Til millat ruhi



Download 28,9 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi28,9 Kb.
#92777
Bog'liq
Ahmedova Feruza


TIL – MILLAT RUHI

Ahmedova Feruza

Farg'ona viloyati Bag'dod tumani

26- umumiy o'rta ta'lim maktabining

"Ona til va adabiyot" fani o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada o’zbek tilining xalqimiz hayotida nechog’lik ahamiyat kasb etishi, unga berilayotgan e’tibor, va milliyligimizning ajralmas bo’lagi ekanligi haqida fikr boradi.

Kalit so’zlar: Oltoy tillari, Davlat tili haqidagi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

Til – milliy davlatchiligiga ega bo‘lgan har bir xalq suverinitetining muhim belgisi, millat ma’naviyatining ajralmas tarkibiy qismidir. Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 4-moddasida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.

Har bir millatning dunyoda borligini bildiradigan muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu jumladan, o’zbek tili ham o’zining uzoq o’tmishi va an’analariga ega. Oʻzbek tili (O‘zbekcha yoki O‘zbek Turkchasi) — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir. Ushbu til Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi.

Davlat tili haqidagi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil 21-dekabrda takomillashtirildi.

O‘zbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:

Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha boʻlgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi namunalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VI—VII asrlar) shu tilda yaratilgan.

XI—XIV asrlarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu-lug‘atit-turk“ („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabgʻuziyning „Qissai Rabgʻuziy“ asarlari shu tilda yaratilgan.

XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo‘llangan til eski o‘zbek adabiy tili deb nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi o‘zbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi o‘zbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.

O‘zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski o‘zbek adabiy tili shakllanib bo‘ldi. Eski o‘zbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bog‘liqdir. U eski o‘zbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi „Muhokamat-ul-lug‘atayn“ nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda o‘zbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi.

Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi. Dunyodagi barcha xalqlar o‘zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog‘liq. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo‘qolib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalqlarning yo‘qolishini anglatadi. YuNeSKO vakillarining so‘zlariga qaraganda, qachonlardir odamlar so‘zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bo‘lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo‘lib, ularning 90 foizi yo‘qolib ketish arafasida  turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda so‘zlovchi aholining  ayrimlari yozuvga ega bo‘lsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida so‘zlashuvchi aholining 80 foizi xamon o‘z yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta'lim tizimida foydalanishning imkoniyati yo‘q. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku aytmasa ham bo‘ladi. Chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim xalqlar o‘z tillaridan ko‘ra zamonaviy tillardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Bugun Internet tilining 81 foizi ingliz tiliga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, avvallari ham tillar paydo bo‘lgan, muammolada bo‘lib, ma'lum vaqtdan so‘ng yo‘q bo‘lib ketgan. Lekin hozirgidek tillarning jadallik bilan yo‘qolishi  tarixda  kuzatilmagan. Yo‘qolib ketish havfida bo‘lgan tillarning saqlab qolish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarning asosiy maqsadi ham madaniyatlar va tillar xilma-xilligini ta'minlashdan iboratdir.

Bugun ayrim hollarda yoshlar o’rtasida o’z ona tiliga layoqatsizlik bilan qarab millat va ma’naviyat, milliy o’zlikni yoqotish hollari ham ko’p uchramoqda. Bu holatni oldini olish yoshlarni o’z ona tilini bilish va uni kelgusi avlodlarga yetqazib berish maqsadida ham bugungi kunda o’zbek tilini bilish ko’rsatkichlari tashkil etilmoqda.



Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, tilning asrlar davomida uzoq yashab ravnaq topishi uchun bugundan har bir inson vijdonan harakat qilish kerak. Chunki, til milliy o’zlikning ajralmas bo’lagidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. https://kun.uz/uz/35715601

  2. https://infografikauz.blogspot.com/2014/12/ozbek-tili-tarixi.html

Download 28,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish