6.2. Bank xarajatlari tahlili
Bank daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarini ka-
maytirishga bog‘liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqi-
yatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
Xarajat –
bu pul vositasini ishlab chiqarish (bank) va
noishlab chiqarish (nobank) faoliyatlariga ishlatish (xarajat
qilish) tushuniladi.
Odatda, bank xarajatlari quyidagicha tasniflanadi:
1. Operatsion xarajatlar:
1.1. Foizli xarajatlar.
1.2. Komission xarajatlar.
1.3. Moliya bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar.
1.4. Boshqa operatsion xarajatlar.
2. Bank faoliyatini funksionallashtirishni ta’minlashi
bo‘yicha xarajatlar.
3. Boshqa xarajatlar.
Bank operatsiyalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xa-
rajatlar operatsion xarajatlar deyiladi. Ularni to‘g‘ri y oki
o‘zgaruvchan xarajatlar deyish mumkin. Chunki xarajat-
ning kattaligi bank amalga oshirgan operatsiya hajmiga
to‘g‘ ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Bankning xarajatlari strukturasi ishlab chiqarish korxo-
nasinikiga nisbatan boshqacha bo‘ladi. Bankda xomashyo
va materiallarga katta xarajatlar yo‘q, eksplutatsiya va asosiy
114
vositalarning xizmatlariga xarajatlar qiyosan unchalik kat-
ta emas, hattoki ish haqiga to‘lov ham bank xarajatlari-
ning umumiy summasida katta ulushga ega emas. Bank xa-
rajatlari strukturasi ko‘proq savdo-vositachilik korxonala-
ri xarajatlari strukturasini eslatadi. Mablag‘larni joylashti-
rishdan daromad olish uchun avvalo, bu mablag‘larni jalb
qilish kerak. Kredit va qo‘yilmalarning bir qismi bankning
o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, kredit resurs-
larining asosiy qismini jalb qilingan mablag‘lar tashkil qi-
ladi. Jalb qilingan mablag‘larga esa bank foiz to‘lashi ke-
rak. Odatda, bank xarajatlarining katta qismini jalb qilin-
gan mablag‘larga xarajatlar tashkil qiladi. Bu to‘lovlar fo-
iz shaklida amalga oshirilganligi uchun, bu xarajatlar foiz-
li
deyiladi.
Kredit faoliyati bilan aktiv ishlaydigan universal bankda
foizli xarajatlarining ulushi hamma xarajatlarining deyar-
li 70 %ini tashkil etishi mumkin. Foizli xarajatlarning kat-
taligi va ularning xarajatlar umumiy hajmidagi ulushi bank
passivlari tuzilishiga bog‘liq. Aholi omonatlari va banklara-
ro kreditlar bank uchun qimmatli hisoblanadi. Shuningdek,
banklar yuridik shaxslar depozitlari va chiqarilgan qarz maj-
buriyatlariga (obligatsiya, foizli veksellar va depozit sertifi-
katlari) nisbatan katta foizlar to‘laydi. Bank uchun eng ar-
zon xarajat bo‘lib, yuridik shaxslarning hisob-kitob va joriy
hisob raqami, jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha
hisob raqami mablag‘lariga to‘lanadigan to‘lovlar hisobla-
nadi.
Bank majburiyatlari strukturasida bu mablag‘lar ulushi
qancha ko‘p bo‘lsa, foizli xarajatlar shuncha kam bo‘ladi va
bank foydasi ko‘payadi.
Bank foizli xarajatlarini uning umumiy hajmiga nisba-
tan o‘sishi, bankning kredit resurslarini oladigan bozor kon-
yunkturasining yaxshi emasligidan yoki bankning bu bo-
zorlardagi raqobat mavqeyini yomonlashganligidan dalolat
115
beradi. Foizli xarajatlarning o‘sishi, foizli daromadlarning
adekvat o‘sishi bilan yonma-yon borsa, bu hol normal hi-
soblanadi. Foizli daromadlarning o‘sish sur’ati foizli xara-
jatlarning o‘sishidan o‘zib ketsa, bu hol bank uchun ideal
hisoblanadi.
Odatda, moliya bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha xara-
jatlarni alohida guruhga ajratishadi. Bank bu bozorlardan
qimmatliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha daromadlar ola-
di (qimmatli qog‘ozlar, chet el valutalari, qimmatli metallar
va boshqalar), xarajatlarga esa, qimmatliklarni olish uchun
ketgan sarflar kiradi. Bank kuponli obligatsiya sotib ola-
yotganida yig‘ilgan kuponli daromadlarni to‘lashiga to‘g‘ri
keladi. Kuponsiz qimmatli qog‘ozlar odatda, diskont bilan
sotib olinadi. Moliya bozori konyunkturasi yomonlashgan-
da, qimmatli qog‘ozlar, chet el valutasi va boshqa mulklar-
ni qayta baholash natijasida bank anchagina xarajatlar qili-
shiga to‘g‘ri keladi.
Bevosita aniq bank operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan
boshqa xarajatlar: aylanmadan har xil soliqlar (masalan:
chet el valutasini sotib olishga soliqlar), mijozlar to‘lovlari
bo‘yicha pochta va telegraf xarajatlari va boshqalar. Bu xa-
rajatlar boshqa operatsion xarajatlar deyiladi.
Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar,
bankni
funksionallashtirishni ta’minlash bilan bog‘liq, ammo aniq
operatsiyalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri bormaydigan xarajatlar bu
guruhga kiradi. Iqtisodiy nazariyada ularni egri yoki shartli-
doimiy xarajatlar deyiladi.
Aktivlari hajmi kichik va o‘rta bo‘lgan banklarda bu xa-
rajatlar summasi unchalik bilinmaydi. Jalb qilingan va joy-
lashtirilgan resurslari hajmi katta bo‘lgan yirik banklarda
bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar umumiy xa-
rajatlarning 10–12 %ini tashkil etadi.
Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar tarkibiga
quyidagilarni kiritish mumkin:
116
1.
Personalga xarajatlar (ish haqi, mukofot, moddiy yor-
dam, xodimlarga har xil imtiyozlar berish, komandirovka
xarajatlari, personalni izlash va o‘qitish bo‘yicha xarajatlar,
mehnatni muhofazalash xarajatlari va boshqalar).
2.
Bino va inshootlarga xarajatlar (ijara, amortizatsiya,
binolar remonti va ekspluatatsiyasi, kommunal to‘lovlar,
yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, binoni qo‘riqlashga xarajatlar
va boshqalar).
3.
Ish joyini asbob-anjomlar bilan ta’minlashga xarajat-
lar (sotib olish, remont, bank uskunalari xizmati va asran-
ganligi: kompyuter, mebel, qo‘riqlash, signalizatsiya, seyf,
hisob mashinalari, valuta detektorlari va boshqalar).
4. Reklamaga xarajatlar.
5. Bank faoliyatini informatsion ta’minlashga xarajatlar
(vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan nashrlar, maxsus adabi-
yotlarni sotib olish va yozilish, informatsion mahsulotlar va
tashqi agentlar xizmatiga to‘lovlar, marketing izlanishlari-
ga xarajatlar).
6. Aloqa va telekommunikatsiyaga xarajatlar (aloqa ka-
nallarini o‘tkazish va ijarasi, telefon va Internet xizmatiga
to‘lovlar va boshqalar).
7.
Do'stlaringiz bilan baham: |