Tibbiyotda axborot texnologiyalari


Kibernetik tizimlarni quyidagi uch sinfga ajratish



Download 9,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/216
Sana31.03.2022
Hajmi9,38 Mb.
#521688
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   216
Bog'liq
Tibbiyotda axborot texnologiyalar darslik Bazarbayev 2018

Kibernetik tizimlarni quyidagi uch sinfga ajratish 
mumkin: 
1.
 
Tabiiy tizim
– boshqarish qurilmasi tabiat tomonidan 
yaratiladi (masalan. DNK moddasi, odam miyasi). 
2.
 
Avtomatlashtirilgan tizim
– boshqarish vazifalarining bir 
qismi avtomatga berilgan bo‗lib, xulosani inson chiqaradi. 
3.
 
Avtomatik tizim
– barcha boshqarish jarayonlari avtomatga 
berilgan. 
Maqsadli yo‗naltirilgan boshqarishning vazifasi tizimni bir 
holatdan boshqa – yangi holatga o‗tkazishdan iborat. Bu o‗tkazish 
ko‗p vaqt, mehnat, modda yoki energiyani sarf qilish orqali 
amalga oshirilishi mumkin. 
Boshqarish obyekti, ya‘ni boshqariluvchi dinamik tizim 
sifatida turli-tuman tabiatli to‗plamlar, jumladan, jonli mavjudot, 
o‗simliklar to‗plamini o‗z ichiga olishi ham mumkin. Boshqarish 
obyektlari sifatida faoliyati ma‘lum maqsadga erishishga 
mo‗ljallangan kishilar jamoasi olinishi mumkin. Masalan, 
rejalashtirish, 
ta‘minot, moliya, transport, aloqa, savdo 
xizmatlarini yo‗lga qo‗yish tashkilotlari boshqarish obyektlaridir. 
 
OPTIMAL BOSHQARISH 
Texnologik jarayonlar faqat odam tomonidan boshqarilganda 
harakatda kechikish, xom-ashyoni ortiqcha sarflash hollari ro‗y 
berishi mumkin. Hozirgi zamon ishlab chiqarishida odam ishlab 
chiqarish jarayonining qoniqarli yoki qoniqarsiz ekanligini o‗z 
vaqtida baholashga, shuningdek, zarur aniqlikda kerakli 
parametrlar – temperatura, bosim va boshqalarni o‗lchashga 
ulgurmay qolishi tabiiy holat deb qaraladi. 
Bu 
vaziyatdan 
chiqish 
uchun 
boshqarish 
jarayonini 
avtomatlashtirish zarur, boshqarishning avtomatlashtirilishi esa 
masalani optimal (eng maqbul) hal etishga olib keladi. 
Boshqarishni texnik qurilmaga (robot, kompyuter va h.k.) berish 
bilan masala hal bo‗lib qolmaydi. Chunki, birorta ham texnik 
qurilma mantiqiy masalalarni o‗z-o‗zidan hal qilavermaydi. Unga 


bajariladigan harakatlarni aniq ko‗rsatuvchi dastur kiritish talab 
etiladi. Ravshanki, ishlab chiqarish jarayoni aniq bo‗lishi uchun 
unga kiritiladigan dastur buyruqlari har tomonlama o‗ylangan 
bo‗lmog‗i lozim. Avtomat «yaxshiroq bajar», «po‗latni erit», 
«gaykani qotguncha bura» kabi buyruqlarni tushunmaydi, shuning 
uchun ushbu talablarning mazmuni aniq ko‗rsatilishi kerak. 
Buning uchun jarayonni boshqarish bilan bog‗liq miqdoriy 
nazariya zarur. Aniq boshqarish jarayonini o‗rganishdan tashqari 
har qanday holatda ham bir xil tamoyilga asoslanadigan umumiy 
boshqarish nazariyasi zarur bo‗ladi. 
Bunday nazariyani yaratish zaruriyati 50-yillarda paydo 
bo‗ldi. Buning sababi elektron hisoblash mashinalarining keskin 
rivojlanishi va ularni ishlab chiqarish, transport, tibbiyot, 
iqtisodiyot va boshqa sohalarda boshqarish maqsadida joriy 
etilganligidadir. 
N. 
Vinnerning 
boshqarish 
masalalarini 
o‗rganishi 
kibernetikaning paydo bo‗lishiga olib keldi. R. Bellman va uning 
xodimlarida dinamik dasturlash fikri tug‗ildi. L.S. Pontryagin va 
uning shogirdlari jarayonlarni optimal boshqarish matematik 
nazariyasini yaratdi. 1939-yili L.V. Kantorovich chiziqli 
dasturlash masalasini matematik ko‗rinishda ifodaladi. 

Download 9,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish