Tijorat banklarining aktivlari tarkibi va ularni joylashishi



Download 13,82 Kb.
Sana06.03.2022
Hajmi13,82 Kb.
#484578
Bog'liq
T.B Aktivlari 622-WPS Office



ADABIYOTLAR 622452 TA
VIDEODARS 982 TA
AUDIOKITOB 2205 TA

TIJORAT BANKLARINING AKTIVLARI TARKIBI VA ULARNI JOYLASHISHI.

Reja:

1. Bank aktivlari va ularning tarkibi, ularning balansda joylashishi.



2. Bank aktivlarining tasniflanishi:

A) daromad keltirishiga ko‘ra

B) likvidlilik darajasiga ko‘ra

V) risklilik darajasiga ko‘ra

G) sifatiga ko‘ra

3. Bank aktivlarining diversifikatsiyasi.

4. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari.

5. Tijorat banklarining aktivlarini boshqarish usullari.

6. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari aktivlarini boshqarish strategiyasi.

7. Tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlari va turlari.

8. Tijorat banklarida majburiy zahiralarni tashkil etish tartibi va uning zaruriyati.

Bank aktivlari deyilganda-bank faoliyatida amalga oshirilgan va oshiriladigan amaliyotlari jarayoni-da mablag‘ni xarid qilish, foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish natijasida iqtisodiy manfaat keltiruvchi moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi.

Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon bo‘ladi.Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi uchun alohida yoki biror bir boshqa resurs bilan birgalakda bevosita yoki bilvosita pul oqimini ta’minlashi zarur.

Bank aktivlari, bankning aktiv amaliyoti natijasida shakllanadi, ya’ni bank balansini likvid holda ushlab turib, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini ta’minlaydi.Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadining asosiy qismini oladi.

Tijorat banklari aktivlarining o‘ziga xos belgilariga qarab guruhlanishi:

Bank aktivlarining tarkibi deyilganda bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarning sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi.

Ü Aktivlarning sifat darajasi bankning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishi, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasi, riskli aktivlarning hajmi, riskli va to‘lasholmagan aktivlarning salmog‘i va ularning o‘zgaruvchanligi kabi xususiyatlari bilan baholanadi.

Ü Tijorat banklarining aktivlari ularning balansida likvidlilik darajasiga ko‘ra aks ettiriladi.


Aktivlar sifati quyidagi omillar bilan aniqlanadi:

Banklarning aktiv operatsiyalar hajmini, jumladan, kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini oshishiga zamin yaratdi.

Tijorat banklarining jami aktivlari yil davomida 30,2 foizga oshib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 35,7 trln. so‘mga etdi ( chizma).


O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kredit qo‘yilmalari dinamikasi

Ko‘rsatkichlar

2010 y.


2011 y.

2012 y.


2012 yilda 2010 yilga nisbatan

o‘zgarishi, (+,-)

YAIM mlrd. so‘m

61 831


77 751

96589,8


34758,8

Kredit qo‘yilmalari umumiy summasi, mlrd. so‘m

11539

15652


20392

8853


YAIMga nisbatan foiz hisobida

18,6


20,1

21,1


2,5 f.p.

Tijorat banklarining kredit potensiali - bu jalb qilingan mablag‘larning kredit va bankning boshqa aktiv operatsiyalarini amalga oshirishning iqtisodiy chegarasi hisoblanadi.

Tijorat banklarining umumiy kreditlash qudratiga quyidagi omillar yig‘indisi ob’ektiv ta’sir ko‘rsatadi:

— -Bankda yig‘ilgan jami mablag‘larning umumiy hajmi;

— -Kreditlash qudrati manbalarining tuzilishi va barqarorligi;

— -Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxiralar darajasi;

— -Tijorat banklari joriy likvidligini ushlab turish uchun zaxiradan foydalanishga yo‘l qo‘yilgan hollarda undan foydalanish tartibi;

— -Bank majburiyatlarini tuzilishi va umumiy summasi va boshqalarga bog‘liqdir.

Daromad keltirishiga karab bank aktivlari

1. Daromad keltiruvchi aktivlar.

ü Qisqa va uzoq muddatli ssudalar (aholiga,mijozlarga, boshqa banklarga);

ü Faktoring,lizing,forfeyting,trast operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;

ü Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalaridan olinadigan daromadlar

2. Daromad keltirmaydigan aktivlar.

ü Pul mablag‘lari;

ü Boshqa banklardagi korschyotlardagi mablag‘;

ü Bino va inshootlar;

ü Nomolliy aktivlar;

ü Debitorlar;

ü Hisob-kitobdagi mablag‘lar;

ü Muddati utgan ssudalar .

Aktivlarning likvidli ta’minotiga quyidagilar kiradi:

- O‘zbekiston Respublikasi xukumatining so‘zsiz kafolati;

- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining so‘zsiz kafolati;

- banklarda ochilgan hisobvarag‘larda erkin ayirboshlanadigan valyuta shaklidagi garov;

- O‘zbekiston Respublikasi xukumati qimmatli qog‘ozlari shaklidagi garov;

- andozaviy qimmatbaho metallar shaklidagi, ya’ni oltin va kumush quymalari shaklidagi garov.

Quyidagi aktivlar nolikvid ta’minotga ega, deb hisoblanadi:

- ko‘chmas mulk, o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirilmagan erga bo‘lgan xuquqni hisobga olgan holda;

- ko‘chma mulk;

- xususiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlari;

- yuridik va xususiy shaxslarning kafolatlari.

1- riskdan holi bo‘lgan aktivlar. risklilik darajasi 0%

• naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari,

• Markaziy bankdagi «Nostro», «Vostro» schetidagi mablag‘lar,

• majburiy rezerv schetidagi mablag‘lar,

• xazina veksellari,

• davlat obligatsiyalari,

• Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlari va obligatsiyalari kiradi.

2 - kichik (minimal) riskli aktivlar. Bu aktivlar bo‘yicha risk darajasi 20% ga teng.

boshqa banklarning «Nostro» va «Vostro» korschetlaridagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar,

evroobligatsiyalar,

qisqa muddatli birinchi sinf ta’minlanganlikga ega bo‘lgan kreditlar va boshqa hujjatlar

3 - yuqori riskli aktivlar:Bu aktivlar bo‘yicha risk 50 % ga teng.

• boshqa banklarga berilgan kreditlar,

• boshqalar uchun bank bergan garov va kafolatlar.

4 - eng yuqori darajadagi (maksimal) riskli aktivlar 100%ga teng.

• qimmatli qog‘ozlar sotish va sotib olish scheti,

• sotib olingan veksellar,

• trast hujjatlar va akkreditivlar trattalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari,

• bankning to‘lanmagan aksiyalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari, sud jarayonida bo‘lgan kreditlar,

• akkreditivlar,

• forvardlar kiradi.

O‘zbekistan Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 9 noyabrda tasdiklangan 242-sonli «Aktivlar sifatini tasniflash, mumkin bulgan yukotishlar buyiicha tijorat banklari tomonidan rezervlar tashkil kilish va undan foydalanish koidasiga asosan, tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar yukorida keltirilgan mezonlar buyicha «yaxshi», «standart», «substandart», «shubxali», «umidsiz» kreditlarga tasniflanadi. Aktivlarni boshqarishning asosiy maqsadi tavakkal qilishning eng pats darajasi sharoitida daromad foiz tushumlari va xarajatlar orasidagi farqni mumkin kadar oshirish yoki uni juda bo‘lmaganda barqaror darajada saqlab turishdan iborat ekanligi malum.


Aktivlarning sifati



Zaxiralar

1

YAxshi



0%

2

Standart



10%

3

Substandart



25%

4

SHubxali



50%

5

Umidsiz



100%

YAxshi. Ushbu aktivlar bo‘yicha qarzlarning o‘z muddatida to‘lanishi shubxa tug‘dirmaydi. Qarz oluvchi moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi, u etarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlar, jumladan, mazkur qarzni qondirish uchun etarli pul mablag‘lari oqimiga ega. Qarz oluvchi amalda bajariladigan, jumladan, bozorda raqobatlasha olish, yaxshi mahsulot ishlab chiqarishga doir strategik rejani taqdim etadi va o‘z mahsulotlari uchun marketing rejasiga ega bo‘ladi. Qarzdor mavqeini baholash kreditga doir to‘lovlar tarixi, garovning bozorda sotilishi (mulk va ko‘chmas mulk, kafolat) kabi omillarni o‘z ichiga qamrab oladi. Garov "yaxshi ta’minlangan" kredit mezonlariga mos keladi. Garov amaldagi qonunchilikka muvofiq notarial jihatdan puxta tasdiqlangan bo‘lishi va zarur hollarda tegishli mulk bitimini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi lozim. Bank kredit qaytarilmagan holda cheklovlarsiz va erkin ravishda uni garov hisobidan undirib olishi mumkin. Ta’minotga doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi kerak.

"YAxshi" deb tasniflangan kreditlarda ular qaytarilmasligi alomatlari bo‘lmaydi. Foizlar muddati o‘tgan ssudalar "YAxshi" deb tasniflanishi mumkin emas.

Standart. Standart toifaga kiritilgan aktivlar berilishida ikkilamchi to‘lov manbasi (kafolat yoki garov bilan) puxta ta’minlangan bo‘lishi lozim. Umuman olganda qarzdorning moliyaviy ahvoli barqaror hisoblanadi, lekin ayrim noqulay vaziyatlar yoki yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, agarda ular bartaraf etilmasa, qarzdorning kreditni o‘z vaqtida to‘lash qobiliyatiga nisbatan shubha uyg‘onishi mumkin. SHu bilan birga moliyaviy ahvol yoki garovni nazorat qilish borasida bir muncha shubhalar bo‘lishi mumkin. Kredit hujjatlarida etarlicha axborot bo‘lmagan yoki garov ta’minoti bo‘yicha hujjatlari bo‘lmagan "YAxshi" kreditlar (aktivlar) ham "Standart" aktivlar sifatida tasniflanishi mumkin. "Standart" sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank qaytarilmagan asosiy qarz summasining 10 foizi miqdorida zaxiralar tuzishi shart.

Substandart. Substandart aktivlar aniq ifodalangan kamchiliklar belgilariga ega bo‘lib, bu holat dastlabki shartnomaga muvofiє qarz qaytarilishi shartlarining bajarilishiga shubha uyg‘otadi. "Substandart" sifatida tasniflangan kreditlarda qarz to‘lashning dastlabki manbai qarzga xizmat ko‘rsatish uchun etarli darajada bo‘lmaydi va bank qarzni qaytarish uchun qo‘shimcha manbalar (garovdan undirish va qarzdor tomonidan ssuda qaytarilmaganda garovni sotish, asosiy fondlarni sotish singari manbalar)ni qidirishga majbur bo‘ladi, SHuningdek substandart aktivlar ishonchli joriy moliyaviy ahvol va qarz oluvchining to‘lov qobiliyati bilan himoyalanmagan. Substandart aktivlar odatdagiga nisbatan qoniqarli joriy moliyaviy axborotning yo‘qligi yoki garov hujjatlarining etarli emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik darajasi ancha yuqori bo‘lgan kreditlarni ifodalaydi. (AV 22.09.2011 y. 632-2-son bilan ro‘yxatga olingan MB Boshqaruvining Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

SHuningdek quyidagi muammo yoki xususiyatlardan kamida bittasi mavjud bo‘lsa, aktiv to‘lov muddati to‘lgunicha substandart sifatida tasniflanishi mumkin:

a) asosiy to‘lov manbalari qarz to‘lash uchun etarli emas, bank garovga qo‘yilgan mulkni sotish, qarz oluvchining boshqa asosiy mablag‘larini sotish, to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa qarz mablag‘larini qayta moliyalash kabilarni hisobga olgan holda qo‘shimcha to‘lov manbalarini topishi kerak;

b) qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablag‘larining mo‘ljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun etarli bo‘lmagan hollarda;

v) qarz oluvchi kapitali ko‘p darajada etarli bo‘lmagan korxona bo‘lgan taqdirda;

g) ushbu sohaga nisbatan yo‘nalish va istiqbollar barqaror bo‘lmagan holda;

d) kreditlar (aktivlar), garov qiymati asosiy qarz summasidan oshmagan, hech bo‘lmaganda asosiy qarzning to‘lanmagan summasiga teng bo‘lgan holda (ya’ni kredit qisman ta’minlangan bo‘lsa).

"Substandart" sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining 25 foiziga teng bo‘lgan zaxiralarni shakllantirishi lozim.

SHubxali. SHubhali kreditlar substandart deb tasniflanuvchi kreditlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo‘lib, mavjud sharoitda aktivlarning to‘liq qaytarilishini shubha ostiga qo‘yadi va kam ishonchli qilib qo‘yadi. Ziyon ko‘rish ehtimoli yuqori bo‘lgan, lekin ayrim ijobiy omillari mavjud bo‘lgan ushbu kreditlar sharoit oydinlashguncha "shubhali" deb tasniflanmaydi.

Quyidagi omillarning kamida bittasi mavjud bo‘lsa, aktiv "shubhali" deb, tasniflanishi mumkin:

a) "substandart" aktivlarning hech bo‘lmaganda bironta ko‘rsatkichi, shuningdek ayrim boshqa noqulay tavsiflari mavjud bo‘lsa (bozorda oson sotiluvchan garovning mavjudligi yoki qarz oluvchining bankrot deb e’lon qilinishi);

b) yaqin kelajakda aktivning qisman to‘lanishi ehtimolining mavjudligi, shuningdek ushbu paytda aktivning "umidsiz" deb tasniflanishi zarur emasligi;

v) foizlar va asosiy qarz bo‘yicha to‘lash jadvaliga binoan to‘lanmagan to‘lovlar mavjudligi.

Aktivni "umidsiz" deb tasniflashga imkon beruvchi muhim omillarga quyidagilar kiradi:

- bank aktivlar bo‘yicha ayrim to‘lov turlarini yoki hech bo‘lmaganda, qisman to‘lovlarni oladi;

- bank garovni undirib olish bo‘yicha Huquqiy xatti-harakatlarni qo‘llay boshlaydi va ta’minot sotuvini o‘z vaqtida amalga oshiradi (90 kun ichida);

- qarzdor tomonidan keyinchalik aktivni to‘liq ta’minlaydigan qo‘shimcha ta’minotni taqdim etish harakatlarining amalda boshlanishi.

"SHubhali" deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarz to‘lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi shart.

Umidsiz deb tasniflangan kreditlarga qaytarilmaydigan kreditlar kiradi. Qiymati juda pastligi tufayli bank aktivlari sifatida ularning Hisobini yuritish maqsadga muvofiq emas, deb Hisoblanadi. Bunday tasniflash kreditlarda umuman Hech qanday tugatiladigan qiymat mavjud emasligini bildirmaydi. Lekin banklar o‘z balanslarida bu qarzdorlikning Hisobini yuritishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emas. Bank garovga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish choralarini ko‘rishi yoki uni qaytarish choralarini qo‘llashi kerak

Quyidagi muammolar yoki tavsiflarning kamida biri mavjud bo‘lganda aktiv "umidsiz" deb tasniflanadi:

shartnoma jadvaliga muvofiq oraliq to‘lovlarni to‘lash kuni 180 va undan ortiq kunga kechiktirilgan bo‘lsa;

aktiv shartnomada belgilangan muddatda to‘lanmagan bo‘lsa;

sudda ishni ko‘rish jarayonida bo‘lgan aktivlar;

qarz oluvchining yomon moliyaviy aHvoli va to‘lovga qodir emasligi sababli to‘lash muddati uzaytirilgan aktivlar bo‘lsa;

qarz oluvchi va lizing oluvchidan undirilgan mol-mulk bank maqsadlarida foydalanilmaydigan Hamda garovga qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan Huquqlardan foydalanish yo‘li bilan bank balansiga qabul qilingan kundan boshlab uch oylik muddatda bank tomonidan realizatsiya qilinmagan bo‘lsa.

Aktiv shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmasligidan dalolat beruvchi dalillar yoki alomatlar mavjud bo‘lganda ushbu aktiv Ham "umidsiz" deb tasniflanadi

Umidsiz deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining 100 foizi miqdorida zaxiralar yaratishi kerak.

Aktivlarni samarali boshkarish kuyidagilardan iborat:

• bank daromadi va xarajati urtasidagi marja kurinishidagi farkning usishi :

• daromad va kredit resurslari tavakkalchiligiga etarli darajada rioya kilish:

• bank aktivlarda % stavkasi uzgarishi bilan % tavakkalchiligini kamaytirish maksadida e’tiborini karatish.

• Bank aktivlarini turli aktivlarga joylashtirish yukori likvidlik darajasini ushlab turish va malum yukori daromad olish extiyojini belgilab beruvchi mavjud konun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chikadi. «Likvidlilik- daromadlilik» dillemasini echishga urinishlar aktivlarni boshkarishda 3 usulni keltirib chikaradi.

Tijorat bank aktivlarini boshqarish usullari:

1. Aktivlarni boshqarishning umumiy fond mablag‘lari usuli;


2. Aktivlarni taqsimlash metodi;
3.Ilmiy boshqarish metodi;

Bankning kassali aktivlari asosan daromad keltirmaydigan aktivlar hisoblanadi. SHuning uchun ularning aktivlar umumiy hajmidagi salmog‘ini pasayishi aktivlar daromadliligini oshishiga, ular salmog‘ini oshishi esa aktivlar daromadliligini pasayishiga sabab bo‘ladi.


Read 645 times


Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar
More in this category: « Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari Tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy va iqtisodiy asoslari »
back to top
Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019

Powered by ATM


Топ рейтинг www.uz Топ рейтинг www.uz
Download 13,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish