4. Jamiyatda vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larining yuzaga kelishi. Pul mablag’larini tijorat banklarida to’planishi
Ssuda kapitalisti o’z bo’sh kapitalini karzga bersa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larga tayanadi. Ssuda kapitalistining daromadi ssuda foizi bulsa, bankirning daromadi - bank foydasi xisoblanadi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, axoli bo’sh pullarini jalb qilish orkali katta xajmdagi kapitalni o’z kullarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi kapital xarakatini boshkarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar - kredit muassasalariga aylanishiga olib keladi.
Shunday qilib, bank faoliyati xalk xujaligi mavjud bo’lgan bo’sh mablag’larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni uy ichiga oladi. Bank o’z faoliyati davomida ma’lum daromadga ega bo’ladi. Bu daromad bank jalb kilgan resurslarga yo’llaydigan foiz bilan joylashtirgan resurslari bo’yicha oladigan foiz urtasidagi farvdan iborat bo’ladi.
Banklar bajaradigan funktsiyalar ularning bajaradigan vazifalariga karab turli xil bulishi mumkin- Bu mavzuda biz banklarga taalukli bo’lgan umumiy funktsiyalar tutrisida gapirib utmokchimiz. Keyingi mavzularda biz aloxida-aloxida olingan xolda birinchi va ikkinchi zveno banklarining funktsiyalari tugrisida fikr yuritamiz.
Shunday qilib, bank tizimi mikyosida olib karaydigan bulsak banklar kuyidagi funktsiyalarni bajaradi:
- vaktincha bo’sh turgan mablag’larni yirish va kapitalga aylantirish;
- kredit munosabatlarida vositachilik qilish;
- tulov jarayonlarida vositachilik qilish;
- muomalaga kredit vositalarini chikarish.
Xalk xujaligidagi vaktincha bo’sh turgan mablag’larni yigish va ularni kapitalga aylantirish - banklarning ilk funktsyalaridan biri xisoblanadi. Bu funktsiyaning amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, xuquqiy va jismoniy shaxslar jalb qilingan mablag’lari bo’yicha ma’lum mikdorda daromadga ega bo’ladilar, ikkinchi tomonidan bu mablag’lar banklarning kreditlash kudratini tashkil kiladi va bu resurslarga asoslangan xolda. banklar ssuda operatsiyalarini olib boradi. Vaktincha bo’sh mablag’lar banklar ishtirokisiz bir korxona (tarmok) tomonidan ikkinchi korxona (tarmok)ga vaktincha foydalanishga beriladigan bulsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda ma’lum kiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:
birinchidan, kreditga suralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin bo’lgan summa urtasida nomutannosiblik bulishi mumkin;
ikkinchidan, ortikcha bo’sh mablag’ga ega bo’lgan korxonaning mablag’larni vaktincha foydalanishga beradigan muddati mablag’ zarur bo’lgan korxonani kontougirmasligi mumkin;
uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalarni tugridan tugri kreditlashda karz beruvchi karz oluvchi korxonaning moliyaviy axvolini tulik urgana olmasligi mumkin.Karz oluvchining tulovga layokatsiz bulishi kreditor korxonaning xam moliyavy axvolining yomonlashuviga va boshka salbiy xollarga olib kelishi mumkin.
Xalk xujaligidagi barcha bo’sh mablag’larning bank tomonidan yigilishi natijasida vujudga keladigan kredit resurslar xisobidan karz oluvchi korxonaga zarur bo’lgan summada, zarur bo’lgan muddatda kredit berishga imkoniyat yaratadi.
Tijorat banklarining to’lov operatsiyalari orqali pul aylanmasining tartibga solinishi.
Iktisodiy rivojlanishining usishi bank kreditining sullanilish kulamini kengaytirib boradi. Kredit fakatgina xar kunlik faoliyat bilan boglik ishlab chikarish va muomala jarayonining kika muddatli extiyojlari uchun emas, balki uzoq muddatga kapitalga bo’lgan extiyojni koplashga yo’naltiriladi. 60-yillardan boshlab banklar yirik mijozlarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu maksadni amalga oshirish uchun banklar mablag’larni jalb vuglish mikyosini, iste’mol uchun kreditlar berish kulamini kengaytirdi.
Tulovlarda vositachilik funktsiyasida banklar o’z mijozlarining topshirigiga asosan tulov jarayonlarini amalga oshiradi, xisob varaklariga mablag’larni kabul kiladi, pul tushumlarining xisobini olib boradi, mijozlarga pul mablag’larini beradi.
Xisob-kitoblarning bank orkali olib borilishi muomala xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshka. mamlakat bilan kiyinchiliksiz o’z mablag’larini bank orkali o’z xisob varakasidan boshka korxona xisob varaqasiga yoki boshka mamlakat bankiga o’tkazishi mumkin.
Muomalaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai fakat vaktincha bo’sh mablag’lar va kapital bo’lib -kolmasdan, kredit asosida chek-depozit emissiyasi xam amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit mikdori mavjud jamg’armalardan ko’p bo’lsa, bank chek-depozit emissiyasini amalga oshirishi mumkin.
Undan tashkari, kredit yordamida muomalaga naqd pullar banknotalar chikariladi.
Bank kredit pullar chikarish depozitlar yaratish yo’li bilan to’laqonli pullar o’rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |