Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Keywords: Still, psychological analysis, spiritual world, symbolism, existentialism. 

 

 



Bugungi  kunda  adabiyot,  adabiy  olam,  adabiy  muhit  anchagina 

rivojlanmoqda.  Bunga  oʻz  hissasini  qoʻshayotgan  shoir,  yozuvchilarimiz 

talaygina. Ular orasida taniqli adib, Nazar Eshonqul ham bor. Bu ijodkorning 

mahorati qahramonlaridami yo, ularning tabiatidami yoxud adibning tasvir 

usullarida? Adibning  oʻzi: «Menga voqea emas, uning mohiyati qiziq»,- deb 

yozadi. Demak, hikoya, roman yo qissa boʻlsin undagi ma’no va uning ta’sir 

etish ehtimoli kuchli ekanligini anglaymiz. Bunday mahorat- katta iste’dod....  

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

335 


Fikrimiz dalili sifatida « Urush odamlari» qissasini tahlil qilsak. Qissa 

hikoya  bilan  roman  orasidagi  janr  boʻlganligi  bois,  goho  ulardagi  ba’zi 

xususiyatlarni  ijodiy  qabul  qiladi,  tasvir  va  ifodada  qisman  sintezlashadi, 

yangilanib boradi. Darhaqiqat, ayrim hikoyalarda qissaga xos epic bayon va 

estetik  mohiyatning  aks  etishi  badiiy  ijodda  favqulodda  hodisa  emas. 

Binobarin, qissada qahramon hayotining bir bosqichi qalamga olinib, uning 

markazida qahramon turishi bu asarda yorqin koʻrinadi. 

Ushbu qissada Nazar Eshonqul uslubiga xos muhim bir xususiyat aks 

etgan. Bu adib asarlarida an’anaviy realistik va noan’anaviy zamonaviy tasvir 

tamoyillarining oʻzaro uygʻunligidir, ya’ni muallif «Urush odamlari» qissasida 

realiz bilan «Tun panjaralari», «Qorakitob» asarlaridagi modernizmni badiiy 

diffuziyalash yoʻli bilan bir asarga jamlagan. 

Asardagi  Normatpolvon,  uning  xarakteri  dinamikasining  ilk  bosqichi 

roviyning  u  haqidagi  tavsifida  tipik  an’anaviylikka  yoʻgʻrilgan.  «Normat  – 

bosiq, har qanday vaziyatda oʻzini tuta oladigan, lekin fe'li kelsa otasini ham 

ayamaydigan  odam»  [2]-edi.  Bu  tasvirda  qahramon  saviyasining  zohiriy 

jihatlari, oddiy odamlarga xos tipologik xislatlari yoritiladi. «Bosiq», «oʻzini 

tuta bilishi» undagi ijobiylikni ta’kidlaydi.  Ammo  xarakte rrivojida ikkinchi 

bosqichdagi  xarakatlari  [Mirzaqul  va  Anzirat  voqeasi]  real  hayotdagi 

turmushda salbiylikka zamin yaratilishi mantiqan anglashiladi.  

Ma’lumki inson siyratining butligi vujud (jon qafasi), aql (insoniylik), 

ruh (abadiylik) yaxlitligida shakllanadi. Bularning bittasiga putur yetsa, inson 

oʻzligidagi tabiiy muvozanat buziladi. Anzirat- ana shuholatga giriftor shaxs. 

Aqlining dars ketishi bilan yuzaga kelgan boʻshliq uni arosat-absurt yoʻllarga 

boshlaydi. Toʻgʻri, urush, farzandlari uchun bu yoʻlga kirdi deymiz-u, ammo u 

xato qildi. Bu ishini oqlab boʻlmaydi. Muallif Anzirat obrazi orqali irodasi sust, 

e’tiqodi  beqaror  shaxsning  ma’nisizlik  maskani-  hayol  olami  girdobidagi 

ayanchli holati va qiyofasiz «qiyofa»ni chuqur psixologik rakursda realistik 

tasvir  orqali  koʻrsatishga  erishaolgan.  Bir  tomondan  Normatpolvon  qilgan 

ishini  qoralaysiz.  «Anzirat,  axir  uning  farzandi  uchun  oʻzini  nobud  qildi»,-




 

336 


dersiz. Bu ikki jihat shu oʻrinda parallel qoʻyiladi. Lekin, xulosa kitobxonning 

oʻzida- yu, men uchun Anzirat xatosi kechirilmaydi va oxirida Normatpolvon 

tomonidan uning oʻldirilishi, bosh obrazning mohiyatini ochib beraolgandek 

nazarimda. 

Asarda: «Endi bu tinchligimni hechnarsaga almashmayman, xotinimni 

hech  ham  oʻksitmayman,  odamlarningk  oʻnglini  olaman.  Mana  shu  togʻlar 

hurmati [2]«,-degan fikrlar bu Normatpolvondek urush odamining orzulari 

edi. Lekin uning orzulari unga hayotga tik va haqqoniy qarashga xalaqit berdi. 

Anziratning xiyonatini kechiraolmadi. Oʻrtadagi ishonch poymol boʻldi. 

 

Asarda Biydi momo obrazi. Yozuvchi mahorati aynan shu obraz orqali 



ochiladi. Bu ayol kuda mard, farzandlarini halol liqma bilan oʻstirib, nomusli 

va oriyatli qilib tarbiyalagan edi. Ammo «urush oyogʻing ostida koʻchib turgan 

tosh, koʻtarsang ham koʻtarmasang ham oʻlasan». Ikkita oʻgʻildan ajralgandan 

keyin  ham  hayot  oqimiga  qarshi  suzmadi,  ammo  uning  birgina  xatosi  bor. 

Normat polvonning farzandlarini oʻylamasdan unga oʻzining kichkina kelinini 

olib bermoqchi boʻldi. 

U  «Yetti  nomus-  bir  oʻlim»  maqolida  mahkam  turadigan  kampir  edi. 

Normatni  oilasida  yiroqlashtirdi.  Bu  xato  tufayli  ikki  juft  qorakoʻzning 

norasidaga  aylanishini  oʻylamadi  va  oxirida  ham  xiyonatni baribir 

kechirolmay Anziratni ham uni bu yoʻlga boshlagan Mirzaqulni ham oʻzi bilan 

olib ketdi. 

Farzand – Xolmat. 

«….Men katta boʻlsam miltiq sotib olaman.» 

«Miltiqni nima qilasan?...» 

«Otamni otaman!!!

2

» 



Onasi qiynalib kasallanib yotganida yonida boʻlgan bu bolaga otasining 

qilgan  ishi  psixologik  jihatdan  yomon  ta’sir  qilganligini  koʻramiz.  Ayniqsa, 

Anziratning  oʻlimidan  keying  nafrat  farzandni  otasiga  miltiq  oʻqtalishiga 

sababchi boʻlmoqda. 




 

337 


Yozuvchining  mahorati  oʻz  qahramonlarini  tabiatdagi  bor  unsurlar 

bilan  bezashida  koʻrinadi.  Bu  oʻrinda  peyzajning  goʻzal  namunasini 

koʻrishimiz mumkin. 

«Kampirlarning  soʻlib,  tirishib  qolgan  yuzlaridagi  shoʻx  va  quvnoq 

boquvchi  koʻzlari  xuddi  soʻligan  otquloq  bargga  tushgan  ikki  tomchi 

shudringdek yaltiraydi.» [2] Juda mahorat bilan tanlagan peyzaj uslubi. 

Yozuvchi Qoʻngʻirot elide bahor kelishi va unda lolaqizgʻaldoqlarning 

ochilishi,  suvlarning  oqishi,  maysalar,  oʻt-oʻlanlarni  beqiyos  darajada 

jonlantirib chiroyli peyzaj uslubini mahorat bilan koʻpoʻrinlarda qoʻllagan. 

Bu  asarda  «Urush»  va  «Urush  odamlari»ning  qandayligini  koʻrdik. 

Urush motivi asarni boshidan oxirigacha oʻzining imtihosidan ibtidosigacha 

odamlar hayotiga katta qismatlarni solganligini guvohi boʻldik.  

«Urush.. yer yuzidagi hamma ezgu narsani quritadi, sizlarni yer yuzidan 

supurib tashlaydi. Sizlar, hammalaring johil va adashgan urush odamlariga 

aylanib qolasizlar. Bilinglarki, odamzodning otasi bitta: onasi bitta-hamma bir 

- biriga jigar. Kimki  urushga qarshi boʻlsa: ular sizning jigarlaringiz. Ularni 

qoʻllanglar.» [2] 

Asarda  urush,  undagi  odamlarning  qanaqa  boʻlishi,  insonlarni  qay 

ahvolga solishi yuqoridagi fikrlarda namoyon. 

«Urushdan  barchamiz  omon  chiqqan  edik,  endi  qarasam  tinch 

zamonlarda  dinozavrdek  qirilib  ketibmiz.  Urush  urushmidi  biz  uchun yo 

Tinchlik urushmidi.» [3] 

Bu ikki asarda keltirilgan urush tasviriga e’tibor bersak, urush- haqiqiy 

jangg  ohlik,  katta  qiyinchilik.  Bu  fikrlarni  bugun  bilan  solishtirsak,  ba’zida 

tinchlik  urushmidi  deb  yuboramiz.  Nimaga  deysizmi?  Chunki  shukr 

qilmaymiz.  Biz  ham  xuddi  Urush  odamlariga  oʻxshab  qolganmiz.  Hattoki 

mehr-muhabbat,  hurmatni  ham  bir-birimizdan  qizgʻonamiz.  Shu  emasmi 

tinch zamondagi urush!  

«Odam  qimmatbaho  narsasini  yoʻqotsa  achinadi.  Tuhmatga  qolsa 

boshini  togʻ-u  toshga  uradi.  Qadri  yerga  urilsa  isyon  koʻtaradi.  Yaqin 




 

338 


kishilardan  ayrilsa  dod  soladi.  Lekin,  urush  boʻlsa-chi?  Hech  nimaga,  hech 

kimga «hatto oʻz qadringga ham achinmaysan» 

Bu asarda ham urushning ayanchli qismati aks ettirilgan. Endi oʻylab 

koʻraylik,  urush,  Urush  odamlari,  «qoraxat»  bularning  barchasi  haqiqiy 

hayotning haqiqati. Ha bularning barchasi sodir boʻlgan, roʻy bergan. 

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Nazar Eshonqulning «Urush odamlari» 

qissasi bugungi Oʻzbekiston deb atalmish, jannatmakon diyorga, bergan non-

u  tuziga,  tabiatiga,  yer-suvigas  hukronalik  keltirishimiz  uchun  yozilgan 

chaqiriq dostonidir. Bu qissadan haqiqatlarni anglash mumkin. Barchasi roʻyi 

rost keltirilgan. Bugun bizdan kutiladigan birdan bir maslak bu tinch zamonda 

yashab,  urush  odamlarga  aylanib  qolmaslik.  Shuning  uchun  barchamiz 

urushdan  uzoqda  boʻlsakda,  uning  tilsiz  tomoshabinlari  boʻlib  qolishdan 

oʻzimizni asraylik!!! 

 

 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish