Til va terminologiya.
2. Texnika terminlarining taraqqiyot bosqichlari.
3. Texnik terminlarning morfologik, sintaktik va semantik usul bilan yasalishi.
1-reja ►
Ilm-fan, texnika, qishloq xo jaligi va san'atga oid tushunchalarning aniq nomini bildiruvchi bir ma'noli so'z va birikmalar terminlar deyiladi.
Til va terminologiya.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan, leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.
Terminlar yig'indisi va shu terminlarni o'rganuvchisoha terminologiya deyiladi. Termin grekcha terminos so 'zidan olingan bo 'lib, chek, chegara ma'nolarini bildiradi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi. Axborot texnologiyalari sohasi yanada rivojlanib ketdi.
So 'zlar fan va texnikaning ma'lum tarmog'ida qo 'llanilib, iste'mol doirasi chegaralangan ma'noda ishlatilsa terminlarga aylanadi.
Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma- xil aloqalarga keng yo‘l ochildi.
Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Bu yangi terminlar sirasida texnologik terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda.
Shu boisdan, fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida texnikaviy terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Termin aniq, konkret tushunchalarni bildirib, his-hayajon ma'nolaridan xoli bo 'ladi. So 'zning ma'nosi murakkab bo'lib, unda tushuncha qo 'shimcha ma'no va uslubiy belgilarga ega bo ‘ladi.
Amaliy, ayniqsa, nazariy masalalarni hal etish uchun texnikaviy terminlar tizimini, ularning yasalish qonunlarini, shakllanish manbalarini, umumtilda qo‘llanish doirasini, mazkur tizimda ro‘y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi qator masalalarni o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi.
Fanning yana bir maqsadi hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanib kelinayotgan texnikaviy terminlarni to‘plash va sistemalashtirishdan ham iboratdir. Hozirgi bosqichda, ya’ni yuqori saviyadagi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmet va tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Bu hol til lug‘at tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi.
“Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”.
Yuqorida terminshunoslarning terminning asosiy vazifasi va xususiyati haqidagi, ya’ni terminlarning nominativligi yoki definitivligi haqidagi fikrini keltirdik. Terminologik birikmalarning ko‘p leksemaliligi, ya’ni ular komponentlarining soni nechtagacha bo‘lishi keyingi yillarda terminshunoslarning diqqat-e’tiborini jalb etib kelmoqda. Haqiqatdan ham keyingi yillarda miqdoran ortib borayotgan ko‘p komponentli birikma terminlar tushuncha mazmunini to‘laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ularni amalda qo‘llash va esda saqlab qolish ancha noqulaydir. Aslini olganda, bunday terminlar ikki, nari borsa uch, to‘rt komponentdan iborat bo‘lishi lozimki, natijada, birikma terminlarning komponentlari, tegishli belgilarni to‘laroq aks ettirish maqsadida, aniqlovchilar, sifatdoshli o‘ramlar qo‘shish orqali hosil qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |