Maktab gazetasi muharriri
Matbuotga oid til birliklari, ularning talaffuzi va imlosi. Sohaga oid atamalarning ma’nolarini aniqlash, ulardan og‘zaki va yozma nutqda foydalanish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Ritorik soʻroq gap. Soʻroq, buyruq va istak gaplarning uslubiy xususiyatlarini bilish, oʻrganilgan qoidalar asosida nutqda qoʻllay olish.
Soʻz-gap, uning qoʻllanilish sabablari. Og‘zaki va yozma fikr ifodalashda soʻz-gaplardan foydalanish mashqlari.
”Matn haqida matn” mavzusidagi ilmiy matnni oʻqish, undagi axborotni anglash, ogʻzaki va yozma nutqda olingan ma’lumotlardan oʻrinli foydalanish. ”Kim ta’sirchan hikoya qiladi?” taqdimoti asosida muayyan mavzuda hikoya qilish mashqi.
Berilgan mavzuda muayyan yoshdagi gazetxonlarga moʻljallangan gazeta loyihasini tayyorlash. Uning mundarijasi, unga ma’lumotlar tanlash, uning koʻrinishi va shakli bilan bog‘liq fikrlari ifodalangan taqdimot tayyorlash hamda oʻz fikrlarini ifodalash topshiriqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |