – shaxs ismlari, geografik nomlar va
etnik atamalar koʻrsatkichlari bilan ta’minlanishi lozim. Ana shunda bir (ehtimol
bir necha) jildda, muayyan asar talqiniga oid barcha yutuqlar jamlanadi. Uni
mutolaa qilgan oʻquvchida bularni takrorlamagan yana oʻzgacha qarashlar ham
tug‘ilishi mumkin boʻladi. Bu esa, shubhasiz, navoiyshunoslikning rivojiga xizmat
qiladi. Navoiy ijodini oʻrganish, targ‘ib-tashviq etish, eng avvalo koʻngil va
muhabbat, iste’dod va mushohada malakasi. Hayotdan uzilgan, voqealikka
532
nihoyatda keng nigoh bilan qarolmagan kishi Navoiy asarlarining qadr-qimmatini
juda arzonlashtirib yuboradi. Navoiyni oʻqiganda, uning har bir kalimasi, obrazi,
har bir misrasida hammaga ham nasib boʻlmaydigan anglash hayajoni, nafosat
zavqi ifodalanganini, albatta hisobga olmoq lozim. Toki she’r tili – tafakkur tili,
goʻzal ma’naviyat tili ekanligi bilinsin. Ma’no, mantiq, mushohada madaniyatini
tinimsiz ravishda Navoiydan oʻrganish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |