Sinf: 1-sinf tovushlar va harflar mavzusini o‟rgatishda paronimlardan
foydalanish.
Mavzu: Tovush va harflar
Dars maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: tovushlar va so‗z ma‘nolarini farqlashi, to‗g‗ri talaffuzi,
belgilari, grafik jihatdan to‗g‗ri shakllantirish haqidagi bilimlarini eslatish orqali
mustahkamlash
Tarbiyaviy maqsad: O‗quvchilarni oila va uning a‘zolariga hurmat ruhida
tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‗quvchilarning so‗z boyligini yangi so‗zlar bilan
boyitish va nutqini o‗stirish
Dars turi:Yangi bilim beruvchi dars
Dars metodi: darslik bilan ishlash,o‗zgargan harfni top o‗yini, suhbat
Dars jihozi: mavzuga mos rangli rasmlar, tovushlar uchun katakcha, kesma harflar
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
O‗quvchilar bilan salomlashiladi, davomad aniqlanadi, Fasl haqida suhbat
o‗tkaziladi.
90
Qishda tabianda qanday o‗zgarishlar bo‗ladi?
Rasmda nimalar tasvirlangan?
2014 yilning nomlanishi haqida savol-javob o‗tkaziladi.
91
2. O‗tilgan mavzuni so‗rash.
O‗quvchilardan ―Ona tili‖ she‘ri so‗raladi. She‘r yuzasidan savol-javob
o‗tkaziladi.
3. yangi mavzu bayoni:
Tovushlar yuzasidan suhbat o‗tkaziladi.
Chizmani kuzating, bu so‗zda nechta tovush bor ? …
Bu so‗z oila a‘zolarini bildiruvchi so‗z. qaysi so‗z Qaysi so‗z ekanini topadi?
(Ona). Ona so‗zida nechta tovush bor ? Shu so‗zdagi ikkinchi tovushni boshqasi
bilan almashtiring. (Ota)
Ona va ota so‗zlarining ma‘nosini qaysi tovushlar farqlab berayapti ? (n va t
tovushlari)
Aka so‗zida nechta tovush bor ? (3 ta) Birinchi so‗zni o‗zgartirib yangi so‗z
hosil qiling. (uka)
So‗zlarning ma‘nosi nega o‗zgardi ? (Tovushlar o‗zgargani uchun). Demak
tovushlar so‗zning nimasini o‗zgartiradi? (Ma‘nosini)
Shu so‗zlarning tuzilishi chizmada tasvirlanadi. (…) To‗rtta so‗zning tasviri bir
xil. (Chunki bitta tovush uchun bitta katakcha olinadi). Lekin tovushlar har xil.
So‗zda nechta tovush bo‗ladi? (Bitta: u, ikkita: un, uchta: ota, va undan ko‗p)
Oila haqida savol-javob o‗tkaziladi.
O‗quvchilar javoblari umumlashtiriladi: So‗zlar tovushlardan tuziladi. So‗zda bitta
va undan ko‗p tovushlar bo‗ladi. Tovushlarni aytamiz va eshitamiz. Har bir tovush
bitta katakcha bilan belgilanadi.
O‗quvchilar fikrining xulosasi sifatida darslikdagi qoida o‗qitiladi. (Tovushlarni
aytamiz va eshitamiz. O‗zbek tilida 30 ta tovush bor.)
- Darslik bilan ishlash. 2-mashq sharti o‗qitiladi. O‗quvchilar rasmda tasvirlangan
narsa nomlarini yozadilar. Ulardagi harflar yuzasidan suhbat o‗tkaziladi.
Tovushlar yozuvda nima bilan ifodalanadi? Harflarni nima qilamiz? Yozgan
so‗zlaringizdagi harf va tovushlar sonini aniqlang.
92
-
―So‗z tuz va o‗qi! ‖ o‗yini: O‗quvchilarga o‗yin sharti tushuntiriladi:
O‗qituvchi so‗z aytadi va shaklini xat taxtaga chizadilar. O‗quvchilar tasvirga
qarab yangi so‗z hosil qiladilar.
-
O‗yinga xulosa yasaladi: So‗zda birorta tovush tushib qolsa yoki boshqa
tovushga o‘zgarsa ham so‗z ma‘nosi o‗zgaradi. Shuning uchun so‗zlarni
yozganda tovushni bildiruvchi birorta harfni tushirib qoldirmay yoki boshqasi
bilan almashtirmay yozish lozim.
-
3-mashq shartiga ko‗ra yozdiriladi.Anhor-anor, bahor-baho, hunar-unar, dona-
ona, don-kon, shox-shoh, o‘yna-o‘yla, tom-to‘m, yod-yot, paqir-baqir, ...
4. Yangi mavzuni mustahkamlash: savol javob o‗tkaziladi.
Tovushlarni nima qilamiz? (Tovushlarni aytamiz va eshitamiz.) O‗zbek tilida
nechta tovush bor? ( O‗zbek tilida 30 ta tovush bor.)
Rangli rasmlar ko‗rsatiladi va o‗quvchilar nomlarini aytadilar. Tovush va harflar
sonini aytishadi.
93
5. Uyga vazifa: 4-mashqning sharti tushuntiriladi.
6. O‗quvchilarni baholash: Darsda faol qatnashgan o‗quvchilar rag‗batlantiriladi.
5 b
4 b
3 b
94
Do'stlaringiz bilan baham: |