8. “Gapiruvchi soat” o‟yini.
O‘yin maqsadi: harflar orqali so‘z tuzishga, raqamlarni to‘g‘ri harflar bilan
almashtirishi orqali so‘zlar yasashga, ziyraklikka o‘rgatish, o‘quvchi nutq boyligini
oshirish, diqqatini, sezgirligini oshirishdan iborat.
O‘yin qoidasi: Soat minutlari orasiga harflar rangdor, yorqin rangda
yopishtirilgan. O‘qituvchi magnit doskada turli raqamlardan bir nechtasini
ko‘rsatadi. O‘quvchilar turli harflardan so‘z tuzishlari kerak. Qaysi o‘quvchi so‘zni
birinchi bo‘lib aytsa, ball yig‘ib boradi.
O‘yinning borishi:
O‘qituvchi ―gapiruvchi soat‖ ni qanday gapirtirish zarurligini tushuntiradi.
Magnit doskada tartibsiz raqamlar jonlanadi.
Raqamlarga mos harflarni mos so‘z bilan almashtirgan o‘quvchi magnit
doskada o‘z javobini ifodalaydi.
O‘yin shu tarzda davom ettiriladi. Ayniqsa, bu o‘yinni 1-sinfda ―Savod
o‘rgatish‖ davrida qo‘llash, o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini
kuchaytiradi, mustaqil fikr yuritishga undaydi.
Masalan, o‘yin shunday tashkil etilishi mumkin:
11
12
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
а
n
о
k
i
l
d
m
t
v
b
75
1) 12, 2, 11, 2, 3
v, a, t, a, n
Vatan
2) 2, 3, 4
a, n, o
ona
3) 2, 4, 11
a, o, t
ota
4) 6, 7, 8, 10, 6
i, l, b, m, i
bilim
5) 2, 5, 8, 10, 11, 2
a, k, b, m, t, a
maktab
2-bob Xulosasi.
Hozirgi vaqtda dars samaradorligini oshirishga juda katta e‘tibor
qaratilmoqda. Darsga o‘quvchilarni qiziqishlarini oshirish uchun ko‘rib
o‘tilganidek bir qator ta‘limiy o‘yinlar joriy qilingan. Bu o‘yinlar o‘quvchi
zerikishini, diqqtini susayishini, e‘tiborsizlikni oldini oladi. Hozirda darslarga
o‘quvchi erkinligini ta‘minlash bosh vazifa sanaladi.
Yuqorida biz ko‘rib o‘tgan o‘yinlar boshlang‘ich sinf ona tili darslari
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu o‘yinlar o‘quvchi dunyoqarashini boyitishda,
ularni darslarga qiziqishini orttirishda, ko‘nikma va malakalarni
barqarorlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
Ta‘lim sifatini oshirishda bir qator metod va usullar ishlab chiqilgan.
Mahoratli pedagog bu metodlardan qayerda, qachon va qaysi darslarda
qo‘llash o‘rnini juda yaxshi biladi. Shu bilan birga ta‘limga taqdim
etilayotgan turli xil didaktik o‘yinlarning ham o‘z o‘rni o‘z vazifasi bor.
76
Albatta har bir didaktik o‘yinning maqsadi o‘quvchi bilim sifatini oshirish,
dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan. Biz ko‘rib o‘tgan o‘yinlar o‘quvchi
so‘z boyligini oshiradi, og‘zaki nutqini rivojlantiradi, avval olgan bilimlarini
mustahkamlaydi, bilganlarini esga oladi, ziyrakligini oshiradi, tengdoshlari
oldida o‘z qobilyatini namoyon qilishga imkon beradi. Didaktik o‘yinlar
mavzuni o‘quvchilarga oson yetkazib berishimizda ham yordam beradi.
O‘quvchilar faolligini oshiradi.
Ta‘limga yangi texnologiyalarning kirib kelishi darsga bo‘lgan talabni
yanada oshirdi. Endi biz faqat mavzu bilan cheklanmay, atrofdagi
o‘zgarishlardan ularni xabardor qilishimiz, ta‘limni zamonaviylashtirishimiz,
qotib qolgan fikirlardan yiroqlashtirishimiz kerak. Buning uchun o‘qituvchi
zamonaviy bilimga ega, mahoratli pedagog bo‘lishi talab qilinadi. Didaktik
o‘yinlarni o‘z o‘rnida qo‘llay bilishimiz, bolalarni darsga jalb qilishimizda,
o‘ylagan maqsadimizga erishishimizda bizga yordam beradi.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |