Банк рискларини бошқариш асослари ва уни такомиллаштириш.
Bank risklarining bank faoliyatidagi ahamiyati Har qanday iqtisodiy faoliyat foyda olishga qaratilganidek, tijorat banklari faoliyatidan ko‘zlangan natija ham birinchi navbatda foyda olishdir. U esa albatta risk bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu tufayli tijorat banklari oldida turgan birinchi maqsad–bu risk va foydalilik o‘rtasidagi optimal darajaga erishishdir. Riskning tub mohiyatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, «risk» so‘zi ispancha so‘zdan olingan bo‘lib, «suv ostidagi qoya» degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun ham risk xavf tug‘dirish ehtimoli mavjudligini ifoda qiladi. Taniqli lug‘atchi S.N.Ojegovning rus tili lug‘atida «risk» bu «muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisa, umid» degan ma’noni anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug‘atida riskga «xavf, zarar yoki talofat ko‘rish ehtimoli», deb qaralgan. Bank riski – bank faoliyatiga ta’sir qiluvchi iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy, siyosiy, texnologik ichki va tashqi omillarga bog‘liq bo‘lgan holatlar natijasida bank faoliyatiga xos bo‘lgan moliyaviy zararlar ko‘rish va bank likvidligi (bank o‘z majburiyatlarini vaqtida bajarish qobiliyati)ni to‘liq yoki qisman yo‘qotish xavfining mavjudligidir13 . Bank riski – deganda tijorat banklari va Markaziy bank faoliyatida moliya bozoridagi iqtisodiy konyukturaning o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan zarar ko’rish xavfi tushuniladi. Bank faoliyatida risklarning yuzaga kelishining quyidagi sabablari mavjud: bozorni yaxshi o‘rganmaslik; resurslarni jalb qilish va ularni joylashtirish sohasida ma’lumotlarning yetarli emasligi; kreditlanadigan loyiha, ob’yekt va mijozlar to‘g‘risida, ularning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumot va axborotlarning to‘liq emasligi; tarmoqlar faoliyati xususiyatining inobatga olinmasligi; sub’yektlar yoki mijozlarning ongi, saviyasi, mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha bilimi va maqsadlarining turli xilligi va boshqalar hisoblanadi. Bank risklarining turlari va xususiyatlari Bank risklari iqtisodiy risklar tizimiga kiradi, shuning uchun u tabiatan
murakkab tuzilgan. Tizim doirasida ular iqtisodiy risklar ta’sirini sezadilar. Ayrim
mualliflar bank riskining bank zararlari paydo bo‘lish ehtimoli sifatida ifodalashga
qo‘shilmaydilar va bu riskni qarorlarni qabul qilishda noaniq axborotlardan
foydalanish deb tushunadilar. Bilamizki, har qanday faoliyat turi ma’lum bir
turdagi risk bilan bog‘liq. Shu jumladan bank tizimida ham bir qator risklar
mavjud.
Birinchi yondashuvga ko‘ra umumiy bank risklar quyidagicha tasniflanadi Xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan bank risklari quyidagicha tasniflanadi Markaziy bank kredit risklari bilan bog‘liq quyidagi iqtisodiy me’yorlarni o‘rnatadi: Bank faoliyatini risksiz tasavvur qilish mumkin emas. Albatta risk har qanday biznesda ham bo‘ladi. Lekin faoliyat xususiyatidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, bank biznesi uchun risk albatta va darhol yuz beradigan jarayon hasoblanadi. Shu tufayli, bu yerda gap bank faoliyatida riskdan umuman qochish to‘g‘risida emas, balki uni oldindan ko‘ra bilish va minimal darajaga tushirish haqida boradi. Riskni boshqarish aksariyat hollarda bankning o‘z mablag‘larining bir qismini yo‘qotish “xavfi”, daromad ololmay qolish yoki moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida qo‘shimcha xarajatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lsada jarayonni ijobiy natija bilan yakunlashni maqsad qilib qo‘yadi. E'TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR !