IV. O‘ZBEK TILINI O‘QITISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR
O‘zbek tili o‘qitishning uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan tizimli an'analari (metodik yondashuvlar, o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ta'lim amaliyoti) mamlakatdagi umumta'lim tizimining ulkan ilmiy-metodik zahira boyligi sanaladi. Shuning bilan birga mazkur yo‘nalishda endilikda hal qilinishi lozim bo‘lgan motivatsion, mazmun-mundarijaga aloqador, metodik hamda kadrlar bilan bog‘liq yechimini kutayotgan bir qator muammolar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |