1.Til tabiiy-biologik hodisa emas. 2.Tilning mavjud bo’lishi va uning taraqqiyoti tabiat qonunlariga bog’liq emas. 3.Til kishilarning tabiatiga, irqiga, nasliga aloqador emas. 4.Jamiyat bo’lib uyushgan kishilargina aloqa-munosabat vositasi bo’lgan tilga ega. Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi butun tarixiy jarayonida ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat va jamiyatning a’zolari tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy hodisadir. Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning mahsuli bo’lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi bir qancha davrlarning mahsuli bo’lib, jamiyatdagi turli tabaqa vakillari uchun bab-baravar xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |