Mustahkamlash darsi.
Nazorati ishi va tahlili.
IV BO‘LIM. SOG‘ TANDA – SOG‘LOM AQL
(14 soat)
Bakteriya va mikroblar
(eng kichik jonli qoʻshnilarimiz haqida)
Mavzu bilan bog‘liq matn bilan tanishish, undagi ayrim so‘zlar talaffuziga e’tiborni qaratish, so‘zlar tarkibidagi A – O va O – Oʻ unlisi ishtirok etgan so‘zlar talaffuzi va imlosi. Ushbu harflar qatnashgan soʻzlarni boʻgʻinlarga koʻchirish mashqlari. Matn tarkibida kelgan atamalar izohi bilan tanishish, lug‘at va undan foydalanish qoidalariga rioya qilish.
Mavzu yuzasidan suhbat uyushtirish, unda og‘zaki nutq tuzish qoidalari bilan tanishish, suhbat davomida muloqotga kirisha olish va muloqot odobiga rioya qilish, mavzu yuzasidan fikrlarini tartibli va mazmunli qilib ifodalashga o‘rgatish mashqlari. Fikrni dalillash uchun gaplarni oʻzaro bogʻlashga oid til birliklari (chunki, shuning uchun).
Mavzu bilan bog‘liq berilgan kichik matn tarkibidan gapning chegarasini aniqlash va kerakli tinish belgilarini qo‘yish bilan bog‘liq mashqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |