Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi


Shaklan har xil, umumiy ma'nosi bir-biriga yaqin  bo`lgan qo`shimchalar sinonim qo`shimcha



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/54
Sana27.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#412786
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
Bog'liq
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti

 
Shaklan har xil, umumiy ma'nosi bir-biriga yaqin 
bo`lgan qo`shimchalar sinonim qo`shimcha
 
deyiladi: -yap, -yotir, -moqda 
qo`shimchalari hozirgi zamon davom fe'lini yasaydi. -li va -dor qo`shimchalari 
egalikni ifodalaydi: homilali, homilador. -giz, -dir qo`shimchalari fe'lning orttirma 
nisbatini yasaydi: oldir – olg`iz, kiydir – kiygiz kabi. 
Sinonim absolyut tenglikka ega emas. Ular ma'nosi, uslubiy bo`yog`i, qo`llanish 
doirasi bilan o`zaro farqlanib turadi. Bu farqlarga e'tibor qilish orqali mazmunni 
ochiq, nozik ottenkalarni hamda emotsiyalarni aniq berishga, umuman, uslubiy 
jihatdan savodli bo`lishga erishiladi. 


26 
Sinonim qo`shimchalar boshqa tillardan, shevalardan qo`shimchalar olish yo`li 
bilan hosil bo`ladi. 
Sinonim qo`shimchalar so`z yasovchilarda ham (unumli, unumdor), shakl 
yasovchilarda ham (oqish, oqimtir, aytingiz, aytinglar) uchraydi. 
Sinonim qo`shimchalarning o`ziga xos xususiyatlari Y.Tojiev tomonidan maxsus 
tadqiq etilgan. 
―Muhokamat ul lug‘atayn‖ – turk va fors tillari qiyoslab yozilgan ikki til 
muhokamasiga bag‘ishlangan asar. Bu bilan turkiy tilni ham boy til ekanligi va bu 
tilda badiiy asarlar yozish mumkinligi isbotlandi. Birgina kulmoq, yig‘lamoq, 
sevmoq so‘zlarining 100 dan ortiq sinonimlari keltirildi…Navoiyning hizmati 
shundaki : o‘zbek adabiy tilini yangi tub so‘zlar bilan boyitdi. So‘zlar va 
qo‘shimchalar asosida yangi so‘zlar yaratdi. O‘zigacha bo‘lgan so‘zlarni yangi 
ma‘nolar bilan boyitdi… 
So‘zlarning leksik me‘yorini belgilashda va ulardagi ma‘no nozikliklarini 
farqlashda hamda umumiy jihatlarini payqashda sinonim, omonim va antonim 
lug‘atlarning xizmati katta bo‘ladi. O‘zbek leksikografiyasida yuqorida sanab 
o‘tilgan bu kabi lug‘atlarning izohli ko‘rinishlari mavjudligi quvonarli voqeadir. 
A.Hojiev «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» (Toshkent, 1974) ining 223-
betidan misol keltiramiz:
Chiroyli, go’zal, husndor, husnli, xushro’y, ko’hlik, 
ko’rkam, barno, suluv, zebo, latofatli, sohibjamol.
Ular garchi ma‘nolarining 
yaqinligi bilan bir sinonimik qatorda joylashsa-da, me‘yoriy o‘lchovlariga ko‘ra 
teng emas. Lug‘at xuddi ana shu jihatlar hisobga olinganligi bilan qimmatlidir. 
Fikrimizning isboti uchun sinonimik qatordagi so‘zlarga berilgan izohlarni to‘liq 
keltiramiz: «Husni odatdagidan ortiq, xunuknig aksi. 
Chiroyli 
stilistik jihatdan 
neytral. Bu so‘z odamga, boshqa jonli narsalarga nisbatan ham qo‘llanilaveradi. 
Go’zal
odamga va jonsiz narsalarga nisbatan qo‘llanadi. Bu so‘zda belgi darajasi 
kuchli. 
Husndor, husnli 
so‘zlari nisbatan kam qo‘llanadi. 
Xushro’y, ko’hlik 
faqat 
odamga nisbatan qo‘llanadi va «yoqimlilik» ottenkasi bor. 
Barno, suluv, zebo 
so‘zlari ham odamga nisbatan qo‘llanadi. 
Suluv
– kam qo‘llanadi. 
Zebo
kitobiy. 
Ko’rkam
asosan jonsiz narsalarga, kam darajada odamga nisbatan qo‘llanadi». 


27 
Boshlang‘ich sinflarda sinonim (ma‘nodosh so‘zlar)ni o‘qitish juda muhim. 
Chunki o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishga xizmat qiladi.
2-sinf ona tili darsligiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu mavzuga oid
mashqlar juda kam uchraydi. 
Masalan: 231-mashq. 
Kamtar bo‘lsang, obro‘ ortar, 
Manman bo‘lsang, ensa qotar. 
Ko‘kka boqma, ko‘pga boq. 
Mashq shartida : ularni ko‘chiring, mazmunini izohlang,
ortar, boq
so‘zlariga
yaqin ma‘noli so‘zlar tanlang. 
Ortar
so‘ziga yaqin ma‘noli so‘zlar – 
ko’payar, oshar
so‘zlari bo‘lsa 
Boq 
so‘ziga yaqin ma‘noli so‘z – 
qara, e’tibor
ber so‘zlarini yozishimiz
mumkin. 
3-snif ona tili darsligida bu mavzuga ko‘p e‘tibor qaratilgan. 
Masalan: 3-snif darsligidagi 291-mashqqa e‘tibor qaratadigan bo‘lsak sinonim
67
so‘zlarni yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
291-mashq. O‘qing. Berilgan fe‘llarga yaqin ma‘noli fe‘llar tanlang va ularni
birgalikda yozing. 
Sevinmoq, sog‘aymoq, tugatmoq, asramoq, yugurmoq, yig‘moq. 
Namuna: sevinmoq – quvonmoq
Foydalanish uchun so‘zlar:
tuzalmoq, quvonmoq, bitirmoq, cho’moq,
saqlamoq, to’’lamoq.
Mashq quyidagicha bajariladi: sog‘aymoq – tuzalmoq, tugatmoq – bitirmoq, 
asramoq – saqlamoq, yugurmoq – chopmoq, yig‘moq – to‘‘lamoq. 
Bundan ko‘rinib turibdiki sinonimlik fe‘l so‘z turkumi doirasida kuzatilyapti. 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish