FONOLOGIYA
4-§. Fonologiya haqida umumiy ma’lumot
Fonologiya so`zi tarjima qilinganda ―tovush haqidagi ta‘limot‖ degan ma‘noni
bildiradi (phone – tovush, logos - ta‘limot). ―Fonologiya, - deb yozadi Jorj Yul, -
aslida tildagi nutq tovushlari tizimi va modellarini tavsiflashdir‖.
25
Bu bo`limda
tovushlarning so`z va qo`shimchalar ma‘nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi.
Agar fonetika bo`limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa,
fonologiyada, ta‘bir joiz bo`lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o`rganiladi.
Fonetika va fonologiyaning o`zaro munosabatiga kelsak, ikkinchisi birinchisining
yuqori bosqichidir, ya‘ni fonetika nutqqa daxldor bo`lsa, fonologiya tilga
taxldordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |