Foiz stavkalari
Krеditlar bo’yicha foiz miqdorlarini bеlgilashda rеsurslar qiymati, krеdit bo’yicha xizmat ko’rsatishga doir kutilayotgan xarajatlar, vositachilik haqi, ma'muriy sarflar, ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zaxiralar va bank marjasi baholanishi zarur.
Krеdit xodimlari bankning har bir funktsional bo’linmasi uchun ishlab chiqilgan qarz oluvchilarning toifalari bo’yicha daromadlilikning amaldagi modеllaridan, krеditlarning turlari bo’yicha foiz miqdorlari, shuningdеk krеdit qo’mitasining tavsiyalaridan foydalanadilar.
Bankning hududiy filiallari tomonidan ajratilayotgan krеditlar bo’yicha foiz
stavkalari bank Boshqaruvi tomonidan o’rnatilgan miqdorlarda bеlgilanadi.
“O‘zsanoatqurilishbank”ATB Qibray filialida ajratiladigan quyidagi kredit turlari bilan tanishib chiqdim:
“Jismoniy shaxslar uchun mikroqarzlar” – bank tomonidan mikroqarzlar eng kam ish haqining 100 barobari miqdoridan oshib ketmagan summada to’lovlilik, muddatlilik, ta’minlanganlik va qaytarish shartlari asosida beriladi. Bu kredit yillik 30% dan kam bo’lmagan miqdorda 12 oygacha ajratilib, mikroqarz ajratilishida 3 oydan oshmagan muddatga imtiyozli davr qo’llanilishi mumkin.
Ta’minot sifatida bank yoki sug’urta tashkiloti kafolati, sug’urta polisi, to’lovga qobiliyatli uchinchi shaxsning kafilligi, mol-mulk yoki qimmatli qog’ozlar taqdim etilshi mumkin. Ta’minot miqdori mikroqarz summasining 125 foizining kam bo’lmasligi lozim.
Bankka taqdim etiladigan hujjatlar:
Pasport yoki pasport o’rnini bosuvchi hujjat nusxasi
Oxirgi 12 oydagi daromadlar to’g’risida ish beruvchi tomonidan berilgan ma’lumotlar
Ta’minotga oid tegishli hujjatlar
“Iste’mol krediti” – iste’mol tovarlari, ishlar va xizmatlarni sotib olish uchun beriladigan kredit turi hisoblanadi.
Asosiy shartlari:
O’z faoliyati natijasida olingan doimoy daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga ega bo’lgan jismoniy shaxslarga beriladi
Iste’mol tovarlari, ishlar va xizmatlar sotib olish uchun eng kam ish haqining 200 barobarigacha miqdorida yillik 30%dan kam bo’lmagan stavkada 36 oyga boshlang’ich badal to’lovisiz beriladi
Maishiy texnika va orgtexnika sotib olish uchun eng kam ish haqining 60 barobarigacha miqdorda yillik 28%dan kam bo’lmagan stavkada 12 oyga boshlang’ich badal to’lovisiz beriladi.
Kredit naqd pulsiz mablag’ ko’chirish yo’li bilan ajratiladi. Yosh oilalarga Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida 6 oy imtiyozli davr bilan beriladi.
Kredit hajmining 125% miqdorida (bank yoki sug’urta tashkiloti kafolati, sug;urta polisi, to’lovga qobiliyatli uchinchi shaxs kafilligi, mol-mulk yoki qimmatli qog’ozlar).
Bankka taqdim etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi
- oxirgi 12 oydagi daromadlar to’g’risida ish beruvchi tomonidan berilgan ma’lumotnoma
- qarz oluvchi va iste’mol tovarlar ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi tashkilot o’rtasida oldi-sotdi hisob shartnomasi
- ta’minotga doir tegishli hujjatlar
- qarz oluvchi yosh oila sifatida kredit olish uchun murojaat qilganda, yosh oila ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar nusxasi.
“Ipoteka” krediti – “O’zsanoatqurilishbank” ATB tizimida uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va uy-joy sotib olishga ipoteka krediti ajratiladi.
Bank tomonidan ipoteka kreditlari muomalaga layoqatli, doimiy ish joyiga ega, yashash joyida ro’yhatdan o’tgan, o’z faoliyati natijasida olingan daromadga va boshqa daromadlarga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Kredit uy-joy qiymatining 75% miqdorida beriladi va qolgan 25% qarzdor tomonidan badal sifatida qo’yiladi. Yosh oilalarga imtiyozlar qo’llaniladi.
Ipoteka krediti imtiyozlari:
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurishga
Yakka tartibda uy-joyni rekonstruksiya qilishga
Yakka tartibdagi uy-joy yoki ko’p qavatli uydagi kvartirani sotib olishga
Bankka taqdim etiladigan hujjatlar:
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarz oluvchining yer uchastkasiga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi
Qarz oluvchi va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari to’g’risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan ma’lumotnoma
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va qarz oluvchi tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi uy-joy loyihasining nusxasi
Qarz oluvchi boshlang’ich badalni to’laganligini tasdiqlovchi hujjat (omonat kitobchasidan nusxa, ko’chirma yoki ma’lumotnoma)
Qarz oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi
“Overdraft krediti” – mijozlarga ish haqi va pensiya hisob kitobi uchun bank tomonidan emissiya qilingan plastic kartochkaga pul o’tkazish yo’li bilan ajratiladi. Bunda, mijozning so’roviga asosan “UzPSB Mobile” ilovasi orqali kredit beriladi.
Overdraft kredit mijozning plastic kartasiga oxirgi 12 oy davomida faqat ish haqi va unga tenglashtirilgan tushumlarning o’rtacha 3 oylik miqdorida (lekin amaldagi eng kam oylik ish haqining 100 barobaridan oshmagan holda) kredit liniyasini ochish yo’li bilan beriladi.
Asosiy shartlari:
Kredit foizi yillik 28%ni tashkil qiladi
Kreditdan foydalanish muddati 12 oy, bunda oxirgi 4 oy davomida kreditning maksimal miqdoridan 25% kamaytirilib boriladi, oxirgi oyida kredit ajratilmaydi
Plastik kartaga ish haqi va pensiya to’lovlari kirim qilinishi bilan olingan kredit qarzdorliklarini so’ndirish uchun mablag’lar avtomatik tarzda chiqim qilinadi, to’langan kredit doirasida qo’shimcha ravishda kredit olish imkoniyati paydo bo’ladi.
Bankka taqdim etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi
-oxirgi 12 oydagi daromadlar to’g’risida ish beruvchi tomonidan berilgan ma’lumotnoma
-ta’minotga doir tegishli hujjatlar
Kredit ta’minoti:
Ta’minot sifatida bank yoki sug’urta tashkiloti kafolati, sug’urta polisi, to’lovga qobiliyatli uchinchi shaxsning kafilligi, mol-mulk yoki qimmatli qog’ozlar taqdim etilshi mumkin. Ta’minot miqdori mikroqarz summasining 125 foizining kam bo’lmasligi lozim.
“Kichik biznes uchun mikrokreditlar” – “O’zsanoatqurilishbank”ATB tomonidan kichik biznesni rivojlantirish maqsadida uzoq va qisqa muddatli kreditlar ajratiladi.
Kredit qarz oluvchi tadbirkorning o’zini- o’zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:
Faoliyatni boshlash uchun aylanma mablag’larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga – 12 oygacha
Aylanma mablag’larni to’ldirishga
Kredit ajratish shakli:
Kredit pul ko’chirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Kredit foizi:
Kredit foizi tomonlar o’rtasidagi o’zaro kelishuv asosida belgilanadi.
Kredit ta’minoti:
Kredit ta’minoti sifatida qonunchilikda belgilangan ta’minot turlari taqdim qilinishi mumkin.
Bankka taqdim etiladigan hujjatlar:
Ariza
Qarz oluvchi bank hisobvarag’idagi pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko’rsatilgan biznes-reja
Qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilingan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-sonli shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-sonli shakl)
Garov ta’minotiga tegishli hujjatlar
Bank tomonidan zarur hollarda mijozning yuridik maqomi va faoliyatidan kelib chiqib qo’shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
“Kredit karta” – egasi belgilangan limit doirasida istalgan savdo nuqtalaridan to’lovlarni amalga oshirishi yoki bankomatlardan naqd pul yechishi mumkin.
Asosiy shartlari:
Kredit foizi yillik 28%
Kredit eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida ajratiladi
Kreditdan foydalanish muddati 12 oy, bunda oxirgi 4 oy davomida kreditning maksimal miqdoridan 25% kamaytirilib boriladi, oxirgi oyida kredit ajratilmaydi
Mijozning oylik ish haqi kartasiga mablag’lar kirim qilinganda “Kredit karta” dagi qarzdorlik avtomat ravishda so’ndiriladi va “Kredit karta” dagi limit miqdori mutanosib ravishda oshadi.
Bankka taqdim etiladigan hujjatlar:
Passport yoki passport o’rnini bosuvchi hujjat nusxasi
Oxirgi 12 oydagi daromadlar to’g’risida ish beruvchi tomonidan berilgan ma’lumotnoma
Ta’minotga tegishli hujjatlar
Kredit ta’minoti:
Ta’minot sifatida bank yoki sug’urta tashkiloti kafolati, sug’urta polisi, to’lovga qobiliyatli uchinchi shaxsning kafilligi, mol-mulk yoki qimmatli qog’ozlar taqdim etilshi mumkin.
Xulosa
Milliy ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi, jamiyatimizdagi amalga oshirilayotgan isloxotlarni yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan chambarchas har tomonlama bog’langan bo’lishi kerak. Fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda ishlab chiqarish amaliyotni o’rni beqiyosdir.
Bank tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashda ishlab chiqarish amaliyotiga katta axamiyat beriladi. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish amaliyoti davrida nazariy bilim amaliyot bilan bog’lanadi va talaba universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda sinab ko’radi.Ishlab chiqarish amaliyotimning asosiy maqsadi amaliyot vaqtida tijorat banki, uning tarkibiy tuzilishi, bank faoliyatining huquqiy asoslari xamda bank bo’limlari faoliyati to’g’risida tushunchaga ega bo’lish. Bundan tashqari amaliyot davrida malakali bank xodimlari bilan bevosita muloqotda bo’ldim va buning natijasida bank faoliyati to’g’risida etarli darajada dunyoqarash shakllandi. Tanishuv amaliyotda tijorat banki faoliyatidagi amaliy ma’lumotlar bilan tanishdim. Amaliyot vaqtida kerakli amaliy ma’lumotlardan foydalanadim. Ishlab chiqarish amaliyot vaqtida bevosita tijorat banklarining jamoat hayotida ishtirok etdim va bank ichki tartibiga qat’iy amal qildim.
O’zbekiston bank tizimini izchil rivojlantirish respublika iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bo’lib, uning rivojlanishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda respublikada bank tizimi shakllanishi va rivojlanishi tarixiga doir masalalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritib berishda, uning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratish va ayrim aniqliklarni kiritish lozim.Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev Oliy majlisga murojaatnomasida “Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to’liq xalos bo’la olmaymiz.
2018 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga asosiy e’tiborni qaratish zarur”15 diya ta’kidlab o’tgan edi. Mamlakatimizda zamonaviy bozor iqtisodiyotini barpo etish borasida misli ko’rilmagan o’zgarishlar amalga oshirilayotgan bo’lib, tadbirkorlik va xususiy mulkka asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar tizimining yaratilayotganligi buning yaqqol isboti bo’la oladi. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sektori dunyoning deyarli barcha mamlakatlari va mintaqalarida asosiy rivojlanish manbaiga aylangan.
Bankda o’tkazgan 6 haftalik tanishuv amaliyotim maroqli, foydali va yangi bilimlarga boy bo’ldi. Amaliyot davomida yetarlicha ko’nikma va malakaga ega bo’ldim, shu bilan birga bank sohasiga bo’lgan qiziqishim ham yanada ortdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |