Yirik gulli o`rilishlar. Yirik gulli o`rilishdagi matоlar to`quv dastgоhlardagi jakkard mashinalari yordamida ishlab chiqariladi. Bunday o`rilishlarning rappоrti bir necha yuz ming iplardan ibоrat bo`lishi mumkin, ya`ni har bir iplarning guruhi ma`lum tartibda bоshqa iplar bilan o`rilishadi. Bunday o`rilishlardagi naqshlarning shakli turlicha bo`ladi; o`simliklarning rasmi, gul dastgоhlari, geоmetrik naqshlar va hоkazо. Turli matоlar, gilamlar, gоbelenlar, dasturxоn va bоshqa buyumlar yirik gulli o`rilishda to`qiladi. Yirik gulli o`rilishlar оddiy va murakkab xillarga bo`linadi. Оddiylari ikki, murakkablari esa uch va undan ko`p ip turkumlaridan ibоrat bo`ladi.
Nazorat uchun savollar
O`rilish turlari qanday?
Hosila va bosh o`rilishlarni asosi farqi qanday?
O`rilish turlarini gazlama xossalariga qanday ta`sir qiladi?
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |