Tibbiyotda axborot texnologiyalari


(70-yillarning boshida) –



Download 9,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/216
Sana31.03.2022
Hajmi9,38 Mb.
#521688
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   216
Bog'liq
Tibbiyotda axborot texnologiyalar darslik Bazarbayev 2018

(70-yillarning boshida) – 
katta EHM va ular 
asosida yaratilgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) 
va ma‘lumot izlovchi tizimlari «elektron» texnologiyalari; 


5-bosqich
(80-yillarning o‘rtalaridan boshlab) – 
shaxsiy 
kompyuterga asoslangan kompyuteriy texnologiya. 
Hozirgi kunda o‗quv jarayonida quyidagi AKTlari ishlatiladi: 
elektron 
pochta, 
audiopochta, 
elektron 
kalendar, 
telekonferentsiya, auidiokonferentsiya, videokonferentsiya, chat 
va boshqalar. 
Ta’lim tizimida AKTlar asosan to‘rt yo‘nalishda:
o‗rganish obyekti sifatida; 
o‗qitishning texnik vositalari sifatida;
ta‘limni boshqarishda;
ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda. 
O‘quv-tarbiya jarayonida AKTlar asosan to‘rt tartibda:
passiv qo‘llash
– kompyuter oddiy hisoblagich sifatida;
reaktiv muloqot –
kompyuter imtihon oluvchi sifatida;
faol muloqot
– kompyuter talabaga yo‗l – yo‗riq berish va 
imtihon olishda sifatida;
interfaol muloqot
– kompyuter sun‘iy intellekt sifatida, ya‘ni 
talaba bilan muloqot qilishda foydalaniladi.
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy 
omillaridan biri bu ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lib, 
respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu masalada 
«… bugun hayotimizga chuqur kirib borayotgan Internet tizimini 
keng joriy etish, yoshlarimizni O‘zbekistonning qadimiy va boy 
tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida 
tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini 
shakllantirish va rivojlantirish, bu borada o‘zbek tilining 
imkoniyatlaridan 
samarali 
foydalanish 
masalasi 
doimo 
e’tiborimiz markazida turishi lozim»ligini ta’kidlaydi
1

Bu kabi vazifalarni bajarish kadrlar tayyorlash milliy 
modelini amalga oshirishning bosqichlarida belgilab berilgan 
bo‘lib, uning kelajakdagi istiqboli Prezidentimiz tomonidan ilmiy 
asoslab berildi. Modelni amaliyotga tatbiq etish o‘quv jarayonini 
1
Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари – олий қадрият. – Т. 
14. – Тошкент: Ўзбекистон, 2006. – 280 б.
 


texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmiy texnikaviy 
taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir 
qatorda ta’lim sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini 
joriy etishni taqozo etmoqda. Shu boisdan, Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturida «o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘ or pedagogik va 
axborot texnologiyalari bilan ta’minlash» zarurati e’tirof etildi, 
uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy 
vazifalardan biri sifatida belgilandi»
2

Nima uchun bugungi kunda ta‘limda axborot texnologiyalarini 
joriy etishning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish 
zaruriyati paydo bo‗ldi? Birinchidan, o‗qituvchini o‗quv 
jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash 
manbalaridan biriga aylanib qolayotganligi bo‗lsa, ikkinchidan, 
ilmiy-texnik 
taraqqiyotning 
rivojlanayotgan 
bosqichida 
axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan o‗qitish 
jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, 
shuningdek, talabalarni kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlash 
talablari ta‘lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni 
taqozo etmoqda. 
Mamlakatimizda ta‘lim sohasida ro‗y berayotgan tub 
yangilanishlar har bir ta‘lim muassasasida o‗quv jarayoni metodik 
ta‘minotini rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy axborot va 
kommunikatsiya texnologiyalari yaqin yillar ichida pedagogik 
innovatsiyalarning asosiy manbai bo‗lib qoladi. 
Ta‘lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini 
oshirish, ta‘limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va 
rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta‘lim mazmunini 
takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi.
Zamonaviy ta‘lim tizimining asosini sifatli va yuqori 
texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi 
texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta‘lim tizimini 
takomillashtirishga, ta‘lim jarayoniga axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi.
2
Баркамол авлод орзуси // Тузувчилар: Ш. Қурбонов, Р.Ахлидинов, 
Ҳ.Саидов.–Тошкент: Шарқ, 1999.–205 б.

Download 9,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish