ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi birligi – leksema. Lisoniy birlik sifatidagi
leksema biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydigan ikkita psixofizik tomon –
23
akustik struktura (tovush qobig‘i), ya’ni nomema hamda ma’lum bir tushuncha
asosida vujudga kelgan mazmuniy struktura, ya’ni sememaning birligidan iborat.
Lisoniy birlik sifatidagi leksemaning tovush strukturasi fonetik birlik
ko‘rinish (variant)larining turlicha kombinatsiyalari asosida vujudga kelgan.
O‘zbek tilida mavjud barcha leksemaning shakliy tomoni tilimizda mavjud 30 ta
fonema asosida, xolos. Shu boisdan tashqi fonetik strukturasi asosida leksemalarni
kuchli va kuchsiz ziddiyatga qo‘yish mumkin. Кuchli oppozitsiya bittadan (
u
–
olmosh,
e –
undash), ikkitadan (
ot
,
ish
), uchtadan (
bor, kel
), to‘rttadan (
qunt, band
)
fonema variantining zidlanishi asosida hosil bo‘lgan bo‘lsa, kuchsiz ziddiyat
leksemaning tarkibidagi ayrim fonema variantlari asosida bo‘ladi (
tub – tup, bob –
bop
).
Har bir leksema lisoniy birlik sifatida mazmun mundarijasiga ham ega.
Leksemaning mazmun mundarijasi denotat yoki referent deb ataladigan borliqdagi
narsa, harakat, belgi, miqdor kabilarni ifodalaydigan tushunchalarni anglatadi.
Masalan, borliqda
yuz
deb ataluvchi kishi burni ikki tomonining peshonadan
iyakkacha bo‘lgan qismi mavjud. Shu asosda kishi ongida «yuz» tushunchasi
vujudga kelgan. Mazkur tushuncha asosida esa semema (leksema ma’nosi)
shakllanadi. Tushuncha bilan ma’no bitta narsa emas, ular farqli xususiyatga ega.
Masalan, ingliz, rus, nemis tilida so‘zlashuvchi kishilarning ongida «aka» va «uka»
tushunchalari mavjud. Biroq bu tushunchalar
brother
(ingliz),
brat
(rus) va
bruder
(nemis) leksemalarida bitta ma’no (semema)da birlashgan. Yoki
yuz
,
bet
,
bashara
,
chehra
,
oraz
leksemalari bitta tushunchani ifodalaydi, lekin ma’nolari o‘zaro
farqlanadi.
Leksemaning mazmun silsilasi bo‘lgan sememani tashkil etuvchi a’zo – sema.
Nomema tovushlarning turlicha kombinatsiyalari asosida tashkil topganligi kabi,
ana shu semalarning turlicha birikuvi va ba’zilarining o‘rin almashinuvi asosida
turli mazmundagi semema vujudga keladi. Bu sememalarning semik tarkibi
quyidagicha:
24
yuz
–
«odamga xos», «boshning old qismi», «burunning ikki tomoni»,
«peshonadan
iyakkacha»,
«burundan
quloqqacha»,
«qo‘llanilishi
chegaralanmagan», «uslubiy betaraf», «turkiy qatlamga oid», «umumiste’mol»;
jamol
– «odamga xos», «boshning old qismi», «burunning ikki tomoni»,
«peshonadan iyakkacha», «burundan quloqqacha», «qo‘llanilishi chegaralangan»,
«badiiy uslubga xos», «arabiy qatlamga xos».
Har ikkala leksema ham bir tushunchani ifodalaydi. Ularning mazmun
mundarijasi
– sememalarining semik tarkibi farqlanadi. Leksemalar
sememalarining atash semalari denotatning in’ikosi – tushunchani ifodalaydi. Har
bir leksema sememasi o‘xshash va farqlovchi semaga ega. O‘xshash sema ularni
guruhlarga birlashtirishga, farqli sema esa ajratishga xizmat qiladi.
Leksemaning nutqiy qo‘llanilishidagi varianti so‘z bo‘lib, ular turlicha matniy
qurshov asosida har xil xususiyat kasb etadi.
Leksema tub yoki yasama bo‘lishi mumkin. Masalan,
kitob
,
savdogar
,
nonchi
birliklarini olaylik. Qatordagi
kitob
va
savdogar
birliklari tayyorlik, umumiylik,
ijtimoiylik xossalariga ega. Biroq tilimizda
nonchi
degan lisoniy birlik yo‘q. U
nutq jarayonidagina hosil qilinishi mumkin va yuqoridagi birliklar ega bo‘lgan
xususiyatdan xoli.
nonchi
birligining nutq jarayonigagina xosligi uning tayyorlik
belgisiga ega emasligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: