Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/120
Sana05.06.2022
Hajmi6,47 Mb.
#639469
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   120
Bog'liq
bank aktiv va passivlarini boshqarishpdf

Nazorat uchun savollar 
1. Tijorat banklarining foizli daromadlari tarkibiga qaysi daromadlar kiradi? 
2. Tijorat banklarinng foizsiz daromadlari tarkibiga qaysi daromadlar kiradi? 
3. Tijorat banklarining foizli xarajatlari tarkibiga qaysi xarajatlar kiradi? 
41
О.И. Лаврушин. Банковское менеджмент . - Москва: ЮРИСТЬ, 2003. – С. 225-226.


220 
4. Tijorat banklarining foizsiz xarajatlari tarkibiga qaysi xarajatlar kiradi? 
5. Tijorat banklarining daromadlarini tavsiflovchi qanday ko’rsatkichlar 
mavjud? 
6. Tijorat banklarining xarajatlarini tavsiflovchi qanday ko’rsatkichlar 
mavjud? 
7. Tijorat banklari daromadlari va xarajatlarini boshqarishda qaysi usullardan 
foydalaniladi? 
 
 


221 
18-BOB. TIJORAT BANKLARI FOYDASI VA UNI TAQSIMLASH
 
18.1. Tijorat banklari foydasining mohiyati 
Tijorat banklarining foydasi ular faoliyatining moliyaviy barqarorligini 
ta’minlashning birlamchi manbai hisoblanadi. Shu sababli, tijorat banklari 
faoliyatini boshqarishda foydaning barqaror darajasini ta’minlashga alohida e’tibor 
qaratiladi. 
Tijorat banklarida foydaning ikki turi mavjud: 
1. Joriy yilning sof foydasi. 
2. O’tgan yilning taqsimlanmagan foydasi. 
Moliyaviy yilning so’nggi kuni, ya’ni 31 dekabr kuni tijorat banklarida 
barcha daromad va xarajat schetlari yopiladi. Shunda daromadlarning xarajatlardan 
ortib qolgan qismi joriy yilning sof foydasi deyiladi.
Joryi yilning sof foydasidan faqat bitta xarajat moliyalashtiriladi, ya’ni oddiy 
aktsiyalar egalariga dividend to’lanadi. 
Joriy yilning sof foydasini dividendlar to’langandan keyin qolgan qismi 
o’tgan yilning taqsimlanmagan foydasi deyiladi. 
Xalqaro bank amaliyotidan ma’lumki, dividend siyosatini yuritishning 
asosiy omillardan biri, etarli darajada axborotlarga ega bo’lish, uni qiymatini 
baholay olish va dividend to’lovlarining amaliyotdagi samarasini tahlil qilishi 
hisoblanadi. Bank, foydasining tushib ketishiga qaramasdan, moliya bozorida 
dividend to’lovlarini kamaytirmasligi uning aktsiyalariga nisbatan fond bozorlari 
ishonch bilan qarashiga asos bo’ladi. Demak, bankning barqaror dividend 
siyosatini yuritishi, bank foydasining tushib ketgan bo’lishiga qaramasdan,
aktsiyadorlar uning kelajagiga ishonch bilan qarashiga sabab bo’ladi. Shunday 
qilib bank boshqaruvchilari, moliya bozorida barqaror dividend siyosatini yuritish 
natijasida moliyaviy qiyinchiliklarni vaqtinchalik engib o’tishi mumkin. Albatta, 
bank ushbu holatni moliyaviy bozorda uzoq vaqt ushlab turolmaydi, natijada 
bankning moliyaviy muammolari uning dividend siyosatidagi nobarqarorliklarni 
yuzaga keltiradi. 


222 
Xalqaro bank amaliyotida shu narsa namoyon bo’ladiki, tijorat banklarining 
dividend siyosatini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirishni ta’minlaydigan muhim 
omillardan biri milliy valyutaning almashuv kursini va inflyatsiya darajasini 
barqarorligi hisoblanadi. Har bir aktsiyador bankning ustav kapitaliga qo’ygan 
mablag’ining real qiymati saqlanishidan manfaatdordir. Ushbu mablag’ning real 
qiymati esa inflyatsiya va almashuv kursining tebranishiga bog’liq bo’ladi. 
Inflyatsiya darajasining oshishi va milliy valyuta almashuv kursining pasayishi 
milliy valyutada yozilgan aktsiyalarning real qiymatini pasayishiga olib keladi. 
Agar, tijorat banki tomonidan to’lanayotgan dividendlar darajasi inflyatsiya va 
milliy valyutaning almashuv kursini o’zgarishi natijasida pasayadigan qiymatni 
o’rnini qoplashga etmasa, u holda bu bank aktsiyalariga bo’lgan talab keskin 
pasayadi. Bu o’z o’rnida, bankning muomaladagi aktsiyalari bozor bahosining 
pasayishiga va yangi aktsiyalar chiqarish hisobidan ustav kapitali hajmini oshirish 
imkoniyatini cheklanishiga olib keladi. Buning ustiga, aktsiyadorlarning ma’lum 
qismi ixtiyoridagi oddiy aktsiyalarni sotish payiga tushib qoladilar, buning
natijasida bank ustav kapitalining miqdori kamayadi. Shuning uchun ham
rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida aktsiyalarga dividend to’lashda 
inflyatsiya darajasi albatta hisobga olinadi. Lekin milliy valyutaning almashuv 
kursini dividend to’lashda hisobga olish xalqaro bank amaliyotida qo’llanilmaydi.
G’arbiy Evropa mamlakatlarida, AQSh va Yaponiyada inflyatsiyaning 
mu’tadil darajasi saqlab turiladi. Agar, inflyatsining yillik darajasi 3 foizdan 
oshmasa, uning darajasi mu’tadil hisoblanadi. Shuning uchun ham, mazkur 
mamlakatlarning tijorat banklari faoliyatida inflyatsiya muammosi deyarli 
uchramaydi.
Tijorat banklarining foydasining miqdoriga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi 
omillardan biri bo’lib, tasniflangan kreditlar tarkibining o’zgarishi hisoblanadi. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish