2-rasm.AT “Aloqabank”kredit portfelining tarmoqlar bo’yicha tasnifi.2 Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin.
Almashuv kursining erkin shakllanishi sharoitida milliy valyutaning barqarorligi uning ichki harid qobiliyatini saqlash orqali erishiladi.
Bunda, erkin suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni ichki barqarorlashtiruvchi funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, to‘lov balansi bilan bog‘liq tashqi shok va qiyinchiliklar kuzatilganda almashuv kursining mos ravishda o‘zgarishi ekportyorlar va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Xulosa Tijorat banklarining samarali kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati bevosita ularni etarli darajada kredit resurslari bilan ta’minlanganligiga bog’liq.
Hozirgi kunda kredit siyosatini to’zishda har bir tijorat banki mustaqil bo’lib, ular kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini takomillashtirib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo’jalik sub’ektlarini kreditlash funktsiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lganligi uchun banklar faoliyatining samaradorligi va likvidliligini ta’minlash uchun avvalambor, banklarning kredit siyosatini turli ishlab chiqishga e’tibor berish zarur. Banklar oladigan daromadlar uning aktiv operatsiyalari natijasida, asosan kredit operatsiyalar tufayli vujudga kelishi banklar tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va o’tkazishni taqazo qiladi.
Ayni paytda Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy maqsadini ikki xil tushunilishini oldini olish va uning faoliyati asosiy yo‘nalishini aniq belgilab olish maqsadida qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
1994 yildan boshlab O‘zbekistonda amalga oshirilgan pul-kredit siyosati ham pul massasining keskin o‘sib ketishini oldini olish orqali milliy valyuta barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratildi. Bunda rezerv pullar va pul massasining o‘zgarishi operatsion hamda oraliq mo‘ljallar sifatida qo‘llanildi.
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kreditni tartibga solish davlatning iqtisodiy siyosatining elementlaridan biri bo'lib, muomaladagi pul massasini, kreditlar hajmini, foiz stavkalari darajasini va pul muomalasining boshqa ko'rsatkichlarini va kredit kapitali bozorini o'zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'plamidir. U barqaror iqtisodiy o'sishga, past inflyatsiya va ishsizlikka erishishga qaratilgan. Markaziy banklar to'g'risidagi qonunlarda ularning pul muomalasi barqarorligi va milliy valyuta kursi uchun javobgarligi ta'kidlangan.
Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirib, tijorat banklarining kredit faoliyatiga ta'sir ko'rsatmoqda va tartibga solishni iqtisodiyotga kredit berishni kengaytirish yoki kamaytirishga yo'naltiradi, ichki iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga, pul muomalasini kuchaytirishga va ichki iqtisodiy jarayonlarni muvozanatlashga erishadi. Shunday qilib, kreditga ta'sir butun iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yanada chuqurroq strategik maqsadlarga erishishga imkon beradi.
Pul-kredit siyosati pul nazariyasiga asoslangan bo'lib, u, xususan, pul va pul-kredit siyosatining umuman iqtisodiyot holatiga ta'siri jarayonini o'rganadi. Zamonaviy sharoitda iqtisodiyotning bozor modellari bo'lgan davlatlar pul-kredit siyosatining ikkita tushunchasidan birini qo'llaydilar:
kreditni kengaytirish siyosati yoki "arzon" pul;
kreditni cheklash siyosati yoki "qimmat" pul.
Markaziy bankning kredit kengayishi tijorat banklarining mablag'larini ko'paytiradi, bu esa berilgan kreditlar natijasida muomaladagi umumiy pul massasini ko'paytiradi. Kreditni cheklash tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini cheklashga va shu bilan iqtisodiyotni pul bilan to'ldirishga olib keladi.