sintagma
termini bilan atagan holda birikmani tasvirlagan; lekin
birikmani va bo’g’inni til elementlari qatoriga kiritmagan. Afsuski, Bunday
yondashishning sabablari aytilmagan. Bo’g’in til qurilishining elementi deb
qaralmasligini anglash qiyin emas: mohiyati jihatidan bo’g’in nutq tovushining
o’zi, undan alohida, farqli mohiyatga ega emas. To’g’ri, bo’g’in nutq tovushi bilan
miqdoran teng kelishi ham, kelmasligi ham mumkin (A.A.Reformatskiy misolida
bo’g’in bilan nutq tovushi teng kelib turibdi: (i) ayni vaqtda bo’g’in ham); olim
ishlatgan
element
terminining o’zida birinchi bo’g’in bir tovush bilan, ikkinchi
bo’g’in ikki tovush bilan, uchunchi bo’g’in to’rt tovush bilan ifodalangan.Bo’g’in
tarkibida necha tovush bo’lishidan qat’iy nazar, ular mohiyat jihatidan nutq
tovushiligicha qoladi.
Aytilganlar asosida bo’g’in diqqat-e’tiborga loyiq hodisa emas degan xulosa
chiqarmaslik kerak. CHunki tillar (til oilalari) o’zaro leksemalarning,
leksemashakllarning bo’g’in tuzilishiga ko’ra farqli belgi xususiyatlarga ega.
Masalan, turkiy tillarda, shu jumladan o’zbek tilida, leksemaning boshlanishida
(demak, bo’g’in boshida) ikki ovozdor, ovozli yoki shovqin tovush ketma-ket
kelmaydi; ko’p bo’g’inli leksemalarning, leksemashakllarning bo’g’inlarga
ajratilishida ham o’ziga xos jihatlar mavjud va hokazo. A.A.Reformatskiyning
nuqtai nazari bularni rad etmaydi, faqat bo’g’in til qurilishining elementi statusiga
23
Реформатский А.А. Введение в языковедение. «Просвещение». –М.: 1967, 28.
24
Yuqoridagi asar, 29.
55
ega emasligigina nazarda tutiladi. A.I.Smirnitskiyning yondashuvi yuqoridagi ikki
yondashuvdan keskin farqlanadi.
A.I.Smirnitskiy asarida til hodisalari ma’lum belgi-xususiyatlariga qarab
guruhlanadi. Bu yerda dastlab tovush (nutq tovushi) boshqa hodisalardan ajratiladi
va “tilning qurilish birligi, to’g’rirog’i – til birliklarining qurilish birligi” deb
baholanadi
25
. Nutq tovushi, fonema til birligi bo’la olmasligi, chunki ular o’zicha
ma’no bildirmasligi, til birligi bo’la olmasligi, chunki ular o’zicha ma’no
bildirmasligi, til birliklari uchun moddiy qobiq bo’libgina xizmat qilishi
ta’kidlanadi
26
.
Til birligi bo’lish uchun esa Bunday birlik, birinchidan, tovush qobig’iga ega
bo’lishi va ma’lum ma’noni bildirishi, ikkinchidan, ma’lum ma’no ma’lum tovush
qobig’iga tilda (til xotirasida) birkitilgan bo’lishi, nutqqa tildan tayyor holda olib
ishlatilishi lozim
27
. Ana shunday birliklar sifatida A.I.Smirnitskiy “tilning leksik
birliklari” nomi bilan so’zni («отдельное слово») va Bunday so’z tarkibiga
kiruvchi morfemalarni ko’rsatadi
28
. Bulаrdаn tаshqаri, nutqdа tuzilmay
Do'stlaringiz bilan baham: |