Tikotash plotnosida kiyimlarni konstruksiyalash
Reja:
Muynali materiallardan kiyimni konstruksiyalash xususiyatlari
Tabiiy muynadan kiyimni konstruksiyalash xususiyatlari
Sun`iy muynadan, teri va plyonkali materiallardan kiyimni konstruksiyalash xususiyatlari
Muynali va issiqlik qatlamli kiyimlarda tukislik uchun qo`shimcha haqlar miqdori
Trikotaj materiallarning turlari.
Trikotaj materiallarning xossalari
Tayanch iboralar:
Muyna, muynali kiyim, tuk balandligi, muyna xossalari, issiqlik qatlami, teri, plyonkali materiallar, bezaklar, hajmiy shakl berish, igna teshishiga sezgirligi, sun`iy muyna, charm, tabiiy muyna, trikotaj, yarim regulyar, bichilgan trikotaj, suvga kirishishi, chuziluvchanlik darajasi.
Muyna sanoati muynali kiyimlarning keng assortimentini ishlab chiqarmoqda:
Muynali ustki kiyimlar, bosh kiyimlari, galanteriya va hakozo;
Muyna kiyimlarining optimal konstruktiv yechimi muynaning fizikaviy-mexanik xossalariga bog`liq.
Mo`yna xossalari xilma-xil bo`lib, ular hayvonlarning biologik xususiyatlariga bog`liqdir.
Mo`ynali kiyimlarni konstruksiyalashda mo`yna tukining balandligi, topografiyasini terining shakli va razmeri, terining qalindligi va yumshoqligini e`tiborga olish kerak.
Ayollar mo`yna paltolari silueti va bichimi juda xilma-xildir.
To`kislik uchun beriladigan qo`shimcha haqlar miqdorini aniqlashda moda tavsiyalari bilan bir qatorda mo`yna tukining balandligi ham hisobga olinadi: tuk balandligi qancha katta bo`lsa, to`kislik uchun qo`shimcha haq, shuncha kichik bo`lishi kerak, chunki baland tukli mo`yna kiyim hajmini sezilarli yiriklashtiradi. Mo`yna tuki balandligini hisobga olgan holda, to`kislik uchun qo`shimcha haq miqdori ayollar kiyimi uchun: 5-12 sm., bolalar kiyimi uchun esa 12-15 sm. chegarasida bo`lishi mumkin.
Bir dona ayollar paltosiga teri turiga qarab 5 donadan to 200 donagacha teri sarflanadi.
Terilar uzunlik, kenglik va yuza ko`rsatkichlari bilan o`lchanadilar.
Muyna kiyimlarni yuqori issiqlikni ta`minlovchi ko`rsatkichlarga qaramasdan, shimol tumanlarda issiqlik qatlamlari ham qo`shiladi.
Issiqlik qatlamining mo`yna qalinligi mo`yna turiga qarab qo`yidagicha bo`lishi kerak:
I guruh uchun - 0...1 mm
II guruhuchun - 1...3 mm
III guruh uchun - 3...5 mm
IV guruh uchun - 5...7 mm
V guruh uchun - 7...9 mm
Ko`krak chizig`I bo`yicha qo`shimcha haqlari miqdorini qo`yidagicha taqsimlaydilar:
45-55 % - yeng o`miziga,
25-35 % - ort bo`lakka,
20 % - old bo`lakka,
Mo`ynali kiyimlarni chiqarishda namlab-isitib ishlov (NII) berish jarayonlari ishlatilmaydi, shuning uchun ularga hajmiy shakl faqat konstruktiv usullar bilan hosil qilinadi, kiyim detallari soni ham mumkin qadar kamaytiriladi.
Sun`iy mo`ynadan, teridan va plyonkali materiallardan kiyim loyihalashda birinchi navbatda ularni namlab-isitib ishlov berish operasiyalariga umuman dosh bermasligini hisobga olish lozim.
Bu materiallardan kiyimni loyihalashda moda yo`nalishi e`tiborga olinadi albatta, lekin birinchi o`rinda ekspluatatsion talablar va badiiy ko`rkamlik suriladi. Turli xil bezaklar qo`llanilishiga va furnituraga katta ahamiyat beriladi.
Bu materiallardan tayyorlangan kiyimlarga hajmiy shaklni faqatgina konstruktiv usullar bilan ta`minlaydilar, choklar va vitochkalar shular jumlasidandir. Yenglar bichimi turli bo`lishi mumkin: raglan, o`tqazma, yaxlit bichilgan.
Qo`shimcha haq - Пг ning qiymati teri va plyonkali materiallardan tayyorlangan kiyimlar uchun ularning cho`ziluvchanligi sababli gazlamadan tayyorlangan kiyimlarga qaraganda ancha katta: Пг = 12 - 14 sm ni tashkil etadi.
Teri va plyonkali materiallardan kiyimni konstruksiyalashda ularni xossalarini, ya`ni igna teshishiga sezgirligi, havo va bug`ni yomon o`tkazuvchanligini hisobga olish lozim. Bu materiallardan Bu materiallardan tayyorlangan kiyimni gigiyenik xossalarini yaxshilash uchun koketkalar ostida va qo`ltiq tagida ventilyasion blokchalar ko`zda tutish lozim.
Ishlab chiqarish texnologiyasiga qarb trikotaj kiyimlar regulyar, yarim regulyar va bichilgan bol`ishi mumkin [23,24].
Regulyar kiyimlar (tanlangan razmer va shakliga qarab) to`quv mashinalarида toladan butun to`qilib chiqariladi.
Yarim regulyar kiyimlar xaltasimon trikotaj matolardan, yon choklarisiz, yoqa va yengo`mizlarini bichish yo`li bilan tayyorlanadilar.
Trikotaj kiyimlarning 60% dan ko`prog`i bichilgan kiyimlardir. Trikotaj kiyimlarni modellashtirishda va konstruksiyalashda ularning zarur xususiyatlaridan biri bo`lmish - suvga kirishishini, cho`ziluvchanligi darajasini e`tiborga olish shart.
Moskva trikotaj ilmiy tekshirish instituti MTITI (ВНИИТП) tomonidan ishlab chiqarilgan klassifikasiya bo`yicha cho`ziluvchanlik darajasiga qarab trikotaj matolar 3 guruhga bo`lingan; I-kam, П-o`rta, III-katta cho`ziluvchanlik darajali матоlar. Trikotaj kiyimlarni konstruksiyalashda bu ma`lumotlar asos tariqasida olinadi.
Ko`krak chizig`I bo`yicha qo`shimcha haq - Пг miqdorini tanlashda trikotaj matolarning deshaklision xossalari e`tiborga olinadi. Trikotaj kiyimlarining oddiy kiyimlardan farqi shundaki, Пг miqdori ularda gazlamadan tayyorlangan kiyimlarga qaraganda ancha kichik.
Sanoatda ko`krak chizig`I bo`yicha qo`shimcha haq - Пг qiymati djemperlar uchun - 1 - 4 sm, jaketlar uchun - 2 - 4 sm, kurtkalar uchun -4-6 sm, ichki kiyimlar uchun esa Пг = 0.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
Цепкина И.А., Николаевская В.А. Моделирование и художествнное оформление мехових изделий. М., 1983 г
Меховие изделия: Новые модели сезона. Жур. «Меховая промышленность» №2, М. , 2001
Верхняя одежда из меха. Изобретения стран мира. Б.И.№96/97, вип. 004
Сурикова Г.И. и др. Исползование свойств полотна при конструировании трикотажных изделий. М., 1991
Методические указания по конструировaнию верхных трикотажных изделий для женщин. М., 1980
Коблякова Е.Б. и др. Конструирование одежды с элементами САПР. М., 1986 г
Do'stlaringiz bilan baham: |