1. Umumiy fonetikada dunyodagi barcha tillarning tovush tomoni va u bilan
bog`liq hodisalarni o`rganadi. Bularga barcha tillarda unli va undosh tovushlarning
mavjudligi, nutq apparati, tovush o`zgarishlari kabilar kiradi.
2. Xususiy fonetikada muayyan bir tilning fonetik xususiyatlari o`rganiladi.
Masalan, o`zbek tili fonetikasi, turkman tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi.
Fonetikaning bu turi tilning fonetik tomonini qay tarzda o`rgashiga qarab ikki
turga bo`linadi: 1) tavsifiy fonetikada muayyan tilning fonetik tizimi tarixiy
jarayon va dalillarga bog`lanmagan holda o`rganiladi. 2) tarixiy fonetikada
ma‘lum bir tilning fonetik tizimi til tarixi bilan bog`liq tarzda o`rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |