Mustahkamlash darsi
Nazorat ishi va tahlili
VI BO‘LIM. FAN VA TEXNOLOGIYALAR
(9 soat)
Elektron pochta (internet va elektron pochta haqida foydali maʼlumotlar)
Internet bilan bog‘liq atamalar, ularning talaffuzi va imlosi. Matn tarkibidan berilgan atamalarni aniqlash, ularning ma’nolari bilan tanishish, atamalar yordamida lug‘at hosil qilish.
Lug‘at turlari, ularning ahamiyati. Lug‘atlardan to‘g‘ri foydalanish uchun alifboni bilishning ahamiyati haqida. Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning rus/ingliz/fransuz/nemis tiliga tarjima lug‘atini tuzish.
Berilgan matn tarkibidagi kelishik va egalik qo‘shimchalarining gaplar mazmuniga ta’sirini kuzatish, imloviy hamda uslubiy ahamiyatini tahlil qilish mashqlari. Jonli nutq va audiomaterialning umumiy mavzusi yuzasidan tilga olingan tafsilotlarni belgilay olish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Fikr va hissiyotlarni ifodalashning qo‘shimcha vositalaridan foydalanish (“smaylik”lar, turli rasmlar, “gif”lar) qoidalari, ularning ma’nolari.
Do'stlaringiz bilan baham: |