Tibbiyotda axborot texnologiyalari



Download 9,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/216
Sana31.03.2022
Hajmi9,38 Mb.
#521688
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   216
Bog'liq
Tibbiyotda axborot texnologiyalar darslik Bazarbayev 2018

 
MAVZU BO‘YICHA SAVOLLAR
1.
Ma‘lumotlar bazasi nima? 
2.
Aссess darchasi tuzilishini ayting. 
3.
Tibbiy ma‘lumotlar bazasi qanday shakllantiriladi? 
4.
So‗rovlar qanday amalga oshiriladi? 
 
 
 


IV-BOB. TIBBIYOTDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA 
TEXNOLOGIYALARI 
 
§4.1. Tibbiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari 
(AKT). Grafik va animatsion amaliy dasturiy ta’minotlar 
§4.2. Kompyuter grafikasi tushunchasi. Kompyuter grafikasi 
turlari 
§4.3. Tasvirlarni grafik muharrir uskunalari yordamida 
kiritish va qayta ishlash 
§4.4. Rastrli va vektorli grafikaning dasturiy ta’minoti 
 
Hozirgi og‘ir sharoitda fanga
intilish, hayotini ilmga bag'ishlash 
qahramonlik bilan barobar.
Islom Karimov 
 
§ 4.1. Tibbiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari 
(AKT). Grafik va animatsion amaliy dasturiy ta’minotlar 
 
Axborotning asosiy qismini inson ko‗rish a‘zolari orqali oladi. 
Ko‗rgazmali axborotning o‗zlashtirilishi oson bo‗ladi. Inson 
tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda 
ishlatiladi. Ularda axborot grafik obyektlar: znachoklar (belgilar), 
oynalar va rasmlar ko‗rinishida tasvirlanadi. 
Operatsion tizimning barcha grafik obyektlari, shuningdek, 
boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo‗l bilan kompyuterda hosil 
qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni 
kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari 
ishlatiladi. Ular bilan siz III-bobda tanishib chiqqansiz. Eng ko‗p 
tarqalgan qurilma – bu skanerdir. So‗nggi paytda raqamli 
fotokameralarning ham qo‗llanish ko‗lami kengayib bormoqda. 
Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy 
yo‗l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera 
xotirasining mikrosxemalariga yozib qo‗yiladi. U yerdan 
axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim 
raqamli fotoapparatlar ma‘lumotlarni fayl sifatida diskka yozib 


qo‗yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa 
kompyuterga o‗tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi 
bilasiz. 
Tasvirni kompyuterga videokameradan ham kiritish mumkin. 
Видeoning ketma-ketlikdagi biror kadrni tanlashi va uni 
kompyuterga kiritishi tasvirni ushlab olish deyiladi. 
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni, albatta, skanerlash, 
rasmga olish yoki uni ushlab olish shart emas. Tasvirni 
kompyuterning o‗zida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun 
grafik muharrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab 
chiqilgan. 
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga 
ishlov berish, shuningdek, grafik obyektlar va fayllarda bo‗lgan 
nografik obyektlar o‗rtasida bog‘lanish o‗rnatishni informatikada 
kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter 
grafikasi uch turga bo‗linadi: 
Rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular 
o‗rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o‗tish usulidan 
iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka (ENT)larga ega 
vektorli qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo‗ylab bir marta 
chopib o‗tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilguncha 
saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi – 
chiziqdir. 
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi 
navbatda tasvirlarni yaratishga mo‗ljallangan. Bunday vositalar 
reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda 
qo‗llaniladi. 
Rastrli grafikada esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar 
majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb 
ataladi. Rastr – bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar 
matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan 
iborat. 
Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar 
kompyuter dasturlar yordamida kamdan-kam holdagina yaratiladi. 
Ko‗pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki 
rasmlar 
skanerlanadi. 
Rastrli 
tasvirlar 
bilan 
ishlashga 


mo‗ljallangan ko‗pgina grafik muharrirlar asosan tasvirlarga 
ishlov berishga mo‗ljallangan. Internet tizimida ko‗proq rastrli 
tasvirlar qo‗llanilmoqda. 
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish – bu tasvirni chizish 
yoki jihozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya‘ni bunda tasvirlar 
formulalar yordamida quriladi. Fraktal grafika odatda o‗yin 
dasturlarida qo‗llaniladi. 
Tayanch iboralar: Vektorli grafika, rastrli grafika va fraktal 
grafika 
Ko‗rgazmali qurollar: Proeksion apparat orqali mavzuga 
tegishli slaydlar namoyish qilish hamda devoriy stend orqali 
mavzuni tushuntirish 

Download 9,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish