Til va jamiyatning uzluksiz ta’sirini tildagi argo, jargon, tabu va evfemizmlar yoki semantik o‘zgarishlar misolida kuzatish mumkin.
Tilimizda muayyan bir guruh kishilarni ishlatuvchi- “ko‘kidan”, “soqqa”, “mullajiring”, “malak” , “shef”, “oqidan”, “kabutar” kabi so‘z va tushunchalar tilga, jamiyatga oid hodisalardir. Shuningdek, tabu va evfemizmlarning paydo bo‘lishi ham, ijtimoiy tafakkur, aniqrog‘i irim va e’tiqodlar bilan bog‘liq. Masalan, ilon - “arg‘amchi”, pes – “oqarmoq” kabi qo‘llashlar bu yomon hodisalarning oldini olish, irim bilan bog‘liq bo‘lsa, tug‘moq- “yengil bo‘lmoq”, “ko‘zi yorimoq”, “o‘g‘il yo qiz ko‘rmoq”; erga bermoq - “turmushga chiqramoq” (uzatmoq), “baxti ochilmoq” singari qo‘llashlar etika ( madaniyat)ga daxldordir.
Differensiya va integratsiya jarayonlari til taraqqiyotining o‘ziga xos ijtimoiy qonuniyatlari hisoblanadi:
Differensiya – tillarning bo‘linishi, farqlanishi bo‘lib, til doirasidagi sheva va lahjalarning yoyilishi, tarqalishidir. Differensiya natijasida tillar qardosh tillarga yoki dialektlarga bo‘linib ketadi.
|
Integratsiya esa, aksincha, sheva va dialektlarning qisqarib, adabiy tilga yaqinlashuvi,uyg‘unlushvi hodisasidir.
|
Demak, bular bir-biriga zid tushunchalar bo‘lib, differensiya tillar va dialektlar sonini ko‘paytirsa, integratsiya ularni qisqartiradi.
Har ikkala holat ham tilning tarixiy va davriy omillariga tegishli bo‘lib, lisoniy traqqiyotning o‘ziga xos ijtimoiy tarixini ifodalaydi. Bu hodisalar ilm- fanda ijtimoiy mehnat nazariyasi asosida rivojlantirilgandir. Chunonchi, kishilarning dastlabki ibtidoiy to‘dalari bora-bora urug‘ga, so‘ngra qabilaga aylangan. Bu qabilaning o‘z tili (dialekti) bo‘lgan. Qabila ma’lum bir ijtimoiy-siyosiy., hududiy sabablarga ko‘ra bo‘linib ketgach, qarindosh - urug‘lar paydo bo‘ladi. Endi bu qarindosh - urug‘lar bir til doirasida, lekin turli sheva va dialektlarda so‘zlashuvchi xalqqa aylanadi.
“Yangi – yangi dialekt va tillarning paydo bo‘lishida ikki faktor hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi: vaqt va masofa. Vaqt o‘tgan sayin masofaning kengaya borishi yangi dialekt va tillar paydo bo‘lishiga olib keladi”
|
Integratsiya jarayonini shunday tasavvur qilish mumkin: bir til doirasida mavjud bo‘lgan ta’siri tufayli yo‘qolib boradi; masalan, televizor va radio, ommaviy matbuot va axborot sur’atining jadallashishi, adabiy til mavqeining oshishi, barcha uslublarda, adabiy tildan foydalanish integratsiya jarayonini yanada oshiradi, uning ta’sir doirasini kengaytiradi. Chunki, har bir millat adabiy tilning mustahkamlanishi, boyishi uchun qayg‘uradi va shu borada sa’y – harakat olib boradi. Xuddi shuningdek, o‘zbek adabiy tilining yuksalishi va mustahkamlanishi uchun astoydil intilishimiz zarur.
Til hamisha rivojlanishdagi hodisa sifatida boshqa tillarga o‘zaro ta’sir qiladi yoki tashqi ta’sirga uchraydi. Ilm-fan va texnika taraqqiyoti, savdo-sotiq, madaniy va maishiy aloqalar, hattoki, urush va bosqinlar ham tilga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tillar tarixiga nazar tashalydigan bo‘lsak, tashqi ta’sir natijalarini ko‘ra olamiz. Masalan, hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi aksariyat so‘zlar arabcha va ruscha-internatsionaldir. Arablar bosqini va arab tili ta’siri, hukmronligi oqibatida tilimizga ko‘plab arabcha so‘zlar kirib keldi: kitob, madrasa, ma’lum, mashhur, maktab, domla, maktub, iymon. Arabcha leksika tilning kattagina qismini egallab olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |