III. Konstruktorlik qismi
3.1. Kiyim dizayni uchun naqsh eskiz chizma ishlarini Adobe Illustrator dasturida bajarish bosqichlari
Asrlar davomida O’zbekiston va Markaziy Osiyo hududida rivojlanib kelgan milliy naqshlarni davom ettirish, yanada rivojlantirish, keng joriy etish maqsadida milliy naqshlarni raqamlashtirish ustida ishlar olib borilmoqda va bundan maqsad turli-xil tadbirlar, bayramlar, to’ylar, konsertlar, teatr, kino-kliplar, shuningdek kundalik kiyimlarga ham milliy naqshlarni kiyim dizaynida keng joriy etishdan iborat. Shu sababli kiyim dizayn sohasiga oz bo’lsada yangilik olib kirish hamda yangi moda dizayn qirralarini kashf etish uchun kompyuter dasturlaridan Adobe Illustrator, Corel Draw, Marvelous Designer dasturlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishda kiyim dizayni uchun milliy naqshlardan foydalangan holda kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanish ustida tadqiqot ishlari olib borildi va kiyim dizayn loyihasini ishlab chiqishda raqamli dasturlarning o’rni, ishlatilishi, loyihaga ketgan vaqtlar tahlil qilindi.
Shundan kelib chiqqan holda, ayollarga mo’ljallangan tadbirlar uchun kiyiladigan ko’ylak dizayniga naqshlarni raqamli dasturlar orqali loyihalandi. Bunda, naqshning ishchi ko’rinishi (7-rasm) Adobe Illustrator nomli kompyuter dasturida bajarildi. Suratdagi naqsh ijodiy yondoshgan holda milliy ramzlardan foydalanilgan, bulardan paxta, lola gul, qalampir, barg, igna barglardan foydalanilgan holda milliy naqsh yaratildi.
Adobe Illustrator dasturida naqshning kontur, shtrix chiziqlari, har bir naqsh
elementlariga ranglarni tanlash, o’zgartish, qalin yoki ingichka, kattalashtirish, kichraytirish imkoniyatlari mavjud. Adobe Illustrator dasturida bajarilgan naqshni kompyuter xotirasiga saqlashda png. formatda saqlab olindi (8-rasm). Grafik dasturlarda bajarilgan ishlarni kompyuter xotirasiga saqlashda turli-xil formatlardan foydalanish mumkin va har bir formatning o’ziga xos xususiyatlari bor, masalan tadqiqot ishida
ma’lum bo’ldiki, bajarilgan naqsh ishini jpeg. formatda saqlanganda va MarvelousDesigner dasturining loyihalangan kiyim matosiga naqshni joylashtirishda jpeg. formati mos kelmasligi, buning natijasida bir qancha noqulayliklar va ko’p vaqt ketisihi ma’lum bo’ldi. Raqamli dasturda kiyim dizayn loyihasiga grafik suratlarni joylashtirish masalasida bir necha talablar bor, bulardan masalan har qanday kiyim matosiga joylanuvchi suratlar, turli xil shakllar vektor usulida tayyorlangan va png. formatida saqlangan bo’lishi kerak, buning natijasida raqamli dasturda ishlanayotgan kiyim dizayn loyihasi har tomonlama sifatli chiqishi va vaqtdan unumli foydalanish mumkin (9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |