Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning inspektsion tekshirish usuli. Reja: Kirish Asosiy qism: Inspektsion tekshirish haqida umumiy tushuncha


Inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank va uning filiallarining huquq va majburiyatlari



Download 25,64 Kb.
bet5/6
Sana27.03.2022
Hajmi25,64 Kb.
#513109
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tijorat banklarida Inspektsion tekshirish 100170021318

Inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank va uning filiallarining huquq va majburiyatlari:

    • Inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank va uning filiallari quyidagi huquqlarga ega:

    • tekshiruv guruhidan Markaziy bankning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishini hamda ularning xizmat guvohnomalarini ko‘rsatishni talab qilish va tanishish;

    • inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning inspeksiya (tekshirish) o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;

    • o‘z faoliyatlari inspeksiya qilinishi (tekshirilishi) to‘g‘risidagi tegishli axborotga ega bo‘lish;

    • inspeksiya (tekshiruv) hisobotining bir nusxasini olish;

    • qonunda belgilangan tartibda inspeksiya (tekshirish) natijalari ustidan shikoyat qilish.

Banklar va ularning filiallari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank va uning filiallari quyidagilarga majbur:
1. tekshiruv guruhiga inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
2. tekshiruv guruhiga amaliy yordam ko‘rsatish uchun biriktiriladigan xodimlarni tayinlash;
3. inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlarning asl nusxalari va boshqa axborotlarni berish;
Inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa berish, lozim bo‘lganda esa hujjatlar nusxalarini imzolangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etish.
Banklar va ularning filiallari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham o‘z zimmalariga olishlari mumkin.
Inspeksiya (tekshirish) natijalarini rasmiylashtirish.
Bank va uning filiallarida o‘tkazilgan inspeksiya (tekshiruv) natijasi inspeksiya (tekshirish) hisobotida aks ettiriladi.Inspeksiya (tekshirish) hisoboti uch nusxada tuzilib, ularning har biri tekshiruv guruhi rahbari va a’zolari, inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilgan bank yoki uning filiali rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi.Bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri inspeksiya (tekshirish) hisobotini imzolashni rad etgan taqdirda, ularning bu haqdagi asoslantirilgan fikr va e’tirozlari bayon etilgan tushuntirish xati taqdim etilishi shart.Inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri tomonidan imzolashning rad etilishi inspeksiya (tekshirish) hisobotini Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasiga taqdim etilmasligiga asos bo‘lmaydi.13
Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi imzolanmagan inspeksiya (tekshirish) hisobotini ko‘rib chiqish jarayonida bank va (yoki) uning filiali rahbari yoxud bosh buxgalteri tushuntirish xatida keltirilgan asoslangan fikr va e’tirozlarni inobatga olishi shart. Markaziy bankning farmoyishi asosida o‘tkazilgan banklar va ularning filiallaridagi inspeksiya (tekshirish) hisoboti quyidagilarga taqdim etiladi:
1. Banklar yoki ularning filiallariga — inspeksiya (tekshirish) davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun;
2. Markaziy bankning Banklarda o‘tkazilgan tekshirish hisobotlarini ko‘rib chiquvchi ishchi organiga — inspeksiya (tekshirish) natijasi bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini o‘rganish, ularni bartaraf qilish hamda kelgusida takrorlanmaslik choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish uchun;
Markaziy bankning tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilmasiga ma’lumot uchun. Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasining farmoyishi asosida o‘tkazilgan banklar va ularning filiallaridagi inspeksiya (tekshirish) hisoboti quyidagilarga taqdim etiladi:
1. Banklarning filiallariga — inspeksiya (tekshirish) davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun;
2. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga — bank filiallarida o‘tkazilgan tekshirishlar natijalarini ko‘rib chiquvchi ishchi organ yig‘ilishida xato va kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini muhokama qilish, ularni bartaraf qilish hamda kelgusida takrorlanmaslik choralarini ko‘rish uchun;.
Inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish davomida bank va (yoki) uning filialida zudlik bilan tegishli choralar qo‘llanilishini taqozo qiladigan holatlar aniqlanganda, tekshiruv guruhi tomonidan inspeksiya (tekshirish) muddati tugashini kutmagan holda oraliq dalolatnoma tuziladi va Markaziy bankka taqdim etiladi.


Xulosa.
Xulosa qilib aytganda menga berilgan kurs ishi bo’yicha qilgan izlanishlarim, ma’lumotlar to’plashim, ularni taqqoslab o’zim uchun kerakli bo’lgan bilimlarni o’rganishimda va “Bank nazorati va tahlili” fanidan kurs davomida o’rgangan bilimlarimni yana takrorlab, menga berilgan mavzu bo’yicha yanada chuqurroq bilimlarga ega bo’lishimga katta yordam berdi.
Inspektsion tekshirishning turlari mavzusidagi kurs ishi yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi:
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda samarali nazorat mexanizmi har bir xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati uchun zarur. Chunki mablag’lar va boshqa mol-mulkdan unumli foydalanish ushbu subyektning kelgusi faoliaytiga ijobiy tasir ko’rsatadi. Xuddi shunday tijorat banklari iqtisodiyotning qon tomiri bo’gani uchun bajarilayotgan operatsiyalarning meyoriy hujjatlarga muofiqligi, pul mablag’lari va boshqa mol-mulkdan samarali faydalanish, banklarning noqonuniy faoliyatga jalb qilinishini oldini olishda ichki nazorat tizimining o’rni katta. Bugungi kunda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning sifat darajasini oshirishda xalqaro tashkilotlar, xususan FATF ( Financial Action Task Force) va uning hududiy guruhlari tajribasi, shuningdek rivojlangan mamlakatlar bank tizimida yo’lga qo’yilgan nazorat mexanizmlari usullaridan keng foydalanish maqsadga muofiq bo’ladi. Bizningcha, Yevropa banklarida amal qilayotgan nazorat usullarining ko’pgina ijobiy tomonlarini mamlakatimiz bank tizimiga tadbiq qilish kerak. Masalan, bu borada asosiy diqqat-e’tibor nazorat tizimi xodimlariga qo’yiladigan talablarni oshirish va ular malakasini doimiy ko’zatib borishga qaratilishi kerak. Ichki nazorat avvalo aksionerlar va mijozlar manfaatiga xizmat qiladi, shuning uchun bankning yuqori boshqaruv organi faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarishda kuchli nazoratga asoslangan menejmentni shakllantirishga katta e’tibor berishi lozim. Aks holda Markaziy bank tomonidan ushbu bank faoliyatiga jiddiy to’siqlar qo’yilishi va hattoki operatsiyalarni amalga oshirish huquqidan maxrum etishi ham mumkin. Nazorat tizimini xalqaro Bazel qo’mitasi takliflari asosida va rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda tashkil qilish uning samarali faoliyat yurishida xal qiluvchi omildir.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki distantsion va joylarda nazorarni tashkil etadi.Joylarda tashkil etiladigan inspeksiya tekshiruvlari CAMEL tizimiga asoslangan holda amalga oshiriladi. CAMEL tizimi uning mohiyatiga xos ravishda tijorat banklari faoliyatining barcha muhim komponentlari, ya’ni capital. Aktivlar, boshqaruvchilik mqobilyati, daromadlilik, likvidni boholashga imkon beradi.



Download 25,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish