Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari obyekti orqali aniqlanadigan bank faoliyatining ko'lami, ular joylashtiradigan resurslar hajmi, miqdori, jalb qilingan mablag'lar summasiga bog'lik bo'ladi. Bunday holat resurslarni jalb qilish bo'yicha banklar o'rtasida raqobatni keltirib chiqaradi.
Bankning asosiy vazifalaridan biri bo'sh pul mablag'larini mumkin qadar ko'proq jalb qilish va ularni boshqa foyda keltiruvchi optimal aktivlarga joylashtirishdan iborat.
Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan passiv operatsiyalar tashkil topadi va bank balansining passiv qismida yuritiladi. Bank resurslarini ikki katta guruhga bo'lish mumkin. Bular, banklarning o'z mablag'lari va jalb qilingan mablag'lardir. Jalb qilingan resurslarni ba'zi hollarda ikkiga bo'lib qaraladi - bu jalb qilingan depozitlar, boshqa majburiyatlar va sotib olingan resurlardir. Bu resurslar bankning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi, ya'ni bank resurslari daromad olish maqsadida turli xil sohalarga joylashtiriladi. Bankning passiv va aktiv operatsiyalari o'zaro chambarchas bog'liq bo'lganligi sababli passivlarning tarkibi va xarakteri ko'p jihatdan banklarning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda o'z ifodasini topadi. Shu bilan birga resurslar xarakteriga banklarning kreditlash siyosatining o'zgarishi ham ta'sir qiladi.
bankning ixtiyorida mavjud bo'lgan resurslar amalga oshirishni mo'ljallanayotgan aktiv operatsiyalar uchun yetarli bo'lmasa zarur miqdordagi mablag'larni Markaziy bankdan, nobudjet fondlardan, pul bozoridan sotib olish yoki qarzga olish mumkin.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalari natijasi bo'lmish rezerv fondlar bank yetarli foyda olmagan taqdirda bank obligatsiyalari bo'yicha foiz bo'lib xizmat qiladi. Rezerv fond foydadan ajratmalar hisobiga shakllanadi.
Bank amaliyotida o'z kapitalining netto va brutto turlari farqlanadi. Bankning o'z kapitali - brutto - bankning barcha fondlari va balans bo'yicha taqsimlanmagan foydasi yig'indisiga teng. Bankning o'z kapitali - netto – bu kapital bruttodan o'z mablag'laridan kapital xarajatlarning oshgan qismini, yo'l qo'yilgan va potensial zararlar, sotib olingan xususiy aksiyalar va muddati 30 kundan ortiq bo'lgan debitor qarzlarni chegirib tashlangandan qolgan summaga teng. Shunday qilib, kapital - netto mavjud bo'lgan bank o'zida aks ettiradi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g'risidagi qonunga muvofiq, bankning o'z kapitali hajmi uning aktiv operatsiyalarini chegaraviy hajmini belgilab beradi. Shuning uchun ma'lum miqdor mijozlarga xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan bank (misol uchun, tarmoq banki) belgilangan normativlarga rioya qilgan holda, o'zlik kapitalining shunday miqdoriga egalik qilishi kerakki, toki u o'z doimiy mijozlarin ing asoslangan qarz mablag'lariga bo'lgan talablarini qondira olsin.
tijorat bankining o'z kapitali miqdori, uning aktiv operatsiyalar xarakteriga bog'liq bo'ladi. Bank olib borayotgan operatsiyalari kata tavakkalchilik bilan bog'liq bo'lishi, o'z mablag'larining nisbatan ko'p bo'lishini taqozo etadi. Bu hol, xususan, innovatsion banklarga tegishlidir. Agar bankning kredit portfelida minimum ssudalar ko'pchilikni tashkil qilsa, bankning mablag'lari nisbatan kam bo'lishi mumkin.
Bankning aktiv operatsiyalari xarakteriga qarab bank kapitali va uning turli darajadagi aktivlari o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o'rnatgan normativlari bankning o'z kapitali miqdorini aniqlashga bir qancha yo'nalishlar belgilab beradi.
Bank o'z kapitali tushunchasini keng ochib berish uchun shuni aytib o'tish kerakki, bank nazariyasida bank o'z mablag'i va o'z kapitali tushunchalari farq qiladi. ,,O'z mablag'i" tushunchasi - keng ma"noli, u o'z ichiga bankning ichki faoliyati Jarayonida tashkil topgan hamma passivlarni (bankning ustav, rezerv va boshqa fondlari, bank tashkil qilingandagi hamma rezervlarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini) oladi. Bankning o'z kapitali - bu hisob-kitob yo'li bilan aniqlanadigan kattalik. U iqtisodiy ma'nosiga ko'ra bank capital funksiyalarini bajaradigan o"zlik mablag'lami ichiga oladi.
Bankning o'z kapitali - bank vaqtincha jalb qilgan qarz laridan farqli o'laroq, bevosita bankning o'ziga tegishli bo'lgan mablag'lardir. Bank kapitalining boshqa korxonalar kapital idan farqi shundaki, bankning o'z kapitali aylanma mablag'larining 10 foizini, korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortiq foizni tashkil qiladi.
Bankning o'z kapitali deganda, bankning iqtisodiy barqarorligini ta'minlashga, ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni qoplashga qaratilgan maxsus tashkil qilinadigan fond va rezervlar tushuniladi. Bank kapitaliga ustav kapitali, rezerv kapitali, ta'sis foydasi, bank ixtiyorida qoldirilgan o'tgan va joriy yilda taqsimlanmagan foydasi, turli xarajatlarni qoplash uchun tashkil qilingan rezervlar kiradi va u bank faoliyatida muhim funksiyalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |