Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

 

Annotation. This article discusses the school of Kayki epic poetry, which played an 

important role in the folk poetry of the Fergana Valley, the life of one of its poets Usmon 

Mamatkul oglu, the role of the poet “Botakoz” in his work, his art. 

Key words: Folk epic, what representatives of the Kayki school of epic, which Kayki 

version of the epic “Botakoz” by Usmon Mamatkul oglu. 

 

 

Xalq ogʻzaki ijodi xalqimizning azaliy orzu-umidlarini,ezguliklarini, urf-

odatlarini  oʻzida  mujassamlashtirgan  noyob  durdona  hisoblanadi.Asrlar 

silsilasida bizgacha sayqallanib, qadrlanib kelayotgan tafakkur marvaridlarida 

xalqimizning bunyodkorlik, yaratuvchanlik gʻoyalari bilan dunyo tamaddunida 

munosib oʻringa ega. 

Oʻrta  Osiyo  xalqlarining  qadimiy  oʻgʻzaki  asarlari  tarix  kitoblari,  Abu 

Rayhon  Beruniy,  Abu  Mansur  as-Saolibiy  asarlari,  “Avesto”,  “Behistun”  kabi 

yozma  yodgorliklar,  ilmiy  manbalar  orqali  yetib  kelgan.  Mahmud 

Qoshgʻariyning “Devoni lugʻat at-turk” asarida qadimgi xalq qoʻshiqlari, ertak, 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

494 


lirik  she’r  va  maqol  namunalari  keltirilgan.  Vaqtlar  oʻtishi  bilan  shoirlar 

e’tiborida boʻlgan “Toʻmaris”, “Shiroq” afsonalari, “Layli va Majnun”, “Tohir va 

Zuhra”, “Yusuf va Zulayho”, “Goʻroʻgʻli”, “Alpomish”, “Bulbul va gul”, “Husn va 

dil” kabi bir qancha dostonlar xalq kitoblari nomini olib xalqimiz ma’naviyati 

xazinasida  yashab  kelmoqda.  Bu  asarlarni  baxshi,  irchi,  jirchi,oqin,  halfa, 

sannovchi,  kampir,  oxun,  shoir,  yuzboshi,  qissaxon  deb  nom  olgan  xalq 

baxshilari  omma  orasida  sevib  kuylab  kelganlar.  Olimlarimiz  Oʻzbekistonda 

Qoʻrgʻon,  Bulungʻur,  Narpay,  Sherobod,  Nurota  dostonchilik  maktablarini 

aniqlagani holda Fargʻona dostonchilik maktablari haqida gap aytishi ma’lum 

vaqtga qadar mushkul boʻldi. Hatto vodiyda faqat qoʻshiq janri, maqol, matal, 

topishmoq, ertak, askiya, xalq qiziqchiligi taraqqiy etgan, degan bir yoqlama 

qarashlar ham ilgari surilgan. 

1930-yilda Xodi Zarifning vodiyga folklor ekspeditsiyasi natijasi oʻlaroq 

bu  qarashlar  asossiz  ekanligi  isbotlandi.  Xodi  Zarifdan  soʻng  olim  Malik 

Murodov  Fargʻona  xalq  dostonchiligi,  xalq  baxshilari,  dostonlar  kuylanishi, 

badiiyati, dostonchilar mahorati kabi qator masalalarni zukkolik bilan fanga 

birinchi  boʻlib  olib  kirdi.  Vodiy  dostonchilarini  aniqlash,  ulardan  dostonlar 

yozib  olish  va  targʻib  qilishda  folklorshunos  olimlarimiz  Tojiboy  Gʻoziboyev, 

Hoshimjon  Razzoqovlar  ulkan  ishlarni  amalga  oshirdilar.Tojiboy  Gʻoziboyev 

dostonshilardan 30 dan ortiq dostonlarni yozib oladi. Shu oʻrinda olimlardan 

Oʻrinboy  Holmatov,  Robiddin  Is’hoqov,  Odiljon  Nosirov,  Mahmudjon 

Ma’murov, tojikistonlik olim V. Nurjonov, qoʻqonlik olim B. Ibrohimovlarning 

xalq dostonchiligini oʻrganishdagi xizmatlari ham tahsinga loyiqdir. 

Oʻz  davrida  F.Abdullayev,  T.  Haydarovlar  namanganlik  Haydar 

sannovchi  Boychayevdan  “Alpomish”,  “Zamonbek”,  “Goʻroʻgʻlining  tugʻilishi”, 

“Avazxon” dostonlarini yozib oladi. 1950-1960-yillardan boshlab M.Murodov, 

A.Tursunov,  U.Sarimsoqov,  O.Holmirzayevlar  tomonidan  Husan  baxshi 

Rajabboy oʻgʻli, Razzoq Qozoqboy oʻgʻli, Alim shoir Niyoz oʻgʻli kabi 40dan ortiq 

dostonchilardan 100ga yaqin doston variantlari yozib olingan. Shu yillar ichida 

uchqoʻrgʻonlik [Namangan viloyati] Usmon Mamatqul oʻgʻlidan “Shoxdorxon”, 




 

495 


“Boʻtakoʻz”,  “Yulduz  bilan  Qunduz”  dostonlari  ham  yozib  olindi.  Shoir  Rafiq 

Moʻmin xalq qoʻshiqlari, ertak va dostonlarini yigʻish borasida uchqoʻrgʻonlik 

Yormat  baxshi  ogʻzidan  “Yozi  bilan  Zebo”  [“Zevak”]  dostonini  yozib  oladi. 

Doston keyinchalik ikki marta 1965-, 1978- yillarda nashr etilgan. 

Bu  materiallar  oʻz  navbatida  Fargʻona  dostonchilik  maktablari  yetarli 

darajada  rivojlanganini  aks  ettiradi.  Olib  borilgan  ilmiy  ekspeditsiyalar 

natijasida Namangan viloyati hududida Sayram, Peshqoʻrgʻon, Gʻovazon, Qayqi, 

Ariqboʻyi, Koʻlbuqon dostonchilik maktablari aniqlangan. 

Qayqi  dostonchilik  maktabi  haqida  birinchi  ma’lumot  fanga  Malik 

Murodov,  Tojiboy  Gʻoziboyev,  Otamirza  Holmirzayevlar  tomonidan 

kiritilgan.Olimlarning  aniqlashicha,  bu  dostonchilik  maktabi  XIX  asrning 

ikkinchi  yarmida  shakllangan.  Bu  maktabda  Husan  Rajab  oʻgʻli,  Usmon 

Mamatqul oʻgʻli, Yormat baxshi, Alimqul Niyoz oʻgʻli, Dehqonboy baxshi, Oxyoʻl 

[Oʻgʻil] baxshi, “Alpomish baxshi” [Xudoyberdi baxshi Ortiq oʻgʻli], Abdumoʻmin 

baxshi,  Ibrohim  baxshi,  Yusuf  baxshi,  Anor  baxshi  kabi  18  nafar  dostonchi 

oʻtgan.  Bu  dostonchilik  maktabini  1930-yillardan  boshlab  Xodi  Zaripov, 

Mansur  Afzalov,  Sobirjon  Ibrohimovlar  ilmiy  jihatdan  oʻrgana  boshlagan 

hamda koʻplab dostonlar, xalq termalarini yozib olganlar. 

Qayqi dostonchilik maktabining yirik vakili Usmon Mamatqul oʻgʻli ham 

Fargʻona  dostonchiligida  muhim  oʻrin  tutadi.  Bu  baxshi  oʻz  davrida  olimlar 

nazariga  tushib,  undan  “Shoxdorxon”,  “Boʻtakoʻz”,  “Yulduz  bilan  Qunduz” 

dostonlari  toʻligʻicha;  “Goʻroʻgʻli”,  “Avazxon”,  “Rayhon  arab”,  “Yunus  pari”, 

“Misqol  pari”,  “Nurali”,  “Hasanxon”  dostonlaridan  parchalar  yozib  olingan. 

Usmon baxshi 1875- yilda Andijon viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani [tuman hozirda 

Namangan  viloyati  hududida]dagi  Xoʻjaobod  [Hozirgi  Yashiq  qishlogʻining 

Atlas  mahallasi]  qishlogʻida  kambagʻal  dehqon  oilasida  tugʻilgan.  “Oldimizda 

baxshi  yashagan  tuman  va  qishloq  boʻylab  yurishga,  uni  tanigan,  u  bilan 

muloqotda  boʻlganlar  bilan  suhbatlashishga  toʻgʻri  keldi,  -  deb  yozadi 

folklorshunos Otashmirza Holmirzayev. – Ayniqsa, Husan Rajab oʻgʻli, Dehqon 

shoir Qoraboy oʻgʻli , Abdumoʻmin baxshi, Alpomish baxshi, Alim shoir Niyoz 




 

496 


oʻgʻli  va  bir  necha  dostonchilar  ijodini  oʻrganish  barobarida  Usmon  baxshi 

ijodiyotini ham toʻldirishga muvaffaq boʻldik”. 

Darhaqiqat  1975-yilda  Fargʻona  davlat  pedagogika  instituti  katta 

oʻqituvchisi  Iqbol  Nazarov  boshchiligidagi  talaba  toʻplovchilar,  1977-yilda 

Toshkent  davlat  universitetining  Muhammadnosir  Saidov  boshchiligidagi 

talabalarbilan  xalq  ogʻzaki  ijodi  va  dialekt  materiallarini  oʻrganish  davrida 

hamda filologiya fanlari doktori Malik Murodov bilan birgalikda Alisher Navoiy 

nomidagi adabiyot muzeyi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan izlanishlar davrida 

baxshi ijodiga oid ma’lumotlar jamlangan.Usmon baxshining otasi Mamatqul 

baxshi  asli  andijonlik  boʻlib,  Xudoyorxon  qipchoqlariga  mansub  oʻzbek 

urugʻlaridan  edi.  Baxshi  doston  aytishni  Rajab  baxshidan  oʻrganadi.[Rajab 

baxshi  Husan  baxshi  Rajab  oʻgʻlining  otasi  boʻlib,  82  yoshida  Makkaga  Haj 

ziyoratiga  ketib,qaytib  kelmagan].Rajab  baxshi  esa  doston  aytishni  bobosi 

Mulla  Rahmatdan  oʻrgangan  edi.  Mamatqul  baxshi  katta  gapxonalarda,  toʻy-

ma’rakalarda doston aytib yuradi. Xalq uning dostonlarini zoʻr qiziqish bilan 

tinglaydi, biroq birgina dostonchilik bilan tirikchilik oʻtkazib boʻlmas edi. Shu 

sabab  Mamatqul  baxshi  ish  izlab  Uchqoʻrgʻonga  keladi.  Dehqonchilik  bilan 

shugʻullanadi.  Shu  yerda  muqim  qolib  ketadi.  Bu  orada  Usmon  tugʻiladi. 

Mamatqul  baxshi  bu  yerda  ham  doston  aytishni  kanda  qilmaydi.  Choʻponlik 

bilan shugʻullanuvchi Koʻlbuqon dostonchilari bilan uchrashadi. Koʻlbuqonlik 

Choʻt baxshi bilan doston aytishadi. 

Ana shunday katta baxshilar qarovida kamolotga erishgan Usmon baxshi 

18 yoshidan dehqonchilikdan tashqari doston aytish bilan ham nom chiqaradi. 

Koʻlbuqonlik  dostonchi  Choʻt  baxshi  27  ta  doston  bilgan  boʻlsa,  Usmon 

Mamatqul  oʻgʻli  10  ta  dostonni  bilardi.  Uning  repertuari  ayniqsa,  1920-

yillardan keyin yanada sayqal topgan. Bu jamlanmadan xalq dostonlari bilan 

bir  qatorda  zamonaviy  xalq  termalari  ham  oʻrin  olgan.  1930-1940-yillar 

davomida toshkentlik olimlar Xodi Zaripov, Mansur Afzalov, Buyuk Karimov, 

Zubayda Husainovalar uning ijodi va repertuarini yozib olishga bel bogʻlganini 

koʻrgan baxshi yanada yaxshiroq kuylashga, dostonlarni yanada sayqallashga 




 

497 


e’tibor beradi. Biroq undan yuqorida tilga olganimiz “Shoxdorxon”, “Boʻtakoʻz”, 

“Yulduz  bilan  Qunduz”  dostonlarigina  toʻliq  yozib  olingan.  Mahalliy  kishilar 

tomonidan  yozib  olingan  namunalar  esa  u  yoki  bu  dostondan  aytilgan 

parchalar edi. Setor bilan qoʻshiq qilib aytilgan juda koʻp termalari esa yozib 

olinmagan.  Usmon  baxshi  Ikkinchi  jahon  urushi  boshlanganidan  qattiq 

iztirobga  tushadi,  ikki  oʻgʻlini  jang  maydoniga  kuzatadi.  1941-yil avgust oyi 

oxirida ogʻir xastalikdan vafot etadi.  

Folklorshunos olimlar Malik Murodov, Muhammadnosir Saidov Ergash 

shoir, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Islom shoir, Haydar Boycha oʻgʻli, Husan Rajab oʻgʻli, 

Usmon Mamatqul oʻgʻli, Alim shoir, Razzoq baxshi, Yorlaqab baxshi, Abduaziz 

baxshi  va  boshqa  yuzga  yaqin  dostonchi  hamda  ular  tomonidan  aytilgan 

dostonlar  tili,  aytilish  uslubi,  soʻz  boyligi,  badiiy  qimmati  ,  bu  dostonlarning 

umumoʻzbek dostonchiligida tutgan oʻrni haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtganlar. 

Hatto, Leningrad [hozirgi Sankt-Peterburg], Moskva sharqshunoslari, institut 

olimlari tomonidan  ham  ilmiy  izlanishlar  olib  borilgan.  Bu  borada 

folklorshunos  Tamara  Borovkovaning  xizmati  juda  katta  boʻlib,  u  Fargʻona 

vodiysi  xalq  repertuari,  doston  tili,  dialekt  matnlari,  etnografik  oʻzgarishlar 

haqida maqolalar e’lon qiladi. Yuqorida zikr etilgan olimlar tomonidan amalga 

oshirilgan  xalq  ogʻzaki  ijodi  materiallari  natijasida  Usmon  baxshi  Mamatqul 

oʻgʻli  repertuaridan  1940-yilda  yozib  olingan  “Boʻtakoʻz”  dostoni  va  bu 

dostonning  badiiy  qimmati,  tili,  qofiyalanishi,  timsollari,  nazm  va  nasrdagi 

sifatlari oʻziga yarasha mavqega ega ekanligini kuzatamiz.  

“Boʻtakoz” dostoning kompozitsion tuzilishi umumoʻzbek dostonlarida 

ma’lum  boʻlgan  nazm  va  nasriy  matnlardan  iborat.  Asar  mazmunida 

Goʻroʻgʻlining  oʻgʻillari  Avazxon,  Hasanxon  va  turkman  biylari  oʻrtasidagi 

mojaro, sevgi-muhabbat, mardlik va Vatanga boʻlgan sadoqat masalalari yotadi. 

Dostonning  bosh  qahramoni  Avazxon  turkman  biyi  Oqchishvoyning  qizi 

Boʻtakoʻzni olib qochadi. Bu turkman biylariga yoqmaydi va Avazni oʻldirishni 

talab qilib Goʻroʻgʻliga arzga kelishadi. Qanchalik ogʻir boʻlmasin Goʻroʻgʻli bu 

shartga koʻnadi. Bizningcha, qadrdon qoʻshnichilik, doʻst-u birodarlik hurmati 




 

498 


Goʻroʻgʻli turkman biylariga qarshi soʻz ayta olmaydi. Sevimli farzandi Avazning 

oʻlimiga roziday boʻladi. Ammo bu rozilik zamirida boshqa fikrlar ham tugʻyon 

uradi. 

Ishbilarmonlik, tadbirkorlik bilan ish yuritishi sabab Goʻroʻgʻli va Avaz 

gʻalaba qozonadi. Zero, Goʻroʻgʻlining farzandlari Hasan va Avazlarda odillik bor 

edi. 


Doston  konflikti  ham  Avaz  va  Hasanni  gunohsiz  koʻrsatadi.  Katta  toʻy 

ulogʻiga taklif etilgan Goʻroʻgʻli uloqqa oʻzi bormay Avaz, Hasan va soqchilarini 

yuboradi.  Goʻroʻlining  ishidan  ranjigan  Oqchishvoy  boshliq  turkman  biylari 

yigitlarni  uloqqa  qoʻymaydi.  Bundan  xabar  topgan  Hasanxon  uloqni  olib 

qochadi. Hasanxon ortidan borgan turkman yigitlari quruq qoʻl bilan qaytadi. 

Uloq maydonidagi bu holni koʻrgan Oqchishvoyning qizi Boʻtakoʻz jahllanib: 

Rustamcha bordir qaddi-qomating, 

Er yigitsan, xotincha yoʻq uyating. 

Biring qolmay, biring oʻlgin qirilib,  

Hasanxoncha boʻlmasa oriyating... 

deya erkak libosini kiyib, Hasanning ortidan quvib borib uloqni tortib oladi. 

Bundan  koʻrinadiki,  Boʻtakoʻz  -  mardlik  va  jasoratga  toʻla  qahramon  ayol.  U 

dushman bilan bellashuvda ham erkaklardan qolishmaydi. Biroq Avazxondagi 

husn-jamol qaynoq qalb Boʻtakoʻzni oʻziga rom etadi va u Avaz bilan qochishga 

jazm etadi. 

Dostonda  Avazxon,  Hasanxon,  Goʻroʻgʻli,  Soqi  kabi  ijobiy  timsollarga 

qarshi salbiy timsollar – Oqchishvoy va turkman biylari beriladi. Bu obrazlar 

kurashi ijobiy kuchlar gʻalabasi bilan yakun topadi. Usmon baxshi dostonining 

boshqa dostonchi maktablarining dostonlaridan farqi Soqi, Chaqqonlarni ham 

Hasan va Avaz singari talqin etilishidir. Bu holat Ergash Jumanbulbul, Poʻlkan 

shoir variantlarida kuzatilmaydi. Shuningdek, Fargʻona dostonchiligida boshqa 

dostonlardagi  kabi  mubolagʻa  san’ati  qanchalik  kuchli  boʻlmasin,  hayotga 

yaqinlik  kuzatiladi.  Darvoqe,  dostonning  nasriy  va  nazmiy  qismida  berilgan 



 

499 


jumlalarda musiqiylik yorqin namoyon boʻladi.Ayniqsa, she’riy misralar kezi 

kelganda xalq qoʻshiqlarini eslatadi. 

Qayqi  xalq  dostonchilarida  badiiylikni  koʻrsatuvchi  oʻxshatish  ham 

asosiy  oʻrin  tutadi.  Bu  doston  va  dostonchi  hamda  tinglovchi  oʻrtasidagi 

bogʻliqlikni oshiradi. Tinglovchida unga qiziqish uygʻotadi. Obrazlarning kuch, 

iroda va qudratini yanada oshiradi. Koʻpinch dostonlarda kuylab kelinadigan 

Razzoq baxshi, Usmon baxshi,  Alim shoir,  Mahmud Dugʻumbayev va boshqa 

dostonchilar  ijodi,  dostonlariga  nazar  tashlasak,  oʻxshatish  naqadar  kuchli 

boʻlganini  koʻramiz.  Bu  asarlarda  asosan  yor  goʻzalligini  oyga,  qoshlarini 

pilikka,  yuzlaridagi  xolini  ikki  yulduzga  mengzash;  yor  yulduzday,  qoyadagi 

kiyikday,  qarchigʻayday  uchadi,  burgut  misol  quchadi,  selday  oqib,  toshadi, 

ajdahoday boʻkiradi, qoʻtos kabi oʻkiradi, goʻzal qadam tashlaydi kabi misralar 

uyqashib keladi. Yoki, joʻjabirday jonim bor, muhrlangan joyim bor, toshday 

qotib doʻlday otib boradi misralaridagi oʻxshatishlar ham zoʻr mahorat bilan 

ishlatilgan. 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish