TIL - TAFAKKUR BOYLIGI
Til – millatning belgilaridan biri. Dunyoda xalqlar ko‘p, lekin har bir xalq, avvalo, o‘z tili, milliy urf-odat va an’analari, o‘ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o'zligini namoyon qilishda tilning o‘mi va ahamiyati beqiyosdir.
O‘zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga, umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Bunda Ona tilimizning xizmati katta. Chunki bu til bo‘lmasa, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lugatit-turk” kitobi, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlari”, Alisher Navoiyning “Xamsa”si, Bobur Mirzoning “Bobumoma”si, Cho‘lpon va Abdulla Oripovning o‘tli she’riyati yaratilmagan bo‘lar edi. Shuning uchun ona tilimiz millatimiz ruhining timsoliga aylanib ketgan.
Ona tili-ko’hna tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash his-tuyg‘ular evolyutsiyasini, tadrijiy taraqqiyotini ko‘rsatuvchi, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazuvchi ko'zgudir.
Til xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri bisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o‘zligini namoyon etishga intilishda tilning qadrini tiklash, nufuzini orttirish muhim o‘rin tutadi. Alisher Navoiyning temuriylar davrida o‘zbek tilining obro‘yi uchun kurashgani bejiz emas. XX asr boshida ma’rifatparvar bobolarimiz xalqni ilmga chorlash uchun tilni, alifboni isloh etishga harakat qilishgani ham ulkan ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘tgan asrning so'ngida esa xalqimiz Prezident Islom Karimov boshchiligida mustaqillik uchun kurash olib borar ekan, avvalo, tilimizga davlat tili maqomini berish yo‘lida sa’y-harakatlar qildi va 1989-yilda, hali sobiq mustabid tuzumi hukumronligi tugamagan bir paytda bu ishni amalga oshirdi.
MAHALLA-TARBIYA MASKANI
Biz uchun oilamiz ko‘z ochib ko‘rgan dargoh bo‘lsa, mahallamiz muqaddas Vatanimiz ichidagi mo‘jaz vatandir. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag‘rida kamol topgani kabi oila ham mahalla ko‘z oldida barpo bo‘ladi, uning ichida ravnaq topadi. Mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, ishonchli tayanchidir.
Xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo‘lish mahalladoshlaming qadimdan kelayotgan o'lmas xususiyati. Zero, o‘zbek mahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do‘st-birodar bo‘lib ketadi. Odamlar o‘zaro quvonch va g‘amlarga sherik, farzand tarbiyasida mas’ul, yutuqlar ham kamchliklar ham mahalla ahliga baravar bo'lib tushadi. Zero, xalqimiz “Otang-mahalla, onang-mahalla” degan naqlni bilib aytgan.
Darhaqiqat, mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan, yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatuvchi, xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ijtimoiy institutdir. Mahalla milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarimizni avloddan avlodga sog‘-omon yetkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelyapti.
HUNARLI KISHI XOR BO‘LMAS
Bir podshohning yolg‘iz arzanda o‘g‘li bor ekan. Vaziri podshohga o‘g‘li yaxshi inson bo‘lishi uchun unga hunar o‘rgatish lozimligini aytibdi.
Podshoh mamlakatdagi eng yaxshi hunarmandlami saroyga taklif etibdi. Ular yosh shahzodaga gilam to'qishni, kulolchilikni, novvoylikni, oshpazlikni va boshqa ko‘p hunarlami o'rgatishibdi. U hunarli bo‘lib voyaga yetibdi. Shahzoda ov qilishga ham qiziqar ekan.
Bir kuni u ov qilib yurib, kiyik ketidan quvibdi va o‘rmonda adashib qolibdi. O‘rmon yaqinida qaroqchilar yashar ekan. Ular shahzodani tutib olib, o‘z maskanlariga qamab qo‘yishibdi.
Podshoh, o‘g‘li ovdan qaytmagach, rosa tashvishlanibdi va vaziridan so‘rabdi. Vazir esa: “Olampanoh, biroz vaqt o‘tsin, so‘ng bozorga odamlarni yuboring, o‘g‘lingiz haqida biror xabar bo‘lib qolar”, - debdi.
Podshoh navkarlari bozorni aylanib yurishsa, katta gilam sotilayotgan ekan. Ular podshohga bu haqda darrov xabar berishibdi. Gilam juda qimmatbaho va go‘zal ekan. Podshoh ularga gilamni sotib olib kelishni aytibdi. Gilamga diqqat bilan qarashsa, uni shahzoda to‘qigan ekan. Unda shahzodani qanday topish mumkinligi yozilgan ekan. Navkarlar shahzodani tezda topib keltirishibdi. Podshoh vaziriga rahmat aytibdi. Chunki o‘g‘li xavf-xatardan hunari bor bo‘lgani uchun qutulgan edi.
Shunga aytadilar-da: “Yigit kishiga yetmish hunar oz”, - deb.
Do'stlaringiz bilan baham: |