Tilavova Nazokat Eshquvvatovna
1976 yilda Qamashi tumanida tug`ilgan,
Ma`lumoti oliy, 1- toifali o`qituvchi
Tavsifnoma
Mukofotlanmagan.
Mehnat staji 22 yil. Mazkur vazifada 1997-yildan buyon ishlamoqda.
N.Tilavova 1997-yilda Qarshi Davlat Universitetini tamomlab, Qamashi tumanidagi 28-maktabda o`z ish faoliyatini boshlagan. 2014-yildan Chirchiq shahar 18-umumta`lim maktabida ishlab kelmoqda.
Ish faoliyati davomida ochiq darslar, tadbirlar o`tkazdi. Yangi pedagogik texnologiyalardan “Kichik guruhlarda ishlash”, “Venn diagrammasi”, “Charxpalak”, ”Zinama-zina”, “Rolli o`yin”, interfaol metodlarlardan “Klaster”, “T-chizma”, “Sinkveyin”, “Tushunchalar tahlili” kabi va “Ortiqchasini top”, “Jim o`yini”, “ Kim chaqqon”, “Darchani to`ldir”, “ Zukkolar”, “Uzum pishdi, boqqa kir” didaktik o`yinlardan foydalanib o`tkazgan ochiq darslari o`quvchilarni bilim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. O`qish fanidan “Mohir qo`llar qo`shig`i”, matematikadan “Mustahkamlash” mavzusida o`tkazgan noan`anaviy ochiq darslari yosh pedagog xodimlarga namuna bo’ldi.
2019-yilda Chirchiq shahar 2- maktabida A.Avloniy nomli malaka oshirish instituti o’qituvchilari tomonidan o`tkazilgan ,,Maktablarda PIRLS va TIMS ga tayyorgarlik” mavzusidagi yig`ilishida “ Darslarda “Olti qalpoqcha” metodidan foydalanish” mavzusida taqdimot o`tkazdi.
2018-yilda o`tkazilgan sho`ba yig`ilishida “Ta`lim samaradorligini oshirishda didaktik o`yinlarning ahamiyati” mavzusida taqdimot qilgan.
Shahar va viloyat miqyosida o`tkazilgan seminarlarda muntazam faol ishtirok etib keladi. Fan yo’nalishlari bo’yicha Respublika miqyosida “Umumta’lim fanlarini o’qitishda innovatsion metodikalar” mavzusidagi masofaviy ilmiy-amaliy konferensiyasida “Boshlang’ich sinflarda didaktik o’yinlardan foydalanish” nomli ilmiy maqolasi, O`zbekistonda ilmiy- amaliy tadqiqotlar mavzusidagi Respublika 17-ko`p tarmoqli ilmiy konferensiyasida “Boshlang`ch sinflarda tayanch kompetensiyalarning ahamiyati ” mavzusidagi maqolalari bilan faol qatnashgan.
Chirchiq shahar Xalq Ta’limi Bo’limi mudirining 111- sonli buyrug’i asosida 2020-2021 o’quv yili 12- 16 may kunlari shahardagi umummilliy maktablari o’qituvchilari o’rtasida o’tkazilgan “Eng yaxshi videodars” tanlovida o’qish va tabiatshunoslik fanlaridan yaratgan videodarslari bilan faol ishtirok etdi..
O`quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar ta`sirchanligini oshirish, bolalarni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Chiroyli yozuv” to`garagini yo`lga qo`ygan.
Respublika miqyosida o`tkazilayotgan turli olimpiadalarda o`z o`quvchilari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.
Maktab direktori: U. T. Imamaliyev
Do'stlaringiz bilan baham: |